408
barcha mahalliy sohalari himoya ostida bo'lgan iqtisodiyotda yashaganidan ko'ra, to'liq
erkin savdoga asoslangan iqtisodiyotda yashagani manfaatliroq. Garchi odamlar o'z
sanoati himoyasidan foyda olsa ham, ular iste'molchi sifatida boshqa barcha sohalar
himoyasi natijasida ancha ko'proq yo'qotadilar.
Chet el kompaniyalari bilan keskin raqobatga duch kelgan sanoat korxonalari,
agar ularga davlat himoyasini joriy qilish natijasida boshqalarga yetkazilgan zararni
qoplash yuklatilmasa, davlat himoyasini talab qiladilar. Biroq, agar sanoat
protektsionism bilan bog'liq xarajatlarni to'lashga majbur bo'lsa, protektsionism yuz
bermaydi, chunki himoya ostidagi sanoat foydasidan iste'molchilarga yetkazilgan zarar
kattaroq.
Afsuski, odamlar davlat manfaatlarini olganda, bozor tizimidagi ka'bi ularning
tannarxiga mos narxni to'lamaydi. Bozordagi hamkorlik bozorning xarajatlarni yig'ish,
jamlash va mas'ul bo'lganlar tomonidan hisobga olinishi uchun juda ko'p odamlar
o'rtasida keng taqsimlangan xarajatlar to'g'risidagi ma'lumotni tarqatish qobiliyati
orqali amalga oshadi. Aksincha, siyosiy jarayon orqali ta'minlangan manfaatlar bilan
bog'liq xarajatlar ko'pchilik orasida taqsimlanganda, bu xarajatlarga hech kim
ko'pincha e'tibor bermaydi. Demak, davlat odamlarning hamkorlik orqali emas, balki
musodara qilish orqali shaxsiy manfaatlarga erishish vositasiga aylanadi.