Yalpi ichki mahsulot (YIM)
Yalpi ichki mahsulot (YIM) — bu muayyan davr mobaynida (yil yoki chorak)
mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor
qiymatidir. YIM ishlab chiqarish o'lchovi bo'lib, u iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan tovar
va xizmatlarning hajmini o'lchashda qo'llaniladi. YIMning ta'rifidan u nimalarni
o'lchashi to'g'risida ko'p ma'lumot olishimiz mumkin. U ishlab chiqarilgan tovar va
xizmatlarning «bozor qiymatini» o'lchaydi. Turli buyumlarning bozoq qiymati ular
YIMga qancha hissa qo'shishini belgilaydi. Masalan, agar yangi avtomobil 20000
dollarga va yangi televizor 1000 dollarga sotilsa, unda avtomobilning YIMga qo'shgan
hissasi televizorga nisbatan 20 marta ko'p bo'ladi.
Tovar va xizmatlar faqat yakuniy iste'molchi tomonidan sotib olingandagina
hisobga olinadi. Ko'p tovarlar ishlab chiqarishning bir-necha oraliq bosqichlaridan
o'tadi. Ishlab chiqarishning oraliq bosqichida xarid qilingan xom-ashyo va tovarlar
hisobga olinmaydi, chunki ularning qiymati tovar yoki xizmatning yakuniy
iste'molchisi sotib olgan narxlarida aks etadi. Shu sabali YIMda ikki marta
hisoblashning oldini olish uchun xom-ashyo va oraliq tovarlarning qiymati hisobga
olinmay, faqat yakuniy tovarlarning qiymati hisobga olinadi.
YIM mamlakat ichidagi ishlab chiqarish hajmini, ya'ni mamlakatning geografik
chegarasi doirasida ham fuqarolar, ham chet elliklar tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlar miqdorini o'lchaydi. Bunda mamlakatning geografik chegarasi tashqarisida
mamlakat fuqarolari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobga olinmaydi.
Masalan, Amerikalik biznes maslahatchisining Meksikadagi mehnat daromadi AQSH
YIMga emas, balki Meksika YIMga qo'shib hisoblanadi. Xuddi shu kabi, AQSHda
ishlayotgan yapon kimyo muhandisining daromadi Yaponiyaning YIMda emas, balki
Qo'shma Shtatlarining YIMda hisobga olinadi.
U nima va u qanday o'lchanadi?
372
Faqat joriy davrda yaratilgan tovar va xizmatlar joriy yilgi YIMda hisobga
olinadi. Bunda eski buyumlarning oldi-sotdisi hisobga olinmaydi, chunki ular joriy
davrdagi ishlab chiqarishni aks ettirmaydi. Ularning qiymati ular ishlab chiqarilgan
davrda hisobga olingan. Masalan, 2007-yilgi avtomobilning 2010-yilda sotilgan qiymati
2010-yilgi YIMga qo'shilmaydi, chunki u 2010-yilda ishlab chiqarilmagan. U ishlab
chiqarilganda 2007-yil YIMga allaqachon qo'shilgan va uning qayta sotish qiymatini
YIMga qo'shish ikki marta hisobga olishga olib keladi. Aksincha, eski buyumlar, real va
moliyaviy aktivlar hamda boshqa tovarlarning savdosini amalga oshirishga
ko'maklashuvchi shaxslarning xizmatlari joriy ishlab chiqarishni aks ettiradi. Demak,
savdo komission to'lovlari va yil davomida ko'rsatilgan savdo xizmatlari uchun boshqa
to'lovlar xizmat ko'rsatilgan davrda hisobga olinadi. Moliyaviy tranzaktsiyalar va
transfert to'lovlari esa hisobga olinmaydi, chunki ular ishlab chiqarishni o'z ichiga
olmaydi.
Aksiyalar hamda obligatsiyalar, pay fondlari va depozit sertifikatlari kabi
moliyaviy instrumentlarning oldi-sotdisi mulk egalik huquqini bir shaxsdan yoki
tashkilotdan boshqasiga o'tkazishni anglatadi. Shuningdek, ijtimoiy himoya bo'yicha
nafaqalar, nogironlik uchun nafaqalar, sovg'alar va boshqa transfert to'lovlari daromad
va mulk huquqini bir tomondan ikkinchi tomonga o'tkazadi, xolos. Ushbu transfertlar
joriy ishlab chiqarish bilan bog'liq emas va shu sababli ular YIMga qo'shib
hisoblanmaydi.
YIM bu bozor faoliyati bilan bog'liq ishlab chiqarish ko'rsatkichidir. Unda
bozorga oid bo'lmagan ishlab chiqarish faoliyati hisobga olinmaydi. Masalan, uy
xo'jaligining ovqat tayyorlash yoki bola parvarishi kabi xizmatlari bozor faoliyati bilan
bog'liq emas va shuning uchun ular YIMga qo'shilmaydi. Undan tashqari, YIMga qora
bozor faoliyatlari: narkotik moddalar savdosi, fohishalik va soliqdan qochish uchun
daromadlarni yashirish kabi qayd etilmagan operatsiyalar kirmaydi.
YIM ham xususiy, ham davlat sektorida ishlab chiqarilgan tovar va
xizmatlarning qiymatini o'lchaydi. Bunda korxona kimga, xususan fuqaro yoki chet
ellikka, tegishliligidan qat'i nazar, biznes sektorning ichki ishlab chiqarishi hisobga
olinadi. Yuqorida muhokama qilinganidek, davlat transfertlari hisobga olinmaydi.
373
Ammo tovar va xizmatlarning mahalliy, shtat va federal hukumatlari tomonidan xaridi
yoki ta'minoti YIMga kiradi, chunki bu joriy ishlab chiqarishni aks ettiradi.
|