• Ozchilikning kuchi
  • Mantiqiy Iqtisodiyot




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Ko'pchilikning zaifligi
    Savdo cheklovlaridan olinadigan manfaatlar himoya ostidagi sanoatdagi ba'zilar
    qo'lida jamlanadi, bu bilan bog'liq xarajatlar esa barcha iste'molchilar o'rtasida
    parchalanadi. Savdo cheklovlari bilan bog'liq xarajatlar millionlab iste'molchilar
    o'rtasida taqsimlanishi sababli, faqat iste'molchilarning ozchiligi himoya ostidagi
    mahsulot uchun qo'shimcha to'layotganini his qiladi. Har holda, iste'molchilar yuzlab
    xil mahsulotlar xarid qiladilar va bitta mahsulot narxining sal oshishi odatda hech
    birining farovonlik darajasiga uncha ta'sir ko'rsatmaydi. Iste'molchi narxning sal
    o'sishini sezsa ham, u bu savdo cheklovi natijasi ekanligi to'g'risida tasavvurga ega
    bo'lmaydi. Agar biror tasodif tufayli u qo'shimcha xarajatning sababidan xabar topsa


    409
    ham, unda siyosiy yo'l bilan kurashishga uncha istak bo'lmaydi. U savdo cheklovini olib
    tashlashga erishgan taqdirda ham, bunga sarflangan harakat o'rnatilgan cheklov bilan
    bog'liq xarajatdan qimmatga tushishi mumkin. Cheklovni bekor qilishdan keladigan
    jami manfaat juda katta bo'lsa ham, uning katta qismi, siyosiy kurashga
    qatnashganligidan qat'i nazar, boshqa iste'molchilarga nasib etadi. Ammo uning yakka
    holdagi siyosiy kurashi biror ijobiy natijaga olib kelishi amri mahol.
    Albatta, agar iste'molchilarning katta qismi birgalikda harakat qilsa, ular hal
    qiluvchi siyosiy ta'sirga ega bo'lishi mumkin. Biroq, iste'molchilarning soni juda katta
    va ulardan har birining natijadan oladigan ulushi juda kichik bo'lganligi sababli, ularni
    siyosiy harakatga jalb qilish juda mushkul. Tez-tez bo'lib turganidek, siyosatdan zarar
    ko'rgan odamlar soni qancha ko'p bo'lsa, ular shunchalik kam siyosiy ta'sirga ega
    bo'ladilar.
    Ozchilikning kuchi
    Boshqa tomondan, savdo cheklovlaridan manfaatdor bo'lganlar soni kamchilikni
    tashkil etganligi tufayli, ular lobbi faoliyatida samarali bo'ladilar. Har bir ishtirokchi
    manfaati katta bo'ladi hamda ularning har biri o'ziga tegishli manfaat miqdorini va
    manbaini yaxshi biladi. Bundan tashqari, manfaatdorlarning soni kichkinaligi sababli,
    ularni siyosiy faoliyat uchun uyushtirish nisbatan oson kechadi. Haqiqatan ham, ular
    sanoat tarmog'i va kasaba uyushmalari orqali allaqachon uyushgan bo'ladi. Shu sababli
    savdo cheklovlari masalasi ko'rib chiqilganda, siyosatchilar asosan cheklov
    tarafdorlarining fikrini eshitadilar, unga qarshi tomonning fikri esa kamdan-kam
    ularning diqqatini o'ziga tortadi. Natijada manfaatlar ozchilik qo'lida jamlanishiga va
    ko'pchilik o'rtasida taqsimlangan ancha katta miqdordagi xarajatlar esa e'tibordan
    chetda qolishiga moyillik paydo bo'ladi. Shuning uchun ham, ma'lum bir siyosatdan
    qanchalik oz odam manfaatdor bo'lsa, shu siyosatni qabul qilishga ular shunchalik katta
    ta'sirga ega bo'ladi.
    Kichkina uyushgan guruhlar jamiyat hisobidan savdo cheklovlarini (va alohida
    manfaatdor guruhlar foydasiga o'tkaziladigan ko'plab boshqa dasturlarni) joriy


    410
    qilishdan manfaat ola olsa, siyosiy jarayon ijtimoiy hamkorlikni rag'batlantirmaydi. Shu
    tufayli ham, davlat erkin bozor faoliyatiga asoslangan ijtimoiy hamkorlikka doimo
    tahdid soladi.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish