• Muallif: Duayt Li
  • Yordamga iltijolarni tsenzura qilish




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Yordamga iltijolarni tsenzura qilish
    Mulohaza uchun savol: Davlatning iqtisodiyotdagi roli bo'yicha qarashlar nega bir-
    biridan bunchalik keskin farq qiladi?
    Agar odamlardan davlat tsenzurasini qo'llab-quvvatlaysizmi deb so'rasangiz,
    bunga ulardan deyarli bir ovozdan «yo'q» degan javobni olasiz! Lekin shu odamlarning
    o'zidan narx nazoratini qo'llab-quvvatlaysizmi deb so'rasangiz, bunga aralash javob
    olasiz. Davlat tabiiy ofatlardan keyin narxlarning ko'tarilib ketishining oldini olish
    uchun narx nazorati kerakmi deb ulardan so'rasangiz, deyarli bir ovozdan «ha» degan
    javobni olasiz!
    Afsuski, bu javoblar bozorlar qanday qilib bir-birimiz bilan muloqot qilishga
    imkon berishini tushunmaslikdan kelib chiqadi. Bozor narxlari muloqot vositasi
    ekanligi e'tirof etilsa, davlat tomonidan narxlarni nazorat qilish tsenzuraning zararli
    turi ekanligini tushunishimiz uchun yana bitta asosga ega bo'lamiz. Eng katta zarar esa
    tabiiy ofatlar ro'y bergan vaqtga to'g'ri keladi, chunki jabrlanganlar yordam kerakligini
    xabar qilishga muhtoj bo'ladi.
    Bozor ayirboshlovi yaratgan aloqa va uning natijasida yuzaga kelgan narxlar
    ajablanarli darajadagi ijtimoiy hamkorlikka olib keladi. Muloqot va hamkorlikning
    afzalliklariga tabiiy ofatlardan bo'lak yaxshiroq misol yo'q. Jabr ko'rganlar nafaqat
    falokat zonasidan tashqaridagi odamlar yordamiga muhtoj, balki tezroq va to'liq
    tiklanishlari uchun ularga o'zaro hamkorlik ham kerakdir. Afsuski, tabiiy ofatlar ro'y
    berganda davlat hamkorlik uchun zarur narx signallarini ko'pincha taqiqlaydi, lekin
    taqiqlaganda ham, u buni jamoat ko'magi orqali amalga oshiradi.
    Tabiiy ofatdan keyin ish kuchi, qurilish materiallari, elektr generatorlar va
    normal hayotni qayta tiklash uchun zarur bir qator boshqa mahsulotlarning narxi tez
    o'sadi. Narxlarning keskin ko'tarilishini odatda noinsof mahsulot yetkazib
    Muallif: Duayt Li


    385
    beruvchilarning jabr ko'rganlar hisobidan foydalanishi bilan izohlanadi. Balki mahsulot
    yetkazib beruvchilar foyda ko'rayotgandir, lekin jabr ko'rganlar hisobidan emas. Uy-
    joylariga ziyon yetgan va hayot tarzi buzilgan shaxslar ularga zarur tovar va xizmatlarni
    yetkazib beruvchilarning emas, balki tabiiy ofatning qurbonlari bo'ladi. Narxlarning
    yuqoriligini jabr ko'rganlarning yordamga muhtojligini yordam bera oladiganlarga
    bildirishning eng yaxshi yo'li deb tushuntirsa bo'ladi. Yuqori narxlar yordam iltijolariga
    tez va samarali javob berilishini ham ta'minlaydi.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish