Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Ekspertlar guruhi
Quyidagi shaxslar kitobni post-kommunist mamlakatlarining o'ziga xos vaziyatlariga
moslashtirishga va tarjima aniqligini ta'minlashga o'z hissalarini qo'shdilar. Biz ular
qo'shgan qimmatli hissalari uchun minnatdormiz. Shunday bo'lsada, barcha fikrlar va
xatolar uchun javobgarlik mualliflar zimmasidadir.
Zohid Askarov Avstraliyaning Melburn shahridagi Dikin Universitetida iqtisod fanlari
doktori ilmiy darajasini olib, hozirda Toshkentdagi Vestminster Xalqaro Universitetida
o'qituvchi bo'lib ishlaydi. Uning maqolalari «World Development», «European Journal
of Political Economy», «Public Choice» va «Journal of Housing Economics» jurnallarida
chop etilgan. Uning maqolalari asosan o'tish davri mamlakatlaridagi iqtisodiy va
institutsional rivojlanish hamda ularning tarqalish effektlari to'g'risidadir. U YUNESKO,
BMT Taraqqiyot Dasturi, Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi, Sasakava Tinchlik
Fondi, Dikin Universiteti, Antverp Universiteti, Maastrixt Menejment Maktabi, Quyi
Saksoniyadagi Nemis Menejment Akademiyasi va Indoneziya Davlat Boshqaruvi Milliy
Institutlari bilan bir qator ta'lim va ilmiy loyihalarda qatnashgan. Zohid Iqtisodiy
Tadqiqotlar va Aspirantlarni Tayyorlash Markazi - Iqtisodiyot Instituti (CERGE-EI)
Fondining o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha granti sohibi.
Gurgen Aslanyan Chexiya Respublikasidagi CERGE-EI Institutida iqtisod fanlari
doktori ilmiy darajasini olgan. U Armanistondagi Amerika Universitetida dotsent,
CERGE-EI Fondining o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha granti sohibi va Ural Federal
Universitetining Iqtisodiyot Laboratoriyasida katta ilmiy xodim. U xususiy va davlat
sektorlarida, jumladan, Armaniston Markaziy Bankida maslahatchi bo'lgan, tadqiqotchi
sifatida esa Pensilvaniya Universiteti va Chexiya Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlik
qilgan. U ilmiy maqolalarini xalqaro miqyosda taqdim qilgan va chop etgan. U turli
mukofotlar sovrindori bo'lib, hozirda Armaniston Iqtisodiyot Uyushmasining
prezidentidir.


468
Olga Flis Chexiya Respublikasidagi CERGE-EI Institutida iqtisodiyot bo'yicha magistrlik
darajasini va Lvovdagi Ivan Franko Milliy Universitetida nazariy va amaliy statistika
bo'yicha magistrlik darajasini olgan. Hozirda u Chexiya Respublikasida KPMG
Boshqaruv Maslahatlashuvlari tashkilotida ishlaydi. Shuningdek, u amaliy hisoblash
fanlari sohasida onlayn ta'lim platformasini yaratish uchun yangi korxona tashkil
etishda ishtirok etmoqda.
Aram GazaryanTurin Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. U
Erevan Davlat Universiteti va Armanistondagi Amerika Universitetida iqtisodiyotdan
ta'lim beradi. U tadqiqotlar va konsalting bilan shug'ullanuvchi Xulq-atvor qarorlari
bo'yicha markaz asoschisidir.
Aida Gjika Buyuk Britaniyaning Staffordshir Universitetida iqtisod fanlari doktori
ilmiy darajasini olgan va Tirana Universitetida iqtisodiyot fakultetida ta'lim beradi. U 10
yildan ko'proq vaqt mobaynida talabalar va aspirantlarga (mikroiqtisodiyot va
akademik insho fanlaridan) dars berib keladi. Shuningdek, u turli xalqaro loyihalarda
maslahatchi sifatida, asosan ma'lumotlar tahlili bo'lyicha amaliy iqtisodchi tajribasiga
ega. Uning tadqiqotlari asosan fiskal detsentralizatsiya va iqtisodiy o'sish masalalariga
qaratilgan bo'lib, u fiskal siyosat, tamaki mahsulotlariga soliqlar va hududlarda o'sishni
ham o'rganadi. Aida CERGE-EI Fondining o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha grant
sohibidir.
Maya Grigolia Gruziyadagi Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot
Maktabida (ISET) magistrlik darajasini olgan. U fanlar doktori nomzodligini olish
uchun Tbilisi Davlat Universitetida aspirant. Hozirda u Quvaytdagi Yaqin Sharq
Amerika Universitetida o'qituvchi. U ta'lim, tadqiqot, loyiha tayyorlash va konsalting
bo'yicha 10 yildan ko'p tajribaga ega. U fiskal siyosat, moliyaviy ta'lim va xususiy
sektorning rivojlanishini tadqiq etishga qiziqadi. U makroiqtisodiyot, iqtisodiy siyosat,
iqtisodiyot asoslari, statistika va ma'lumotlar tahlili kabi fanlardan dars beradi. Avval u
Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Evropa Komissiyasi va AQSH Xalqaro Rivojlanish


469
Agentligi kabi xalqaro tashkilotlar uchun loyihalar tayyorlash va konsalting xizmati
ko'rsatgan.
Drini Imami Boloniya Universitetida qishloq xo'jaligi iqtisodiyotidan fanlar doktori
ilmiy darajasini olgan. U bir necha yetakchi Evropa ilmiy-tadqiqot institutlarida
tadqiqotlar olib borgan va 50 dan ortiq ilmiy maqolalarga o'z hissasini qo'shgan. Uning
tadqiqotlari xulq-atvor iqtisodiyoti, siyosiy va institutsional iqtisodiyot masalalariga
qaratilgan. Drini BMTning Oziq-ovqat va Qishloq Xo'jaligi Tashkiloti, Jahon Banki,
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati va
Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentliklari uchun maslahatchi bo'lib ishlagan. U Tirana
Qishloq Xo'jaligi Universitetining iqtisodiyot va agrobiznes fakultetida dotsent.
Edvin Jllima Boloniya Universitetida qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va siyosati fanidan
doktorlik ilmiy darajasini olgan, hozirda Tirana Qishloq Xo'jaligi Universitetida dotsent.
U turli sohalarda, jumladan, resurs iqtisodiyoti, xulq-atvor iqtisodiyoti va gender
iqtisodiyoti sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Uning 40 dan ortiq ilmiy
maqolalari chop etilgan. U xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMTning Oziq-ovqat va
Qishloq Xo'jaligi Tashkiloti, BMT Taraqqiyot Dasturi, Germaniya Xalqaro Hamkorlik
Jamiyati, AQSH Xalqaro Rivojlanish Agentligi va Shvetsariya Hamkorlik tashkilotlarida
maslahatchi sifatida ishlab, turli texnik hisobotlarni yozishda o'z hissasini qo'shgan.
Lesli MakKoll Virjiniya Universitetining Kolgeyt Darden nomli Biznesni Boshqarish
Maktabida biznesni boshqarishdan magistrlik (MBA) darajasini va Uellesli kollejida
bakalavr darajasini olgan. U Uoll-Stritda 25 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo'lib,
aksiyalar tahlili, potfelni boshqarish va bank investitsiyalari sohalarida yuqori
lavozimlarda ishlagan. Uning iste'molchilar daromadi va xulq-atvorini o'rganish hamda
ularning aksiyalar savdosiga ta'sirini bashorat qilish bo'yicha iqtisodiy tadqiqotlari uni
iste'mol bozori aksiyalari sohasida ekspertga aylantirdi. Hozirda u aksiyalarni o'rganish
bo'yicha maslahatchi.


470
Bahrom Mirkasimov Toshkentdagi Vestminster Xalqaro Universitetining rektori. U
iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini Berlindagi Gumboldt Universitetida, iqtisodiyot
bo'yicha magistrlik darajasini esa Vanderbilt Universitetida olgan. Shuningdek, u
Vestminster Universiteti matbuoti tomonidan yaqinda ochiq ko'rinishda nashr etila
boshlagan va xalqaro darajada taqriz qilinadigan «Silk Road: A Journal of Eurasian
Development» [Ipak Yo'li: Yevrosiyo Taraqqiyoti Jurnali]
(
www.silkroadjournal.online
)jurnalining bosh muharriri. Bahrom Xalqaro Xavfsizlik
va Taraqqiyot Markazida (Berlin) tadqiqotchi va Global Mehnat Tahskilotining ilmiy
xodimi. U Germaniya Iqtisodiy Tadqiqotlar Institutida (DIW Berlin) ishlagan hamda
Stokgolm Xalqaro Tinchlikni Tadqiqot Qilish Instituti, Osiyo Taraqqiyot Banki, Jahon
Banki, BMT Taraqqiyot Dasturi, BMT Aholishunoslik Fondi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti
va Xalqaro Oziq-ovqat Siyosati Ilmiy Institutlariga maslahatchi bo'lgan.
Arben Mustafa Buyuk Britaniyaning Staffordshir Universitetida iqtisod fanlari doktori
ilmiy darajasini olgan. Uning doktoranturada o'qish davrida ilmiy mavzusi «Markaziy
va Sharqiy Evropa mamlakatlarida bank sohasida raqobat hamda uning bank risk
faoliyati va foiz marjasiga ta'sirlari» to'g'risida bo'lgan. Uning ushbu mavzuga oid bir-
necha maqolalari chop etilgan. Arben Kosovo Respublikasi Markaziy Bankida asosan
ilmiy va iqtisodiy tahlillarga oid turli lavozimlarda ishlagan. U Kosovoning Gilan
shahridagi Kadri Zeka Universitetida iqtisodiyot va bank sohasiga tegishli bir qator
fanlardan dars beradi. U CERGE-EI Fondining o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha granti
sohibi.
Anait Ovannisyan Gruziyadagi Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot
Maktabida (ISET) iqtisodiyotdan magistrlik darajasini olgan. U Armaniston Markaziy
Bankining Monetar Siyosat Departamentida iqtisodchi.
Irina Sabat hozirda Portugaliyaning Lissabon shahridagi Biznes va Iqtisodiyot Yangi
Maktabida Mariya Sklodovska-Kyuri nomli stipendiya sovrindori sifatida iqtisod
fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun o'qishni davom ettirmoqda. U Chexiya


471
Respublikasining CERGE-EI Institutida iqtisodiyot bo'yicha magistrlik darajasini,
Ukrainaning Lvov shahridagi Ivan Franko Milliy Universitetida esa Xalqaro Iqtisodiy
Aloqalar va Moliya sohasi bo'yicha magistrlik darajasini olgan. Irina CERGE-EI
Fondining o'qituvchilarni tayyorlash granti sohibi sifatida bakalavr va aspirantura
talabalariga besh yildan ortiq vaqt mobaynida iqtisodiyotdan dars berib kelmoqda. U
universitet iqtisodiyot sohasi o'qituvchilarini pedagogika bo'yicha tayyorlash bilan
shug'ullanuvchi, CERGE-EI Fondi tomonidan moliyalashtirilgan iqtisodiyot
o'qituvchilari guruhi a'zosi.
Alban Zogay Italiyadagi Marke Politexnika Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy
darajasini olgan. U 2005 yildan beri Riinvest Institutida ishlab, bir qator tadqiqotlar olib
borgan va ularga tahliliy hissasini qo'shgan. 2016 yildan 2019 yilgacha Alban iqtisodiy
o'sish va iqtisodiy murakkabliklarni o'rganish uchun Albaniya hukumati bilan ishlagan.
U Riinvest kollejida iqtisodiyotdan dars beradi.


472

Download 9,85 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish