Foyda orqali muloqot qilish
Lekin xavfsizlik darajasining qanchasi yetarli hisoblanadi? Javob har bir shaxsga
bog'liq. Masalan, ba'zi odamlar uchun mototsikl haydash shunchalik yoqadiki,
halokatdan omon qolish ehtimoli avtomobilga nisbatan 17 barobar kam bo'lishiga
qaramasdan, ular mototsikldan foydalanishda davom etaveradilar. Odatda odamlar
daromadlari oshganda yoki ularga ko'p odamlar qaram bo'lganda ko'proq xavfsizlikni
talab qiladilar. Men universitetda o'qigan davrimda bitta eshigi yaxshi yopilmaydigan
eski «Volkswagen Bug» haydardim. Men xavfsizlikdan ko'ra ko'proq ta'limni tanladim.
Endi oilali bo'lganim va daromadim ko'payganligi bois, xavfsizlikni kuchaytirish uchun
pul to'lashga tayyorman va shuning uchun ham Sherman tanki bo'lmasada, unga
yaqinroq bo'lgan «Suburban» mashinasini haydayman.
Odamlar xavfsizlikka bo'lgan talablarini avtomobil ishlab chiqaruvchilarga
qanday bildiradilar? Turli mashinalar uchun ular to'lashga tayyor narxlar va shu
narxlar natijasida olingan foydalar orqali. Sherman tanki kabi xavfsizlikka ega mashina
ishlab chiqarish foyda olib kelmaydi, chunki uni hech kim sotib olmas edi. Avtomobil
ishlab chiqaruvchi korxonalar iste'molchilar xush ko'rgan avtomobil dizaynlarini
amalda tatbiq etish orqali ko'proq foyda oladilar. Demak, agar mashina ishlab
chiqaruvchilar ko'proq foyda olish maqsadida xavfsizlik darajasini pasaytirsa, demak
ular istaklarimizga mos harakat qilgan bo'ladilar.
Bu xatolar bo'lmaydi degani emas. Narx va foyda iste'molchilarning avtomobilga
bo'lgan istaklarining har bir jihati to'g'risida ma'lumotni jarroxlik aniqligi bilan bera
348
olmaydi. Biroq, avtomobil xavfsizligini ta'minlashda foydaning roli shundaki, agar
avtomobil ishlab chiqaruvchi iste'molchilar istagini bajarmasa, buni bajarishga tayyor
boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun foyda olish imkoniyati oshadi. Ushbu
bozor jarayoni a'lo darajada ishlamasada, u har qanday boshqa jarayondan yaxshiroq
ishlaydi.
Afsuski, mahsulot xavfsizligi yetarli darajada ta'minlangan taqdirda ham,
baxtsiz hodisalar tufayli odamlarning jarohat olishi yoki halok bo'lishi to'xtamaydi. Bu
baxtsiz hodisalar inson hayotiga zomin bo'lishini va moliyaviy xarajatlarga olib
kelishini anglash qiyin emas. Shuningdek, agar mahsulotning xavfsizlik darajasiga
yaxshi e'tibor berilganda edi, yetkazilgan zarar darajasini kamaytirish mumkinligini
tushunish ham qiyin emas. Lekin millionlab odamlar qo'shimcha xavfsizlikdan voz
kechib, tejalgan mablag'ni ta'lim, dori-darmon, kiyim-kechak yoki uy-joyga sarflash
imkoniyatiga ega bo'lishlarini ko'rish sirtdan ayon emas. Ta'lim darajasining oshishi,
dori-darmon, kiyim-kechak va uy-joy sifatlarining yaxshilanishi umr ko'rish
davomiyligining oshishi bilan bog'liq. Baxtsiz hodisa tufalyli kimlar hayotdan ko'z
yumganini aniqlash qiyin emas, lekin bozor narxlari va foyda orqali boshqarilgan
iqtisodiy tizim natijasida erishilgan farovonlik tufalyli kimlar bevaqt o'limdan saqlab
qolinganini biz hech qachon bilmaymiz. Biroq, ikkinchi guruhga kiruvchi odamlar soni
birinchi guruhga kiruvchilar sonidan ancha kattaligi shubhasiz.
Yakuniy savol: narxlar va foyda korxonalarga qanday qilib sizning va boshqa
iste'molchilarning istaklari to'g'risida ma'lumot beradi?
Element 1.6 ga qaytish
1. Haqiqiy to'lov miqdori kamroq bo'lsa ham, u sud ishiga taaluqli qo'shimcha xavfsizlikning odamlar baholagan
adolatli miqdoridan ham ancha katta bo'ladi. 2000-yilning martida da'vogarlar 400 million dollarga kelishishni taklif
qildi, lekin General Motors bu ish bo'yicha apellatsiya berishda davom etish uchun rad javobini berdi.
↩
349
Duayt Lining «Foyda uchun hayotlarni qurbon qilish» maqolasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Qayta nashr
qilish yoki tarqatish bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.
350
Element 1.8 ga qaytish
|