336
Hech qaysi davlat muassasasi buncha ma'lumotga egalik qilish, uni doimiy
ravishda yangilab turish va undan kerakli darajada foydalanishga qodir emas.
Xayriyatki, ushbu ma'lumot bozor narxlari orqali uzatiladi; firmalar uchun ishlab
chiqarish resurslarining narxlari ushbu resurslardan keyingi eng yaxshi muqobil
variantlarda foydalanishdan keladigan marjinal qiymatlarni aks ettiradi. Demak, har
bir korxona muayyan hajmda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida xarajatlarni
minimallashtiruvchi resurslar kombinatsiyasini tanlash orqali (bu har bir dollarlik
ishlatilgan resurs unumdorligining tenglashtirishni talab qiladi
(1)
), mazkur faoliyat
natijasida iqtisodiyotning boshqa sohalarida boy berilgan qiymatni minimallashtiruvchi
resurslar kombinatsiyasini ham tanlaydi. Marjinal tenglik hayratlanarli darajadagi
o'zaro muvofiqlashtirishni namoyish etadi; har bir korxonaga boshqa korxonalar uchun
zarur ishlab chiqarish resurslarining qiymati ham ta'sir ko'rsatadi.