Bozorni muvaffaqiyati uchun ayblash




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Bozorni muvaffaqiyati uchun ayblash
Bozor orqali uzatiladigan ma'lumotlar va rag'batlar natijasida yuzaga keladigan
ijtimoiy hamkorlik mukammal emas. Lekin odamlarga bir-birlari bilan samarali
hamkorlikda o'z maqsadlariga yetishishlari uchun imkoniyat yaratishda hech qaysi
iqtisodiy tizim bozor tizimi bilan tenglasha olmaydi. Bozor tizimi tanqidga asosan
muvaffaqiyatsizligi uchun emas, balki muvaffaqiyati uchun uchraydi. U odatda
taqchillik to'g'risida ogohlantirganligi uchun ayblanadi. Taqchillik hech kimga
yoqmaydi, lekin bunga bozorlar aybdor emas. Haqiqatda esa, bozorlarning ajoyib
xususiyati shundaki, u eng qodir ishtirokchilarni harakatga undaydi. Taqchillikka
bozorlarni ayblash xuddi yong'in bo'lganda yong'inga qarshi signalizatsiyani ayblash
kabidir.
Taqchillik muammosi abadiydir. Biroq, bozor orqaligina amalga oshirish
mumkin bo'lgan ijtimoiy hamkorlik taqchillik muammosini boshqa har qanday tizimga
qaraqanda yaxshiroq boshqarishga imkoniyat beradi.
Yakuniy savollar: Bozor narxlari odamlarni bir-birlari bilan hamkorlik qilishga
undaydimi? Shaxsiy manfaat bozorlar faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadimi? Bozorlar
orqali ijtimoiy hamkorlik qilish resurslardan eng samarali usulda foydalanishimiz
uchun muhimmi? Tushuntirib bering.
Element 3.8 ga qaytish


420
1. Adam Smit ijtimoiy hamkorlik tushunchasini «ko'rinmas qo'l» misolida asoslab bergani bizga yaxshi tanish.
Ma'lumot uchun « e Wealth of Nations» (New York, Modern Library, 1937 [1776]) asarining 423-sahifasiga murojaat
qiling. 
↩ 
2. Ushbu bo'limni kengroq tushunish uchun o'quvchilarga F.A. Hayekning «Individuallik va iqtisodiy tartib» nomli
kitobida (Chicago: University of Chicago Press, 1980 [1948]) keltirilgan «Jamiyatda bilimdan foydalanish» maqolasini
o'qish tavsiya qilinadi. Menimcha, bu iqtisodiyot bo'yicha yozilgan eng muhim maqolalardan biridir. 
↩ 
Duayt Lining «Ijtimoiy hamkorlik va bozor» sahifasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Qayta nashr qilish yoki
tarqatish bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.


421
Element 3.10 ga qaytish

Download 9,85 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish