Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Mualliflar to'g'risida
Jeyms D. Guortni Florida Shtati Universitetida iqtisodiyot professori, universitet
qoshidagi Gas A. Stavros kafedrasining atoqli rahbari. U iqtisodiyot asoslari darsligi
sifatida keng qo'llanilayotgan va hozirda 16-nashrdan chiqqan «Iqtisodiyot: shaxsiy va
jamiyat tanlovi» (Cengage South-Western Press, 2017) kitobining hamda «Mantiqiy
Iqtisodiyot: boylik va farovonlik to'g'risida nimalarni bilish lozim» (St. Martin’s Press,
2016) nomli iqtisodiyot bo'yicha boshlang'ich darslikning mualliflaridan biri. Shu bilan
birga, u 160 dan ko'proq mamlakatlarning institutlari va siyosatlari iqtisodiy erkinlikka
muvofliqligi to'g'risida ma'lumot beradigan «Dunyoda iqtisodiy erkinlik» hisobotining
mualliflaridan biri hamdir. Uning maqolalari American Economic Review, Journal of
Political Economy, Southern Economic Journal va Journal of Institutional and
eoretical Economics kabi ilmiy jurnallarda chop etilgan. 1999-2000 yillarda u AQSH
Kongressining Birlashgan Iqtisodiy Qo'mitasida bosh iqtisodchi lavozimida xizmat
qilgan. U Janubiy Iqtisodiy Uyushmaning va Xususiy Tadbirkorlik sohasidaTa'lim
Uyushmasining sobiq prezidenti. U iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini Vashington
Universitetida olgan.
Richard L. Stroup Montana Shtati va Shimoliy Karolina Shtati Universitetlarining
iqtisodiyot fanlari faxriy professori. U iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini
Vashington Universitetida olgan. 1982 yildan 1984 yilgacha u AQSH Ichki Ishlar
Vazirligining Siyosatlar Tahlili boshqarmasi direktori lavozimida xizmat qilgan. Stroup
global isish, yerdan foydalanishni tartibga solish, arxeologiya va atrof-muhit siyosatini
takomillashtirish zarurati mavzularida maqolalar chop qilgan va ma'ruzalar o'qigan.
Uning ilmiy izlanishlari erkin bozor ekologiyasi deb tanilgan yondashuvning
rivojlanishiga hissa qo'shgan. U iqtisodiyot asoslari darsligi sifatida ommabop va
hozirda 16-nashrdan chiqqan «Iqtisodiyot: shaxsiy va jamiyat tanlovi» kitobining
mualliflaridan biri. Uning «Eko-iqtisodiyot: iqtisodiyot va atrof-muhit to'g'risida
nimalarni bilish lozim» kitobi (Washington: Cato Institute, 2016, 2-nashr) o'zi
asoschilaridan biri hisoblangan Mulk va Atrof-Muhit Ilmiy-Tadqiqot Markazining


462
moliyaviy ko'magi ostida chop etilgan.
Duayt R. Li 1972 yilda San Diegodagi Kaliforniya Universitetida iqtisod fanlari doktori
ilmiy darajasini olgan. O'sha vaqtdan beri u Kolorado Universiteti, Virjiniya
Texnologiya Universiteti, Jorj Meyson Universiteti va Jorjiya Universitetlarida ta'lim
bergan. U 1985-2008 yillarda Jorjiya Universitetida Remzi nomidagi iqtisodiyot va
xususiy tadbirkorlik fanlari kafedrasining professori bo'lgan. U 2008-2014 yillarda
Dallas shahridagi Janubiy Metodist Universitetida Uilyam J. O'Nil nomidagi global
bozorlar va erkinlik kafedrasining professori bo'lgan. Hozirgi vaqtda u JMUda katta
ilmiy xodim va Boll Davlat Universiteti qoshidagi Siyosiy-Iqtisodiy Tadqiqotlar Instituti
bilan hamkorlik qiluvchi ilmiy xodim. Professor Lining ilmiy tadqiqotlari turli
sohalarni, jumladan, atrof-muhit va tabiiy resulrslar iqtisodiyoti, siyosiy qarorlar qabul
qilish iqtisodiyoti, davlat moliyasi, qonun va iqtisodiyot hamda mehnat iqtisodiyoti
kabilarni o'z ichiga oladi. Ish faoliyati davomida professor Li ilmiy jurnallarda 160 dan
ortiq maqolalar, gazeta va jurnallarda 300 ga yaqin maqola va sharhlar chop etgan, o'n
to'rtta kitobga hammualliflik va yana beshta kitobga muharrirlik qilgan. U Qo'shma
Shtatlari bo'ylab, shuningdek, Evropa, Markaziy Amerika, Janubiy Amerika, Osiyo va
Afrikadagi bir qator universitetlar va konferentsiyalarda ma'ruzalar o'qigan. U 1994-
1995 yillarda Xususiy Tadbirkorlik sohasidaTa'lim Uyushmasining prezidenti va 1997-
1998 yillarda Janubiy Iqtisodiy Uyushmaning prezidenti bo'lgan.
Tauni Hant Ferrarini iqtisodiy ta'lim bo'yicha Robert Plaster kafedrasi professori va
Missuri shtatining Sent-Charlez shahrida joylashgan Lindenvud universiteti qoshidagi
Hammond institutida bosh iqtisodchi. U yigirma yil davomida Shimoliy Michigan
universitetida xususiy tadbirkorlik bo'yicha Sem M. Kohodas kafedrasi professori
lavozimida xizmat qilgan, 2015 yilda iqtisodiyot o'qituvchilari milliy uyushmasining
prezidenti va shu uyushmaning texnologiya mukofotining birinchi sovrindori bo'lgan.
Tauni «Oqituvchilar ham millioner bo'lishni istaydi» (nashrga tayyorlanyapti),
«Amerika tarixidagi iqtisodiy voqealar» (2019) va «Mantiqiy Iqtisodiyot» (2016)
kitoblarining mualliflaridan biridir. Uning maqolalari nufuzli ilmiy jurnallarda chop


463
etiladi va u Iqtisodiy ta'lim kengashi, Junior Achievement yoshlar ta'limi tashkiloti
(AQSH) va Freyzer institutlari (Kanada) uchun o'quv rejalarini tayyorlaydi. Dunyo
bo'ylab universitetlar, milliy kengashlar, notijorat tashkilotlar uni ma'ruzalar o'qish,
dasturlar ishlab chiqish, seminarlar olib borish va iqtisidoy savodxonlikni oshirish
maqsadida moliyaviy mablag'larni jalb qilishni qo'llab-quvvatlash uchun taklif etadilar.
U Sent Luis shahridagi Vashington univesitetida doktorlik ilmiy darajasini olgan.
Jozef P. Kalxun o'qituvchi professor va Florida Shtati universiteti (FSU) qoshidagi erkin
tadbirkorlik va iqtisodiy ta'lim taraqqiyoti bo'yicha Stavros markazining direktori. Unin
g iqtisodiyot asoslari bo'yicha ma'ruzalarini yiliga 2000 dan ortiq talaba tinglaydi. U
doimiy ravishda milliy o'qituvchilar konferensiyalarida darslarda axborot vositalari va
texnologiyalardan samarali foydalanish to'g'risida ma'ruzalar o'qiydi. U chet elda o'qish
dasturlarining katta tarafdoridi bo'lib, Angliya, Italiya va Ispaniyalarda dars berish
imtiyoziga ega bo'lgan. Doktor Kalxun turli o'qituvchilik sovrinlariga, shu jumladan,
FSU ning bakalavr talabalari o'qituvchisi sovriniga sazovor bo'lgan. U Gorjiya
universitetida doktorlik ilmiy darajasini olgan.
Rendall K. Fayler Hanter kolleji va Nyu-York shahar universitetining diplomdan
keyingi ta'lim markazida iqtisod fanlari professori, 1993 yildan beri esa Karlova
universiteti va Chexiya Respublikasi Fanlar Akademiyasining qo'shma dasturi bo'lgan
CERGE-EI institutida taklif etilgan iqtisod fanlari professori. Professor Fayler 1994
yildan beri CERGE-EI Ijroiya va Kuzatuv Qo'mitasi a'zosi bo'lib, u post-kommunistik
Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida iqtisodiy
ta'limga eng katta hissa qo'shgan CERGE-EI Jamg'armasining prezidenti sifatida faoliyat
ko'rsatib kelmoqda. U Markaziy va Sharqiy Yevropa bo'yicha global taraqqiyot tarmoq
koordinatori bo'lib xizmat qiladi. Professor Fayler Gruziyaning Tbilisi xalqaro iqtisodiy
maktabining (ISET) Ilmiy kengashi a'zosi. U IZA (Bonn) va CESifo da (Myunxen) ilmiy
xodim. Professor Fayler Prinston universitetida doktorlik ilmiy darajasini olgan bo'lib, u
mazkur universitetda Sanoat aloqalari bo'limi va Aholishunoslik boshqarmasida xizmat
qilgan. Uning ilmiy ishlari Milliy ilmiy jamg'arma, Evropa Ittifoqining ACE dasturi,


464
Alfred P. Sloun jamg'armasi, Folksvagen jamg'armasi va San'atni qo'llab-quvvatlash
milliy jamg'armalari tomonlaridan moliyalashtirilgan. Uning maqolalari yetakchi
professional jurnallarda, jumladan, e American Economic Review, e Journal of
Political Economy, e Review of Economics and Statistics, e European Economic
Review, e Journal of Development Economics, Economic Development and Cultural
Change va e Economics of Transition kabi jurnallarda chop etilgan. Professor Fayler
ikki marta Chexiya Respublikasida Fulbrayt stipendiyasiga sazovor bo'lgan va shu bilan
birga Xorvatiyaning Zagreb shahridagi Iqtisodiyot institutida taklif etilgan ilmiy xodim
sifatida ishlagan. Uning sharhlari Wall Street Journal, New York Times, BBC, ABC va
Good Morning Saudi Arabia kabi ko'rsatuv va gazetalarda chop etilgan.


465

Download 9,85 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish