• Ixtisoslashuvning alohida roli Muallif: Duayt R. Li
  • Mantiqiy Iqtisodiyot




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Ixtisoslashuv va boylik
    Mulohaza uchun savol: ushbu matnni o'qib, ixtisoslashuv, ixtiyoriy ayirboshlash va
    hamkorlik qanday qilib boylikning ko'payishiga olib kelishini o'ylab ko'ring.
    Ijtimoiy hamkorlikning nihoyatda katta qismi bozor munosabatlari natijasida
    yuzaga keladi. Keling, shu hamkorlikdan kelib chiqadigan ba'zi afzalliklarni ko'rib
    chiqaylik. Umumiy olib qaraganda bu afzalliklar bizga ravshan. Agar faoliyatimizni
    qarama-qarshi maqsadlarni ko'zlab emas, balki o'zaro kelishuv asosida yuritsak,
    mehnat unumdorligimiz oshishi tabiiydir. Biroq, iqtisodiyotni chinakam tushunish
    uchun hamkorlik va unumdorlik o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rib chiqishimiz kerak
    bo'ladi.
    Kamdan-kam hollarda boylik osmondan yog'ilgan manna kabi keladi. Uni
    yaratish uchun inson tashabbusi, zakovati va asta-sekin o'z mevasini beradigan tabiiy
    qobiliyatlarga sabr-bardoshlik zarur bo'ladi. Bunisi bizga ravshan. Odamlar uchun
    boylikning tezda oddiy bir holatga aylanishi esa bozor munosabatlarining ishlab
    chiqarish unumdorligini oshirishda erishgan muvaffaqiyatlaridan biridir. Olim va
    siyosatchilar o'zlarining eng asosiy masalasi boylik taqsimoti deb bilishadilar va siyosiy
    ko'rsatmalarining ishlab chiqarishga to'sqinlik qilyapti degan har qanday xavotirni
    chetga surishadi. Ular qashshoqlikning sabablarini (yoki boylikning «nomuvofiq»
    taqsimlanishini) tinmay muhokama qiladilar, lekin a idan boylikning sabalarini
    aniqlash jiddiy masala ekanligini unitib qo'yadilar. Kapitalizmning muvaffaqiyati
    ko'plab ziyoli odamlarni taqsimot faqat lug'atdagina ishlab chiqarishdan oldin kelishini
    ko'rishdan mahrum qildi.
    Ixtisoslashuvning alohida roli
    Muallif: Duayt R. Li


    341
    O'n sakkizinchi asr oxirlarida iqtisodiyot alohida intizom sifatida ajralib
    chiqqanida uning o'rganadigan asosiy masalasi ayon edi. Adam Smit iqtisodiyot bo'yicha
    kitobini «Millatlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish» deb nomlagan va
    uning boylikni izohlashga bo'lgan qiziqishini kitobning birinchi sahifasidanoq sezish
    mumkin.
    Smit kitobni quyidagi kuzatuvdan boshlaydi: «Mehnatning unumdorlik
    qobiliyati o'sishida eng katta o'zgarish . . . ko'rinishidan, mehnat taqsimoti tufaylidir».
    U ixtisoslashuv yoki mehnat taqsimotining ahamiyatini nina to'g'nag'ich fabrikasi
    misolida har bir ishchi diqqatini nina to'g'nag'ichni boshidan oxirigacha ishlab
    chiqarishga emas, balki ma'lum bir bosqichiga jalb qilishining afzalligini namoyish
    qiladi. Ixtisoslashuv orqali ishchilar malaka hosil qilishi, mehnat unumdorligini
    oshirish maqsadida asbob-uskunalardan foydalanishi hamda tinmay bir faoliyatdan
    ikkinchi faoliyatga o'tishi natijasida vaqt behuda yo'qolishining oldini olishlari
    mumkin. Ushbu afzalliklar aniq va ravshan, ammo unumdorlikning oshishi biz
    kutganimizdan ham ancha katta. Smitning hisob-kitobi bo'yicha, agar o'nta nina
    to'g'nag'ich ishab chiqaruvchi turli vazifalarga ixtisoslashsa, ular kuniga deyarli qirq
    sakkiz mingta nina to'g'nag'ich ishlab chiqarishlari mumkin bo'ladi. Ammo ularning
    har biri nina to'g'nag'ich ishlab chiqarish jarayonining hamma vazifalarini o'zi
    bajarishga harakat qilsa, Smit unda ularning har biri kuniga yigirmata yoki ular jami
    ikki yuzta nina to'g'nag'ich ishlab chiqara oladi, deb ishongan.
    Biroq unumdorlikni chinakam oshirish uchun ishlab chiqarish hajmini
    oshirishning o'zi kifoya emas. Mutaxassis shaxsiy iste'moliga keragidan ortiqcha
    mahsulot ishlab chiqaradi. Katta hajmda mahsulot ishlab chiqarish mahsulot uni
    qadrlaganlar qo'liga yetib borsagina samarali hisoblanadi. Shunday qilib,
    ixtisoslashuvning afzallik tomoni odamlarning bir-biri bilan hamkorlik qila olish
    darajasiga bog'liq. Ixtisoslashuv natijasida yaratilgan mahsulotlardan o'ziga kerakligini
    olishi uchun har kim boshqalarga zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga
    ixtisoslashishi kerak. Bunday hamkorlikka, shuningdek, ixtisoslashuvdan
    unumdorlikka erishish uchun ayirboshlash yagona yo'l hisoblanadi.
    Adam Smit ayirboshlash va unumdorlik o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikning


    342
    ahamiyatini anglab, quyidagini qayd etadi: «[mehnat] taqsimoti darajasi doimo . . .
    bozor miqyosi bilan chegaralanishi kerak». Agar ayirboshlashni faqat kichik qishloq
    doirasida amalga oshira olsangiz, unda sizning unumli ixtisoslashuv darajangiz
    nihoyatda cheklangan. Masalan, agar kishining muvaffaqiyatini faqat bir necha
    odamlargina qadriga yetsa va shunga yarasha taqdirlasa, qancha odam, iste'dodi
    buyukligidan qat'i nazar, yozuvchilik, rassomchilik yoki musiqa asbobi chaluvchisi
    kasblarini tanlashi mumkin? Shunday holatlarda, ko'p odamlar barcha hunarlarning
    egasiga aylanishi mumkin, lekin hech birida usta bo'la olmaydi. Bozor qanchalik
    cheklangan bo'lsa, ixtisoslashuvning unumdorlik salohiyati ham shunchalik
    cheklangan bo'ladi.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish