417
yo'llariga salbiy ta'sir ko'rsatishi yoki ko'rsatmasligi to'g'risida xabardor bo'lishi kerak
bo'ladi. Odamlar o'z qarorlarini o'zaro ma'qul bo'lgan usullar bilan tartibga keltirishlari
uchun ming-minglab mahsulotlarning iste'moli va ishlab chiqarishiga ta'sir
ko'rsatadigan tom ma'nodagi millionlab narsalarni bilishlari kerak bo'lar edi. Shunda
kimdir qo'l siltab, bu talablarni bajarishning imkoni yo'q deb hisoblashi mumkin.
Ma'lumotlarni uzatish muammoning bir bo'lagi xolos. Ma'lumotlar odamlarga
yetkazib berilgan taqdirda ham ularni munosib hatti-harakat qilishga, boshqalarning
farovonligi to'g'risida o'zinikidek qayg'urishga rag'batlantirish kerak bo'ladi.
Biroq, ijtimoiy hamkorlik mavjud bo'lganiga nisbatan ancha mukammal
ma'lumotlar tarmog'ini va oddiy insonlarda noyob bo'lgan hamdardlik darajasini talab
qiladi deb xulosa qilishdan oldin, biz ayni ijtimoiy hamkorlikdan har kuni manfaat
ko'rishimizni hisobga oling. Haqiqatan ham, bu shunchalik odatiyki, unga ko'pchilik
e'tibor ham bermaydi.