• Muallif: Duayt Li
  • Cheklovlar va imkoniyatlar




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Cheklovlar va imkoniyatlar
    Iqtisodiyotni qayg'uli fan deb atashadi, chunki u muammolarning eng muhimi
    hisoblanmish tanqislikni o'rganadi. Resurslarning tanqisligi sababli biz qayg'uli
    haqiqatga duch kelamiz, bu imkoniyatlarimiz cheklanganligidir. Qanchalik samarali
    ishlashimizdan qat'i nazar, biz hech qachon o'zimiz istagan miqdorda yarata ham
    olmaymiz, istagan miqdorda iste'mol ham qila olmaymiz. Istagimizning esa cheki yo'q.
    Tanqislik sababli bir narsaga yetishish uchun boshqa bir istalgan narsadan voz
    kechishmizga to'g'ri keladi. Demak, har bir ishimizning muqobil qiymati bor bo'lib, bu
    qiymat ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun voz keshishga to'g'ri kelgan undan
    keyingi eng qardli faoliyatning qiymatiga teng.
    Xarajatlarning hayotimizning barcha jabhasida mavjudligi imkoniyatlar
    cheklanganligining qayg'uli haqiqati aslida tanganing faqat bir yorqinroq tomoni
    ekanligidan dalolat beradi. Taqchillik cheklovlari faqat muqobil imkoniyatlar mavjud
    bo'lganda qiymatga ega bo'ladi. Tanlash uchun variantlarni bartaraf etsangiz, u bilan
    Muallif: Duayt Li


    331
    bog'liq muqobil qiymat ham yo'qqa chiqadi. Mabodo, agar meni biror uyda yashashga,
    biror ishda ishlashga, biror ayolga uylanishga yoki biror mahsulotlar to'plamini iste'mol
    qilishga majbur etishsa, menda bularni amalga oshirishda hech qanday qiymat yuzaga
    kelmaydi. Demak, qiymatlarning ijobiy tomoni ularni keltirib chiqaradigan
    imkoniyatlardir. Imkoniyatlarimizning ko'payishi bilan barcha fayoliyatimizning
    qiymati ham oshadi.
    Odatda xarajatlardan qutulishga urinsakda, aslida barcha faoliyatimiz
    qiymatlarini hisobga olib yashashga to'g'ri keladigan iqtisodiyotda yashaganimiz
    afzalroqdir. Balkim, shaxsan men uchun mahsulotlarni ularning bahosini hisobga
    olmasdan iste'mol qila olishim afzalroqdir, chunki shunda bu xarajatlar boshqalarning
    zimmasiga tushadi. Lekin agar boshqalar ham o'z faoliyatlari bilan bog'liq xarajatlarni
    hisobga olmasdan ularni menga yuklashsa, topgan afzalligim yo'qqa chiqadi. Natijada,
    oqilona tanlov qilish uchun bizda ma'lumot va asos bo'lmaydi. Agar ma'lum tanlov bilan
    bog'liq qiymatlar faqat ushbu tanlovni qilgan odamlargagina yuklansa, shunda biz
    mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalana olamiz.
    Bu bozor narxlarining afzalligini tushunishimiz uchun bir misol. Odamlar
    to'laydigan bozor narxlari tanlovlarning muqobil qiymatini aks ettiradi. Odatda, erkin
    bozorda tovar va xizmatlarni uni boshqalar to'lashga rozi bo'lgan narxdan yoki uni
    yaratishga ketgan sarf-xarajatdan arzonroq narxda sotib ola olmaysiz. Bu bozor
    tranzaktsiyasidan kelib chiqadigan ijtimoiy hamkorlikning muhim qismi hisoblanadi.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish