412
Element 3.7 ga qaytish
Energiya ishlab chiqarish va tejash
Mulohaza uchun savol: Davlat energiya ishlab chiqarish va tejash hajmini aniqlay
oladimi? Tushuntirib bering.
Iqtisodiyotdagi eng muhim qarashlardan birini F.A. Hayek «Jamiyatda bilimdan
foydalanish» (American Economic Review, 1945-yil sentabr) deb nomlangan mashhur
maqolasida qayd e'tilgan. Hayekning nuqtai nazari oddiy bo'lsada, u chuqur ma'noga
ega: mantiqqa mos iqtisodiy tanlovlarni amalga oshirish uchun zarur ma'lumotlar juda
tarqoq va ularni ifodalash murakkab, shu sababli hech bir inson yoki ekspertlar guruhi
ma'lumotlarga egalik qilishga qodir emas. Hayek o'z maqolasida faqat bozor narxlari
orqaligina odamlar resurslarni eng foydali faoliyatga yo'naltirish to'g'risida yetarli
ma'lumotga ega bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi. Bozor narxini bekor qilish yoki
siyosiy yo'l bilan uning yuqori yoki quyi chegarasini o'rnatish orqali erkin narx
darajasini oz'gartirish, resurslardan unumsiz foydlanishning oldini olish uchun zarur
bo'lgan ma'lumotlarni muntazam ravishda yo'qqa chiqaradi.
Afsuski, ko'p odamlar Hayekning bu nuqtai nazariga qo'shilmaydi. Bu holat,
ayniqsa siyosatchilar va jurnalistlar orasida yaqqol ko'zga tashlanadi. Keng tarqalgan
qarashlarga asosan, agar iqtisodiy muammo yuzaga kelsa, uning yechimi muammoning
mavjudligini inkor qilishdan iborat.
Bunday nuqtai nazargning eng so'nggi misoli energiya siyosatidagi energiyani
ishlab chiqarish yoki uni tejash munozarasi bo'ladi. Energiya ishlab chiqarish va
tejashning maqbul nisbati to'g'risidagi qarorni Kongress muhim energiya
mahsulotlarining narxlariga «bozorga asoslangan» narx chegarasini o'rnatganidan
son'g qabul qilinishi kerak deb keng tan olingan. 2001-yil 28-mayda Business Week
jurnalida chop etilgan maharrir sharhiga e'tibor qiling: «Bir necha ekolog-
ekstremistlardan tashqari, hech kim energiyani tejash energiya inqirozidan