Ilmiy maslahatchilar kengashi




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Ilmiy maslahatchilar kengashi
Oleg Gavrilishin Massachusets Texnologiya Institutida iqtisodiyot fanlari doktori
darajasini olgan. U Varshavadagi Ijtimoiy va Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazida (CASE)
norezident katta ilmiy xodim, hozirda esa Karlton Universitetining Evropa, Rossiya va
Yevrosiyo Tadqiqotlar Institutida yordamchi professor lavozimida xizmat qiladi. Oleg
Ukraina hukumatida maslahatchi sifatida «Mustaqillikdan keyingi islohotlar tahlili»
hisobotini tayyorlagan (2014 yildan 2016 yilning oktyabrigacha). Hozirgi kunda u o'tish
davri to'g'risida yangi kitob ustida ishlayapti. Kitobda nega ba'zi mamlakatlar erta va
jadal islohotlar yo'lini, boshqalari esa bosqichma-bosqich islohotlar yo'lini tanlagani
to'g'risida yangi savol ko'tariladi. Kitob post-kommunist mamlakatlaridagi siyosiy
jarayonlarga yaqindan nazar tashlaydi. 1991-2007 yillarda Oleg Xalqaro Valyuta
Jamg'armasining (XVJ) Evropa Departamentida sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari
masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida xizmat qilgan. U XVJ Direktorlar
Kengashida navbatdagi ijrochi direktor o'rinbosari hamda bir muddat Ukraina Moliya
vaziri o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Jozef Peltsman Boston Kollejida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, u Jorj
Vashington Universitetida iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar fanlari professori,
huquqshunoslik fanidan yuqori malakali o'qituvchi va iqtisodiyot bo'yicha
doktorantura dasturi direktori lavozimlarida ishlaydi. 1980 yilda fakultetga ishga
kirishidan oldin u Brukings Institutida iqtisodiy siyosiy masalalar bo'yicha ilmiy xodim
bo'lgan va Janubiy Karolina Universitetida dars bergan. U Gruziyadagi Tbilisi Davlat
Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot Maktabi (ISET) Xalqaro Ilmiy Kengashining
asoschisi va rahbari (2006-08) hamda Ukrainadagi Kiev Iqtisodiyot Maktabi Xalqaro
Maslahat Kengashining a'zosi bo'lgan (2002-17). Shuningdek, u Vashingtondagi Savdo,
Yordam va Xavfsizlik Koalitsiyasi (TASC) va Global Works Fondi Direktorlar
Kengashining a'zosi. Hozirda u «Global Economy» jurnalining bosh muharriri hamda
Xalqaro Savdo va Moliya Uyushmasining sobiq prezidenti.


466
Boris Tsota Zagreb Universitetining iqtisodiyot fakultetida professor hamda xalqaro
iqtisodiyot va moliya fanlaridan magistratura dasturining rahbari. U Zagrebdagi
Iqtisodiyot Instituti Direktorlar Kengashining a'zosi (1997-2000) va Xorvatiya
Respublikasi Fan va Oliy Ta'lim Uyushmasi Nazorat Kengashining raisi (2003-2006)
bo'lgan. U Xorvatiya Milliy Banki Kengashining a'zosi (2006–2013), Xorvatiya
Respublikasi prezidentining iqtisodiyot masalalari bo'yicha maxsus maslahatchisi
(2010–2012) va Xorvatiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Iqtisodiyot bo'yicha
Kengashning prezidenti (2010–2015) lavozimlarida xizmat qilgan.


467

Download 9,85 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish