Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Hech kim bilmaydi
Bu dunyoda hech kim meni qanday yasashni bilmaydi degan da'vomga hali ham
gumon qiluvchilar bormi?
Haqiqatdan ham, millionlab odamlar mening yaratilishimga hissa qo'shganlar,
lekin ularning hech qaysi bu to'g'risida tasavvurga ega emaslar. Olis Braziliyada kofe
donlari teruvchilar va dunyodagi boshqa oziq-ovqat yetishtiruvchilar orasida
qarindoshlarimni izlasam, meni haddan tashqari chegaradan chiqib ketyapti deb
aytishingiz mumkin. Ammo men o'z da'voimda qolaman. Shu millionlab odamlarning
har biri, jumladan qalam zavodi prezidenti, meni yasashga ko'p emas, balki zarracha
hissa qo'shganlar xolos. Texnologiya jihatdan qaraganda, Seylondagi grafit konchisi
bilan Oregondagi daraxt kesuvchi o'rtasidagi farq foydalanilgan nou-xauning turidadir.
Zavoddagi kimyogarsiz yoki ne konining ishchisisiz (parafin — ne dan olinadigan


354
qo'shimcha mahsulot) meni yasashning iloji bo'lmaganidek, konchisiz va daraxt
kesuvchisiz ham buning imkoni yo'q.
Hayratlanarli haqiqat: na ne koni ishchisi, na kimyogar, na grafit yoki loy qazib
oluvchi, na kema, poezd yoki yuk mashinasini boshqaruvchi yoki ularni ishlab
chiqaruvchi, na metall halqamga qirralar bosadigan uskuna operatori, na kompaniya
prezidenti o'z vazifalarini men ularga kerakligim uchun bajarmaydi. Ularning har
biriga, ehtimol, birinchi sinf o'quvchisi uchunchalik ham kerak emasman. Haqiqatan
ham, ularning orasida qalamni hech qachon ko'rmaganlar yoki undan qanday
foydalanishni bilmaganlar ham bor. Ularning mehnat qilishiga mendan boshqa sabab
bor. Balki u quyidagidan iboratdir: ushbu millionlab odamlarning har biri o'z
qobiliyatlarini ularga kerakli yoki ular xohlagan tovar va xizmatlarga ayirboshlay
olishlarini biladilar. Men shu kerakli mahsulotlar orasida bo'lishim ham, bo'lmasligim
ham mumkin.
Hukmronsiz
Yanada hayratlanarli haqiqat: mening yaratilishimga sabachi bo'lgan son-
sanoqsiz faoliyatlarni tepadan turib talab qiluvchi yoki unga majburlovchi biror
hukmron yo'q. Bunaqa shaxsning izi ham yo'q. Uning o'rnida biz «ko'rinmas qo'l»ning
faoliyat natijasini ko'ramiz. Oldinroq ana shu jumboqni qayd etib o'tgandim.
«Faqat xudo daraxt yarata oladi» deyishadi. Nima uchun bu gapga qo'shilamiz?
O'zimiz bunga qodir emasligimizni anglaganimiz uchunmi? Daraxtni tasvirlab bera
olamizmi o'zi? Yo'q, uni faqat yuzaki tushuntira olamiz. Masalan, daraxt ma'lum bir
molekulyar tuzilishdan iboratligini tushuntirishimiz mumkin. Lekin daraxtning umri
davomida bo'ladigan doimiy molekulyar o'zgarishlarni boshqarish u yoqda tursin, hech
bo'lmaganda ularni izohlab bera oladigan odam topiladimi? Bunday qobiliyatning
mavjudligi aqlga sig'maydi!
Men, Qalam, mo'jizalarning — daraxt, rux, mis, grafit va hokazolarning —
murakkab aralashmasi hosilasiman. Biroq, Tabiatda ko'rinadigan mo'jizalar ustiga
yanada g'ayrioddiy mo'jiza qo'shiladi: bu odamzodning ijodkorlik quvvati, millionlab


355
nou-xaularning biror boshqaruvchisiz, inson ehtiyoji va istagiga javoban birlashishidir!
Daraxtni faqat xudo yarata olgani sababli, meni ham faqat xudo yarata oladi degan
fikrni ma'qullayman. Inson molekulalarni birlashtirib, daraxt yarata olmaganidek, u
meni yaratishi uchun ham millionlab qobiliyatlarni boshqara olmaydi.
Yuqorida «Agar men mo'jizaning ramzi ekanligimni anglasangiz, insoniyat
umidsizlik bilan qo'ldan boy berayotgan erkinlikni saqlab qolishga o'z hissangizni
qo'shgan bo'lasiz» deganimda, men aynan shuni nazarda tutgan edim. Nega deganda,
agar bu nou-xaular inson ehtiyoji va talabiga javoban, hech qanaqa davlat yoki
majburlovchi organ ishtirokisiz, o'z-o'zidan avtomatik tarzda ijodiy va unumli
faoliyatga kirishishini anglasangiz, unda sizda erkinlikning asosiy ingredienti, inson
erkinligiga ishonch bor. Ushbu ishonchiz ozodlikka erishib bo'lmaydi.
Davlat biror ijodiy faoliyat, masalan pochta xizmati ustidan monopoliya o'rnatsa,
pochta xizmati erkin irodali shaxslar tomonidan samarali tashkil qilinishiga ko'p
odamlar boshqa inshonmay qo'yadilar. Bunga sabab, har bir shaxs pochta xizmatining
barcha ikir-chikirlarini bilmasligini tan olishida. U boshqalarning ham bunga qurbi
yetmasligini tushunadi. Bu taxminlar asosli. Hech qaysi shaxs qalam ishlab chiqarish
texnologiyasini bilmagani kabi, hech qaysi shaxs butun bir mamlakatning pochta
xizmatini tashkil qilish uchun yetarli bilim va qobiliyatga ega emas. Agar inson
erkinligiga ishonch bo'lmasa, millionlab mayda nou-xaular shakllanib, ehtiyojlarimizni
qoniqtirish uchun hamkorlikka kirishishini anglamasak, unda pochta xizmatini davlat
boshqaruvisiz tashkil qilib bo'lmaydi degan noto'g'ri xulosaga kelishimiz aniq.

Download 9,85 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish