partiyalarining qayta saylanish ehtimolini oshirish maqsadida iqtisodiy o'sishni




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari


partiyalarining qayta saylanish ehtimolini oshirish maqsadida iqtisodiy o'sishni
rag'batlantiruvchi vositalardan (fiskal va monetar siyosat) foydalanishi oqibatida
yuzaga keladigan biznes tsikl. 
↩ 
Smut-Houli tarifi: tarif stavkalarini qariyb 50 foizga oshirish bo'yicha 1930-yil iyunda


456
Qo'shma Shtatlarida qabul qilingan qonun. Boshqa mamlakatlar bunga qarshi javob
choralarini ko'rdi va xalqaro savdo hajmi keskin pasaydi. Ushbu qonun Buyuk
depressiyaga sabab bo'lgan asosiy omillardan biri edi. 
↩ 
soliqqa imtiyozli: agar siz xarajat qilgan pulingiz soliqqa imtiyozli bo'lsa, uni soliqqa
tortiladigan daromadingizdan chegirib tashlashingiz mumkin. 
↩ 
sotsializm: barcha odamlar teng va shuning uchun mamlakat pul mablag'larini teng
bo'lishishlari kerak degan dunyoqarash yoki ushbu dunyoqarashga asoslangan siyosiy
tizim. 
↩ 
spekulyativ obligatsiyalar: yuqori riskli obligatsiyalar. Odatda kam tanilgan
korxonalar tomonidan chiqarilib, riski baland bo'lgani tufayli yuqori foiz to'laydi. 
↩ 
stagnatsiya: iqtisodiyotning o'sish va rivojlanishdagi turg'unlik holati. 
↩ 
Standard & Poor's (S&P) 500 indeksi: birgalikda fond bozorini ifoda etadi deb tanlab
olingan 500 ta aksiyalardan iborat savat. AQSHdagi barcha aksiyalarning 70 foizdan
ortiq qiymatini S&P 500 indeksi o'z ichiga oladi. 
↩ 
subsidiarlik: tashkillashtirish tamoyili. Unga ko'ra, masalalar eng kichik, eng quyi yoki
eng markazlashmagan vakolatli organ tomonidan hal qilinishi kerak. Siyosiy qarorlar,
iloji boricha, markaziy hokimiyat tomonidan emas, balki mahalliy organlar tomonidan
qabul qilinishi lozim. 
↩ 
subsidiya: ma'lum mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga yoki iste'mol qiluvchilarga
beriladigan davlat to'lovlari yoki soliq krediti. Etanol ishlab chiqaruvchilarga galloniga
1,50$ atrofida beriladigan to'lovlar bunga misol bo'ladi. 
↩ 
substandart kredit: muammoli kredit tarixiga ega shaxsga yoki daromadi, ish faoliyati


457
va to'lov qobiliyati ko'rsatkichlari to'g'risida yetarlicha hujjat talab qilmay qarz
oluvchiga berilgan kredit. Substandart kreditlar bo'yicha foizlar standart
kreditlarnikiga nisbatan odatda balandroq bo'ladi. «Kredit reytingi» qarz oluvchi
qancha foiz to'lashini aniqlashga yodam beruvchi muhim ko'rsatkich bo'lib, u
shaxslarning qarz olish tarixini kuzatuvchi mustaqil tashkilot tomonidan ta'minlanadi.
↩ 
sug'urta: belgilangan badal to'lovi evaziga ma'lum yo'qotish, zarar, kasallik yoki o'lim
holatida kompensatsiya olishga kafolat beradigan tashkilot yoki davlat bilan bo'lgan
kelishuv. 
↩ 
tadbirkor: foyda olish maqsadida innovatsion usullar va mahsulotlar yaratish riskini
o'z zimmasiga olib, foydani koz'lab qaror qabul qiluvchi shaxs. Muvaffaqiyatli
tadbirkorlik faoliyati resurslar qiymatini oshiradi. 
↩ 
taklif qonuni: boshqa omillar o'zgarmas bo'lgan hollarda, tovar narxi bilan uni ishlab
chiqaruvchi sotishga rozi bo'lgan miqdori o'rtasidagi ijobiy bog'liqlikni anglatuvchi
tamoyil. Mahsulot narxi oshgani sari, ishlab chiqaruvchilar undan ko'proq ishlab
chiqaradilar. Narx tushgani sari, ular kamroq ishlab chiqaradilar. 
↩ 
talab qonuni: boshqa omillar o'zgarmas bo'lgan hollarda, tovar narxi bilan uni xaridor
sotib olishga rozi bo'lgan miqdori o'rtasidagi teskari bog'liqlikni anglatuvchi tamoyil.
Mahsulot narxi oshgani sari, iste'molchilar undan kamroq sotib oladilar. Narx tushgani
sari, ular ko'proq sotib oladilar. 
↩ 
tanqislik: odamlarning mahsulot yoki resursning tabiatda erkin mavjud bo'lgan
miqdoridan ko'ra ko'prog'iga ega bo'lishni istaydigan holat. Biz qadrlagan deyarli barcha
narsa tanqisdir. 
↩ 
taqchillik: davlatning narxlarni muvozanat narxidan past darajada o'rnatishi tufayli


458
ishlab chiqaruvchilarning sotishga taklif qilgan mahsulot miqdori xaridorlar talab
qilgan miqdoridan kam bo'lishi natijasida vujudga keladigan holat. 
↩ 
tarif: mamlakatga import qilingan tovarlarga solingan soliq. 
↩ 
tasodifiy yurish nazariyasi: aksiyalarning joriy narxlari kelajak to'g'risida ma'lum
bo'lgan barcha axborotlarni allaqachon o'zida aks ettiradi degan nazariya. Shu sababli
aksiyalar narxining kelajakdagi o'zgarishi tasodifiy hodisalarga bog'liq bo'lib, ular
narxlarni kutilmagan yoki tasodifiy tarzda o'zgartiradi. 
↩ 
tashqi ta'sirlar: uchinchi shaxslar farovonligiga ta'sir qiladigan faoliyatning tarqalish
effekti. Agar tarqalish effekti ijobiy bo'lsa, ular tashqi ta'sir manfaati deb ataladi. Agar
tarqalish effekti salbiy bo'lsa, ular tashqi ta'sir xarajatlari deb ataladi. 
↩ 
til biriktirish: ayniqsa birovni aldash yoki tovlamachilik maqsadida qilingan maxfiy
yoki noqonuniy hamkorlik. Til biriktirishda qatnashgan korxonalar guruhi kartel deb
nomlanadi. 
↩ 
transfertlar (daromad transfertlari): davlatning shaxslar va korxonalarga qilgan
to'lovlari bo'lib, ushbu to'lovlar to'lov oluvchilar tomonidan tovar va xizmatlarni
yetkazib berishni nazarda tutmaydi. Bu to'lovlar bir shaxslardan soliq orqali olinib,
boshqalarga beriladigan mablag'lardir. 
↩ 
tranzaksion xarajatlar: tovar va xizmatlarni izlash, savdolashish va ayirboshlash
shartlarini muhokama qilish uchun zarur bo'lgan vaqt, harakat va boshqa resurslar. 
↩ 
to'lov qobiliyatsizligi: jismoniy yoki yuridik shaxs to'lov majburiyatlarini bajara
olmasligi bilan bog'liq og'ir moliyaviy vaziyat. Bunga resurslarning (aktivlarning)
yetishmovchiligi yoki ushbu resurslarni naqd pulga (likvidlilik) aylantira olmaslik
sabab bo'lishi mumkin. 
↩ 


459
unumdorlik: ma'lum bir davr mobaynida ishchi boshiga ishlab chiqarilgan o'rtacha
mahsulot hajmi. U odatda soatiga ishlab chiqarilgan mahsulot ko'rinishida o'lchanadi.
↩ 
uy xo'jaligi: birga istiqomat qiluvchi odamlar guruhi (ko'pincha oila). 
↩ 
valyuta kursi: xorijiy valyuta birligining ichki bozordagi narxi. Masalan, bir Ukraina
grivnasini sotib olish uchun 0.035 AQSH dollari kerak bo'lsa, dollar-grivna valyuta
kursi 0.035 ga teng bo'ladi. 
↩ 
venchur kapitalist: istiqbolli biznes g'oyalari bor tadbirkorlarga qarz berishga
ixtisoslashgan moliyaviy investor. Ko'pincha ushbu g'oyalarda tez o'sish salohiyati
mavjud, lekin odatda riski yuqori bo'lgani sababli ular tijorat banklaridan kredit olishga
loyiq topilmaydi. 
↩ 
vositachi: tovar yoki xizmatlarni olib sotuvchi yoki savdoni tashkil qiluvchi shaxslar.
Vositachilar tranzaksion xarajatlarni kamaytiradi. 
↩ 
xalqaro savdo: erkin savdoga
(?)
 qarang. 
↩ 
xorijiy investitsiya: boshqa mamlakatdagi kompaniya yoki jismoniy shaxsning sizning
mamlakatingizdagi aktivlarga yoki kompaniya ulushiga qilgan investitsiyalari. 
↩ 
xususiy investitsiya: xususiy sektorning uzoq muddatli aktivlarga (asosiy vositaga
investitsiya) qilgan xarajatlari va ma'lum davr davomida zahiralarning (zahiraga
investitsiya) ko'payishi. Ushbu xarajatlar kelajakda iste'molchi manfaatini ta'minlash
qobiliyatimizni oshiradi. 
↩ 
xususiy mulk huquqi: faqat egasiga yoki egadorlar guruhiga tegishli bo'lgan va egasi
ixtiyori bilan boshqalarga o'tkazilishi mumkin bo'lgan mulk huquqi. 
↩ 


460
yakka tartibdagi tadbirkor: jismoniy shaxsning oylik maosh to'laydigan ish beruvchi
uchun emas, balki o'zi uchun ishlash holati. 
↩ 
yalpi ichki mahsulot (YIM): muayyan davr mobaynida mamlakatda ishlab chiqarilgan
barcha yakuniy (oraliq mahsulot emas) tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir. Bu
ham daromad, ham ishlab chiqarish hajmining o'lchovidir. 
↩ 
yillik rentabellik darajasi: pul summasiga o'n ikki oy mobaynida murakkab foiz
stavkasi bo'yicha to'langan miqdor. 
↩ 
zarar: tovar yoki xizmatni ishlab chiqarish xarajatining savdodan olingan daromaddan
oshgan miqdori. Zararlar resurslardan samarasiz foydalanganlik uchun «jarima» bo'lib,
yaratilgan mahsulotning qiymati resurslardan samarali foydalanib yaratilishi mumkin
bo'lgan mahsulotning qiymatdian past bo'ladi. 
↩ 
o'rinbosarlar: bir xil funksiyani bajaradigan mahsulotlar. Ulardan birining narxining
ko'tarilishi ikkinchisiga bo'lgan talabni oshiradi, ulardan birining narxining pasayishi
esa ikkinchisiga bo'lgan talabni kamaytiradi (masalan, gamburger va xot dog, sariyog'
va margarin, Chevrolet va Ford avtomobillari). 
↩ 
g'aznachilik vekseli: qarz muddati oxirida foiz to'laydigan qisqa-muddatli davlat
qarzining turi. Ular davlatning naqd pulga bo'lgan qisqa muddatli ehtiyojlarini
qondirish uchun ishlatiladi. 
↩ 
shaxsiy daromad: mahalliy uy xo'jaliklari va korporativ bo'lmagan korxonalar
tomonidan olingan jami daromad. 
↩ 


461

Download 9,85 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partiyalarining qayta saylanish ehtimolini oshirish maqsadida iqtisodiy o'sishni

Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish