Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Muallif: Duayt Li


413
chiqishning yagona yo'li ekanligiga ishonmaydi. Biroq, ayrimlar energiyani tejash ham
hech qanday rol o'ynamaydi deb hisoblaydi. Yaqin ha alar ichida maqbul balansni
o'rtanitsh Kongressga havola». (Izoh. Ushbu tahririyat narx nazoratini tavsiya
qilinmaganligini qayd etish zarur deb hisoblayman).
Agar siyosatchilar energiya narxlarini nazorat qilishga harakat qilmaganda edi,
ular energiya ishlab chiqarish va tejashning «balansi to'g'risida kelishuv» topishlariga
zarurat bo'lmas edi. Ammo bu narxlarni nazorat qilishga kirishgani bilan, na
siyosatchilar, na boshqalar qancha energiya ishlab chiqarish va qanchasini tejash
zarurligi to'g'risida biror aniq ma'lumotga ega emas.
Har safar energiyaning mavjudligi to'g'risida xavotirga tushganimizda,
energiyani tejash yoki ishlab chiqarish to'g'risida bahslar kelib chiqadi. Bunday bahslar
1970-yillarda va 1980-yillarning boshida OPEK eksport cheklovlariga javoban sodir
bo'lgan edi. So'ngra shu yilning boshida OPEK ne ishlab chiqarish hajmini biroz
qisqartirishi va Kaliforniyada siyosiy sabablarga ko'ra elektr energiyasi taqchilligining
yuzaga kelishi yana bahslarga sabab bo'ldi. Tomonlardan biri biz kichikroq
avtomobillarni haydashga o'tishimiz, jamoat transportidan ko'proq foydalanishimiz,
yuqori energiya tejamkor jihozlardan foydalanishimiz, uy va ish joylarimizni yaxshiroq
izolyatsiya qilishimiz va ularni yozda issiqroq, qishda esa salqinroq tutishimiz
zarurligini uqtiradilar. Ikkinchi tomon esa biz taraqqiyotga faqat tejash bilan erisha
olmasligimizni va shu sababli energiya ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun ne va
ko'mir qazib chiqarishni, elektr va atom stantsiyalari qurishni ko'paytirishimiz zarur
degan fikrni ilgari suradilar.
Albatta, har ikkala tomonning xolis ishtirokchilari tejash va ishlab chiqarish
o'rtasida biror balansga kelishish zaruratini tan oladilar. Biroq, ikkala tomonning har
biri aynan o'zlarining siyosiy taklifi to'g'ri balansga olib kelishiga yoki ikkinchi
tomonning taklifi noto'g'ri balansga olib kelishiga ishontirishga harakat qiladi.
Qaysi tomon haq? Ishlab chiqarish va tejashning eng optimal balansi qanday?
Hech kim bunga aniq javob bera olmaydi. Hech kim! Kolumbiya okrugining Vashington
shahridagi yoki boshqa yerdagi biror bir shaxs yoki guruh biz qancha energiya
tejashimiz yoki ishlab chiqarishimiz zarurligi to'g'risida tushunchaga ega emas.


414

Download 9,85 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish