Bizning erkinligimiz himoyasiz
Biz barcha erkinliklarni kamdan-kam hollarda birdaniga yo'qotishimiz mumkin.
392
Odatda u asta-sekinlik bilan yo'qotilib, odamlar buni ko'p hollarda sezmaydilar. Erkinlik
bevosita cheklanganda ham, masalan, davlat iste'molchilarni himoyalash maqsadida
kasbiy faoliyatni litsenziyalashni joriy etganda, kamdan-kam odamlar bunga e'tibor
beradilar, agar e'tibor bersalar ham, cheklashlar ularga shaxsan ta'sir etadi deb
hisoblamaydilar. Ammo Avstriyalik buyuk iqtisodchi F. A. Hayek ta'kidlaganidek,
«Erkinlikdan oladigan manfaatlarim... asosan boshqalarning erkinlikdan foydalanishi
natijasidir?">»
?">(2)
?">. Masalan, agar odamlar sochning kimyoviy tuzilishi bo'yicha davlat
imtihonlaridan o'tmasdan sartarosh bo'lish erkinligidan mahrum bo'lsa, bundan
bo'lajak sartaroshlar emas, balki soch kestirishi kerak bo'lgan odamlar eng ko'p zarar
ko'radilar.
Bundan tashqari, erkinlikni yo'qotish jarayoni bilvosita sekin amalga oshishi
mumkin. Bevosita cheklovlar erkinlikni doimo ayon bo'lganidan ko'proq cheklaydi,
chunki har bir cheklov erkinlikka imkoniyat beruvchi bozor mas'uliyatiga
sezilmaydigan ravishda putur yetkazadi.
Tomas Jefferson quyidagilarni aytganda haq edi: «Abadiy hushyorlik — erkinlik
bahosidir». Odamlar erkinlik va bozor o'rtasidagi uzilmas bog'liqlikni tushunganda, o'z
erkinliklarini himoya qilishga, ehtimol, ko'proq hushyor bo'ladilar.
Yakuniy savollar: Savdo cheklovlari va soliqlar ayirboshlash erkinligiga qanday
ta'sir ko'rsatadi? Boylik yaratilishiga ular qanday ta'sir ko'rsatadi?
?">Element 2.7 ga qaytish
1. Men tabiiy resurslari tufayli katta boylikka ega va o'z fuqarolari erkinligini cheklovchi avtokratik siyosiy tizimga
ega mamlakat holatini hisobga olish uchun ushbu matnni moslashtirdim. Hatto shu holatda ham, erkinlikning
yetishmovchiligi mamlakatga resurslaridan to'liq foydalanishiga to'sqinlik qiladi va boylikni ko'paytirish yoki hattoki
uni saqlash uchun zarur unumdorlikka putur yetkazadi.?">
?">↩
2. Qarang: F.A. Hayek, e Constitution of Liberty (Chicago: University of Chicago Press, 1960), 32-bet.
?">↩
393
Duayt Lining «Bozorlar va erkinlik» sahifasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Qayta nashr qilish yoki tarqatish
bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.
394
?">Element 2.7 ga qaytish
|