Ammo biz buning tagiga yetishimiz mumkin




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Ammo biz buning tagiga yetishimiz mumkin
Energiyani tejash va ishlab chiqarish o'rtasida eng yaxshi balansni aniqlash
uchun zarur ma'lumotlar mavjud bo'lib, bu qisman energiya resurslarini tiklash, ushbu
resurslarni foydali energiya manbaiga aylantirish va uni foydalanuvchilarga yetkazib
berishning texnik detallaridan xabardor ekspertlarning bilimidan iborat. Bu
ma'lumotlarga butun dunyo bo'ylab tarqalgan o'n minglab odamlar ega bo'lib, ularning
faqat ayrimlarigina bir-birlari bilan bevosita aloqa qiladi. Energiya bo'yicha dono
qarorlar qabul qilishu uchun tarqoq ma'lumotlarni bitta joyga to'plash, ularni tahlil
qilish va ulardan eng oqilona foydala oladiganlarga yetkazish kerak bo'ladi.
Ekspert bilimlari kabi muhim va undan ham tarqoq tarzda tarqalgan yana
boshqa ma'lumotlar ham mavjud: bu ma'lumotlar odamlarning moliyaviy holatlari,
istaklari va o'zaro murosa qilishga tayyorliklaridan iborat. Kimdir uchun avtobusda
yurish qulay, boshqalarga esa yashash yoki ish joyi sababli avtobusda yurish o'ta
noqulaylikni tug'diradi. Kim uchundir kichik avtomobilga o'tishning farqi yo'q, lekin
boshqalarga oilasi kattaligi va maxsus ehtiyoji borligi sababli bu to'g'ri kelmaydi. Kim
uchundir bino temperaturasining o'zgarishi uncha noqulaylik tug'dirmaydi, sog'lig'idan
shikoyat qiluvchi aholini esa bu noqulaylikdan ham ko'ra azob chekishlariga olib keladi.
Kimdir qorong'ulikdan qo'rqqanligi sababli tunda chiroqlarni yoqib qoldirish uchun
ayrim narsalardan voz kechishga tayyor. Bu ma'lumotlar nafaqat ekspert bilimlariga
qaraganda uzuq-yuluq va tarqoq, balki ular o'ta sub'ektiv va ularni aniq izohlashning
iloji yo'q. Bu ma'lumotlar o'ta oddiy tuyulishi mumkin, ammo ekspertlar bilimi kabi ular
ham to'g'ri energiya balansini ta'minlashda juda muhim ahamiyatga ega.
Xayriyatki, energiyani tejash va ishlab chiqarish o'rtasidagi to'g'ri balansni
aniqlash uchun bu ma'lumotlarni bir joyga to'plab ularni kompyuterga kiritishning
hojati yo'q. Nega deganda, barcha ma'lumotlar bir joyda to'planganda ham, hech qaysi
kompyuter buncha ma'lumotlarga ishlov bera olmaydi. Agar kompyuter bunga qodir
bo'lsa ham, u ishlov berib bo'lganiga qadar bu ma'lumotlar eskirib bo'ladi. Energiya
bo'yicha dono qarorlar qabul qilish uchun zarur ma'lumotlarni ma'lumot egalaridan eng
oqilona foydalanuvchi tomonga yetkazishning eng ma'qul yo'li bu siyosiy yo'l bilan
cheklanmagan erkin bozor narxlari orqalidir.


415
Bozor narxlari iste'molchilarga ular energiyaning foydalanish turlarini qanchaga
baholashi to'g'risidagi ma'lumotni ishlab chiqaruvchilarga va bir-birlariga yetkazishga
imkon beradi. Shuningdek, bozor narxlari ishlab chiqaruvchilarga ham energiya
turlarining ishlab chiqarish tannarxi to'g'risidagi ma'lumotlarni iste'molchilarga
yetkazishga imkon beradi. Ushbu ma'lumotlarga asosan iste'molchilar, modomiki
tejalgan energiyaning qiymati yuzaga keladigan noqulaylikning qiymatidan katta bo'lar
ekan, noqulaylik darajasini minimallashtirib, energiyadan foydalanish hajmini
qisqartiradilar. Ishlab chiqaruvchilar esa berilgan tannarxga iste'molchilar manfaatini
maksimallashtirishni nazarda tutib ishlab chiqarish hajmini ko'paytiradilar. Ishlab
chiqarilgan qo'shimcha energiyaning istemolchilar uchun bo'lgan qadri uning
tannarxidan yuqori bo'lar ekan bu jarayon davom etadi. Buning natijasida biz,
barchaning istaklarini inobatga olgan holda, energiyani tejash va uni ishlab
chiqarishning eng ma'qul nisbatiga erishamiz.
Narx signallari har doim ham mukammal ishlamaydi. Hatto narx chegarasi
mavjud bo'lmagan taqdirda ham, erkin bozor energiyani tejash va uni ishlab chiqarish
o'rtasidagi aniq to'g'ri balansni ta'minlashga kafolat bera olmaydi. Shunday bo'lsada,
bozor narxlari orqali olingan ma'lumotlar asosida energiya bo'yicha qabul qilingan
qarorlar siyosatchilar va byurokratlar narx chegarasini o'rnatishlari ortidan yuzaga
kelgan ma'lumotlar vakuumida qilingan qarorlarga qaraganda afzalroqdir.
Yakuniy savol: Xususiy shaxslarning narx signallari asosida energiya bo'yicha
qabul qilgan qarorlarining samaradorligini davlat mulozimlari siyosiy maqsadlarni
ko'zlab qabul qilgan qarorlarining samaradorligi bilan solishtiring.
Element 3.7 ga qaytish
Duayt Li muallifligi ostidagi «Energiya ishlab chiqarish va tejash» sahifasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
Qayta nashr qilish yoki tarqatish bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.


416
Element 3.8 ga qaytish

Download 9,85 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ammo biz buning tagiga yetishimiz mumkin

Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish