Saylov tizimiga bog'liqlik




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Saylov tizimiga bog'liqlik
Ayrim mamlakatlarda qonun chiqaruvchilarni proportsional vakillik tizimi
asosida saylaydilar. Bunda turli partiyalarning parlamentda egallagan o'rinlar soni
ularning partiyalari olgan ovoz ulushiga proportsional bo'ladi. Yana boshqa
mamlakatlarda qonun chiqaruvchilar majoritar saylov tizimi asosida saylanadilar.
Bunda har bir saylov uchastkasidagi bitta o'rin eng ko'p ovoz olgan nomzodga beriladi.
Proportsional vakillik tizimida parlamentda ko'proq kichik partiyalar paydo
bo'lib, bu parlament saylovlaridan keyin boshqaruv koalitsiyasini tuzishni
murakkablashtiradi. Qarorlar qabul qilish jarayoni odatda sust kechib, ko'pincha
samarasiz murosalarni o'z ichiga oladi. Hukumatning barqarorligi odatda pasayadi,
chunki bir yoki bir necha partiyalar hukumatni qo'llab-quvvatlamay qo'yishi bilan


426
tahdid solishlari mumkin.
Ammo majoritar saylov tizimida ozchilik guruhlar geografik jihatdan ma'lum
saylov uchastkasida ko'pchilikni tashkil qilmasalar, ular parlamentda vakillikdan
umuman mahrum bo'lishlari ham mumkin. Bundan tashqari, majoritar saylov tizimi
hukumat koalitsiyasida bo'lmagan vakillarning saylov uchastkalariga qarshi geografik
favoritizm muammosini chigallashtirishi mumkin. Bu muammoni detsentralizatsiya
yo'li orqali mahalliy hokimiyatga katta vakolatlarni berish bilan kamaytirish mumkin
bo'lib, bunda aholi boshqaruv koalitsiyasining geografik chegarisidan tashqarida
bo'lganda ham mahalliy hokimiyat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Parlamentda ozchilik vakillarining chetda qolish muammosini bartaraf etish
uchun parlament tizimida odatda proportsional vakillik saylovi afzal ko'riladi.
Proportsional saylov qoidasiga asoslangan parlament tizimi ko'pincha majoritar
qoidaga asoslangan tizimga nisbatan qamrovliroq bo'ladi. Proportsional vakillikning
yana bitta afzalligi shundaki, u maxsus jamoat mollari o'rninga universal jamoat
mollarini qo'llab-quvvatlaydi, chunki saylovda raqobat faqat muhim uchastkalarda ovoz
olishga emas, balki umuman ko'proq ovoz olishga qaratilgan bo'ladi. Bu ozchilik
manfaatlarini himoya qilish uchun ham afzaldir.
Biroq prezidentlik tizimida proportsional vakillikda yuzaga keladigan
partiyalarning tarqoqligi parlamentning prezident vakolatini nazorat qilish qobiliyatini
kamaytiradi.
Nazorat qilinmagan prezident yakka hokimga aylanish xavfi borligi tufayli
ko'pchilik parlament AQSH va Chilidagi kabi majoritar tizim orqali saylanganda
prezidentlik demokratik tizimi afzalroq deb hisoblaydi.

Download 9,85 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish