Quyosh bilan adolatsiz raqobat
Mulohaza uchun savol: Siyosatchilar arzon import iqtisodiyot uchun zararli deb tez-
tez da'vo qilib turadilar. Ushbu matnni o'qiganingizda shu nuqtai nazar to'g'risida o'ylab
ko'ring.
«Janoblar, siz to'g'ri yo'ldasiz. Siz mavhum nazariyalarni rad etasiz va
arzonchilik hamda mo'l-ko'lchillikka ahamiyat bermaysiz. Siz asosan ishlab chiqaruvchi
manfaati to'g'risida qayg'urasiz. Siz uni xorijiy raqobatdan himoya qilishni va milliy
bozorni mahalliy sanoat uchun saqlashni istaysiz.
Biz xorijiy raqobatchining chidab bo'lmas raqobatidan azob tortyapmiz,
ko'rinishidan, undagi yoritish vositalarini ishlab chiqarish sharoitlari biznikiga
nisbatan shunchalik ustunki, u mahalliy bozorimizni juda arzon narxdagi mahsuloti
bilan mutlaqo to'ldiryapti. U paydo bo'lishi bilan bizning savdomiz to'xtab qoladi —
barcha iste'molchilar unga boradi; son-sanoqsiz shoxobchalarga ega mahalliy sanoat
tarmog'i birdaniga turg'unlikka uchraydi. Bu raqobatchi quyoshning aynan o'zi bo'lib, u
biz bilan shafqatsiz urush olib boryapti va taxminimizcha, uni xoin Albion [tarj. izohi:
Albion — Angliya] bizga qarshi ko'targan (hozirgi kun uchun yaxshi taktika); o'sha
kekkaygan orolga u qanchalik ehtiyotkorlik bilan qarasa, u bizga shunchalik ko'p nurini
sochadi.
Mamlakatimiz farovonligi uchun ishlovchi biz kabi maqtovga sazovor ishlab
chiqaruvchilarni davlat minnatdorchilik sifatida tengsiz urushda tark etmasligi kerak
va bizning zararimizga quyosh nuri uyga kirishi mumkin bo'lgan barcha derazalarni,
tomdagi derazalarni, yotoqxona derazalarini, tashqi va ichki deraza eshiklarini,
pardalarni, darpardalarni, kichkina yumaloq derazalarni, bir so'z bilan aytganda,
barcha teshiklarni, tuynuklarni, kovaklarni, yoriqlarni va oraliqlarni yopishni talab
Frederik Bastianing «Sham ishlab chiqaruvchilar nomidan arznoma» asarining
qisqartirilgan versiyasi
395
qiluvchi qonunni qabul qilishingizni sizdan iltijo qilamiz.
Janoblar, ishonamizki, siz talabimizni kinoya deb hisoblamaysiz va uni qo'llab-
quvvatlovchi bizdagi bor sabablarni eshitmasdan rad etmaysiz.
Birinchidan, agar tabiiy nur kirishi mumkin bo'lgan barcha joylarni iloji boricha
yopib, sun'iy nurga talabni yaratsangiz, bu qaysi frantsuz ishlab chiqaruvchilariga xush
kelmaydi?
Sizning e'tirozlaringiz to'g'risida taxminimiz bor, janoblar, lekin shuni bilamizki,
siz erkin savdo tarafdorlarining zaif tadqiqotlaridan olgan da'volardan boshqa hech
narsani bizga qarshi qo'ya olmaysiz. Biz sizni bizga qarshi aytgan har bir so'zingiz
darhol o'zingizga va butun siyosatingizga qarshi ishlatilishidan ogohlantiramiz.
Agar bizga biz istagan himoya berilsa, bu mamlakatga salbiy ta'sir ko'rsatadi,
chunki zararning yuki iste'molchiga tushadi, deb e'tiroz bildirasiz.
Biz quyidagicha javob beramiz:
Sizning iste'molchi manfaatiga murojaat qilishga haqqingiz yo'q, chunki har
doim uning manfaati ishlab chiqaruvchi manfaatiga zid kelsa, siz ishlab chiqaruvchidan
voz kechasiz. Siz ishchilar va ish qidiruvchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida shunday
yo'l tutgansiz. Aynan shu sababli siz yana shunday qilishingiz lozim.
Siz o'zingizni bu e'tirozdan xalos ettingiz. Agar sizga iste'molchi temir, ko'mir,
makkajo'xori va matolarni erkin importidan manfaatdor deb aytishsa, siz ha deb javob
berasiz, lekin ishlab chiqaruvchi ularning importini taqiqlashdan manfaatdor. Shunday
ekan, agar ist'emolchilar tabiiy yorug'likning erkin kirishidan manfaatdor bo'lsa, sun'iy
yoritish vositalari ishlab chiqaruvchilar uni taqiqlashdan bir xilda manfaatdordir.
Agar siz quyosh nuri tabiatning beg'araz in'omi va uni rad etish xuddi uni olish
vositalarini qo'llab-quvvatlash bahonasida boylikni rad etish bilan barobar deb vaj
qilsangiz, biz sizni o'z siyosatingizga halokatli zarba berishdan ogohlantiramiz.
Eslasangiz, siz shu paytgacha xorij mahsulotlarini doimo rad qilgansiz, chunki ular
xususiyati bo'yicha mahalliy mahsulotlardan ko'ra ko'proq beg'araz in'omga o'xshaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tabiat va inson mehnati (mamlakat va
iqlimlarga bog'liq ravishda) turli nisbatlarda o'zaro hamkorlik qiladi. Tabiat ta'minlagan
qism asosan beg'arazdir; aynan inson mehnati orqali ta'minlangan qism qiymatga ega
396
bo'lib, unga haq to'lanadi.
Lissabon apelsini Parij apelsiniga nisbatan ikki barobar arzonga sotiladi, chunki
u uchun tabiiy va shu sababli tekin issiqlik yetarli bo'lsa, ikkinchisi uchun sun'iy va shu
sababli qimmat issiqlik manbai kerak bo'ladi.
Bizga Portugaliyadan apelsin kelganda, biz uning bir qismi tekinga, yana bir
qismi esa og'ir mehnat evaziga yetkazib berilyapti deb xulosa qilishimiz mumkin;
boshqacha qilib aytganda, ular bizga Parij apelsiniga nisbatan yarim narxda keladi.
Biz aynan ana shu beg'araz yarmi (bu so'z uchun uzr so'rayman) sababli uni
raqobatdan istisno qilish uchun kurashyapmiz. Siz qanday qilib butun ishni o'zi
bajaradigan mamlakatimizdagi ish kuchi ishning faqat yarmini ishchilar, qolganini
quyosh bajaradigan xorijiy ish kuchi bilan raqobatlasha oladi dersiz. Biroq, agar ushbu
beg'araz yarim qism uchun siz raqobatni cheklashga qaror qilsangiz, qanday qilib to'liq
beg'arazlikdan iborat qism uchun raqobatga yo'l berishingiz kerak?
Agar harakatlaringiz mantiqiy bo'lganda edi, siz mahalliy sanoatga salbiy ta'siri
uchun yarmi beg'araz bo'lgan mahsulotlar importini cheklab, butunlay beg'araz bo'lgan
mahsulotlarni esa ikki barobar shijoat bilan cheklagan bo'lar edingiz.
Yana bir bor, agar bizga ko'mir, temir, makkajo'xori yoki to'qimachilik matolari
kabi mahsulotlar xorijdan keltirilsa va ular o'zimizda ishlab chiqarilgandan ko'ra
kamroq ish kuchi bilan ishlab chiqarilgan bo'lsa, bu farq bizga berilgan tekin sovg'adir.
Farq qanchalik katta bo'lsa, sovg'a miqdori ham shunchalik ahamiyatli bo'ladi. Agar
xorijlik kishi biror bir mahsulot uchun biz to'lashimiz kerak bo'lgan narxning to'rtdan
uch qismini, yarmini yoki choragini so'rasa, sovg'a miqdori mahsulot qiymatining
choragiga, yarmiga yoki to'rtdan uch qismiga teng bo'ladi. Agar donor (xuddi quyosh
bizni yorug'lik bilan ta'minlagani kabi) bizdan bir vaqo ham talab qilmasa, sovg'a juda
a'lo va to'liq bo'ladi. Sizga rasmiy ravishda beradigan savolimiz quyidagicha: siz
mamlakatimiz uchun beg'araz iste'molning manfaatlarini istaysizmi yoki mashaqqatli
ishlab chiqarishning soxta manfaatlarinimi?
Tanlang, lekin mantiqan tanlang; agar ko'mir, temir, makkajo'xori, xorij matolari
importini ularning narxi nolga intilgandagi nisbatda cheklashni davom ettirsangiz, kun
davomida narxi allaqachon nolga teng bo'lgan quyosh nuriga ruxsat berish qanchalik
397
nomuvofiqlik bo'ladi!»
Yakuniy savol: Tarif va kvotalar kabi savdo cheklovlari mahalliy bandlik
darajasini oshiradimi? Cheklovlar fuqarolarning yuqori daromad darajasiga
erishishlariga yordam beradimi? Nega?
?">Element 2.7 ga qaytish
«Quyosh bilan adolatsiz raqobat» sahifasi Frederik Bastianing «Sham ishlab chiqaruvchilar nomidan arznoma»
asarining qisqartirilgan versiyasi bo'lib, u mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Qayta nashr qilish yoki tarqatish
bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@econlib.org ga murojaat qiling.
398
?">Element 3.1 ga qaytish
|