«Siznikimas xo'jayinlik qilishga»
hikoyasi «Polkovnik Devid Krokettning
hayoti» kitobidan olingan
(qisqartirilgan versiyasi)
Mulohaza uchun savol: Qiyin ahvolda qolgan shaxs yoki oilaga yordamni kim bergani
ma'qulroq: davlatmi yoki o'z mablag'lari hisobidan odamlarmi?
Bir kuni Kongressning Vakillar palatasida xarbiy-dengiz floti taniqli ofitserining
bevasiga moliyaviy yordam tayinlash to'g'risida hujjat loyihasi muhokamaga qo'yiladi.
Ushbu hujjatni qo'llab-quvvatlab, bir necha chiroyli nutqlar yangraydi. Spiker masalani
ovozga qo'ymoqchi bo'lganda, Krokett o'rnidan turib, shunday deydi:
«Janob Spiker, Palatadagi har bir inson kabi mening marhum xotirasiga bo'lgan
hurmatim, azob-uqubatlarni boshidan kechirayotgan bevaga bo'lgan hamdardligim
kam emas, ammo biz marhumlarga bo'lgan hurmatimizni yoki aholining ba'zi
qiynalgan qismiga bo'lgan hamdarligimizni qolgan aholining muvozanatini buzish
orqali amalga oshirishimiz adolatdan emas. Men xayriya uchun ushbu mablag'ni
ajratishga Kongressning vakolati yo'q ekanligini isbotlash uchun bahslashmayman. Bu
yerda yig'ilganlarning barchasi buni biladi. Biz shaxs sifatida o'z pulimizdan istagancha
xayriya qilishimiz mumkin, lekin Kongressning a'zosi sifatida jamiyatning bir dollarini
ham ajratishga haqqimiz yo'q. Bu yerda yangragan chiroyli murojaatlarda bu bizning
marhumning oldidagi qarzimiz ekanligi ta'kidlab o'tildi. Janob Spiker, marhum urush
tugaganidan keyin uzoq yashadi, u umrining oxirigacha mehnat qildi, lekin men davlat
uning oldida qarzdor ekanligi to'g'risida biror marta ham eshitganim yo'q. Palataning
har bir vakili bu qarz emasligini biladi.
Tartibni qo'pol buzmasdan turib, biz bu mablag'ni qarz sifatida ajrata olmaymiz.
Edvard Ellis
399
Buni xayriya sifatida ajratishga bizda zarracha vakolat yo'q. Janob Spiker, avval
aytganimdek, biz o'z shaxsiy mablag'larimizdan istaganimizcha berisimiz mumkin.
Men bu yerdagi vakillarning eng kambag'aliman. Men bu qonun uchun ovoz bera
olmayman, lekin bu maqsad uchun bir ha alik maoshimni berishga tayyorman. Agar
Kongressning har bir a'zosi ham bunga qo'shilsa, jami yig'ilgan mablag' qonunda
ko'rsatilgan miqdordan ko'proq bo'lar ekan».
Shundan so'ng u joyiga qaytib utiradi. Hamma jim. Qonun ovozga qo'yiladi, va
avval taxmin qilingandek bir ovozdan qabul qilinmasdan, o'sha nutqdan so'ng atigi bir
nechta ovoz oladi va natijada rad etiladi.
Keyinroq, Krokettning do'sti undan nima uchun u mablag' ajatilishiga qarshi
chiqanligini so'raganda, u quyidagicha javob beradi:
«Bundan bir necha yillar oldin men bilan bir necha kongressmenlar kechda
Kapitoliy binosi oldida turganimizda, uzoqdan Jorjtaundagi katta yong'inga ko'zimiz
tushdi. U, shubhasiz, katta yong'in edi. Biz ot-aravaga o'tirib, tezda u yerga yetib bordik.
Qilingan hamma choralarga qaramasdan ko'p uylar yonib ketdi, ko'p oilalar uysiz qoldi,
ba'zilar esa ustidagi kiyim-boshidan boshqa hamma narsasidan ajralib qoldi. Havo juda
sovuq edi, men juda ko'p ayollar va bolalarning azob chekkanini ko'rganimda, ularga
yordam berish kerakligini angladim. Ertasi kuni ertalab jabr ko'rganlarga yordam
tariqasida 20 000 dollar ajratish to'g'risida qonun kiritildi. Hamma ishni chetga surib,
ushbu qonunning o'tishini iloji boricha tezlashtirdik».
«Keyingi yil yozda saylov vaqti kelganda, men o'z saylov okrugimdagi odamlar
bilan uchrashishni maqsad qildim. Menga qarshi muxolifat bo'lmasada, saylovgacha
hali ancha vaqt bo'lganligi uchun, nima bo'lishini oldindan aytish qiyin edi. Saylov
okrugimning menga notanish bo'lgan qismida aylanib yurgan kunlardan birida yerni
shudgor qilayotgan bir odam yo'l tomon kelayotganiga ko'zim tushdi. Uni to'siq oldida
uchratish uchun qadamimni tezlatdim. U kelgandan keyin uni suhbatga chorladim. U
xushmuomalalik bilan javob qaytarsada, uning ovozida sovuqlikni sezdim.
Men: «Ey, do'stim, men nomzod deb ataluvchi omadsizlardan biriman va...» deb
gapni boshlagan edim u menga:
«Men sizning kim ekanligizni bilaman, siz polkovnik Krokettsiz, sizni avval ham
400
bir ko'rgandim va oxirgi saylovda siz uchun ovoz bergandim,» deb javob berdi. «Siz
yana saylovoldi kampaniyasini o'tkazyotganga o'xshaysiz, lekin bu safar o'zingizning
ham, mening ham vaqtimni behudaga sarflamang. Siz uchun boshqa ovoz
bermayman», deb javob qaytardi.
Bu qattiq zarba edi... Men undan buning sababini o'tinib so'radim.
«Bilasizmi polkovnik, bunga vaqtni ham, gapni ham sarflashga arziguligi yo'q.
Buni endi to'g'rilashning iloji y'oq, lekin siz o'tgan yil qishda ovoz bergansiz, bu esa siz
yoki konstitutsiyani tushunishga qobiliyatingiz yo'qligini, yoki unga to'g'ri va jiddiy
amal qilishni xohlamasligingizni ko'rsatadi. Nima bo'lganda ham, siz mening vakilim
bo'lishingizni istamayman. Siz bilan bunday ohangda suhbatlashganim uchun uzr
so'rayman. Men saylovchiga nomzod bilan suhbatlashish uchun berilgan imtiyozdan
foydalanib sizni haqorat qilish yoki ranjitish niyatim yo'q edi. Men siz konstitutsiyaning
mohiyatini mendan butunlay boshqacha tushunishingizni aytmoqchiman, xolos; sizga
yana shuni aytishim mumkinki, balki qo'pollik qilmaganimda buni ayta olmasdim, siz
sofdil odam ekanligingizga ishonaman… Biroq, siz konstitutsiyani mendan boshqacha
tushunishingizga men ko'z yumolmayman, chunki konstitutsiya ahamiyatga ega
bo'lishi uchun u muqaddas hisoblanishi va uning barcha bandlari qattiq rioya qilinishi
kerak. Agar qo'lida hokimiyat bo'lgan odam uni noto'g'ri talqin qilsa, uning halolligi uni
xavfli odamga aylantiradi».
«Men gaplaringiz rostligini tan olaman, lekin siz meni kim bilandir
adashtirypasiz, chunki o'tgan qish hech qanday konstitutsiya masalada ovoz
berganimni eslay olmayman».
«Yo'q, polkovnik, men yanglishganim yo'q. Men bu yerda o'rmonda yashab,
uyimdan kamdan-kam chiqsamda, Vashingtondan gazeta olib turaman va Kongressdagi
barcha yig'ilishlar to'g'risida xabarlarni diqqat bilan o'qib chiqaman. Siz o'tgan qishda
Jorjtaundagi yong'indan jabr ko'rganlarga 20 000 dollar ajrtatish to'g'risidagi qarorga
ovoz berganingizni gazetada o'qidim. Shu rostmi?»
«Do'stim, men buni tan olaman. Siz meni qo'lga tushirdingiz. Biroq, bizning
bunday buyuk va boy mamlakat arzimagan 20 000 dollarni jabr ko'rgan ayollar va
bolalarga berishiga biror kimsa e'tiroz berishi amri mahol, ayniqsa davlat xazinasida
401
mablag' to'lib-toshgan paytda. Aminmanki, agar siz ham usha yerda bo'lganingizda,
xuddi mendek yo'l tutgan bo'lar edingiz».
«Gap mablag'ning miqdorida emas, polkovnik, gap printsipda. Birinchidan,
davlat xazinasida uning qonun doirasida faoliyat yuritishiga zarur mablag'dan ortiq
mablag' bo'lishi kerak emas. Lekin asosiy masala bunda emas. Istagancha mablag'
yig'ish va sarflash huquqi insonga berilishi mumkin bo'lgan eng xavfli huquqdir,
ayniqsa tarif orqali daromad olishga asoslangan bizning tizimda. Bu tizimda tarif,
moliyaviy sharoitidan qat'i nazar, hammaga bir xil yuklanadi, shu sababli qasshoqroq
odam daromadining kattaroq qismini tarifga to'laydi. Eng yomoni bu narsa uni ezadi, u
esa og'irlik markazi qayerdaligini ham bilmaydi, chunki Qo'shma Shtatlaridagi hech
kim davlatga qancha to'lashini aniq bilmaydi.
Tushunyapsizmi, agar biror odamga yordam bersangiz, u uchun mablag'ni
undan ham ahvoli battar boshqa minglab odamlardan olasiz. Agar sizda mablag'
ajratishga vakolat bo'lganda edi, mablag' miqdori shunchaki ixtiyoringiz masalasi bo'lar
edi va siz 20 000 dollar o'rniga 20 000 000 dollar berishga vakolatingiz bo'lar edi. Agar
sizda bitta odamga berishga vakolat bo'lsa, demak, hammaga ham berishga vakolatingiz
bor; konstitutsiyada xayriya yoki uning miqdori belgilanmaganligi uchun, siz xohlagan
odamingizga siz zarur deb bilgan miqdor berishingiz va uni xayriya deb qarashingiz
mumkin. Siz buning bir tomondan, firibgarlik, korruptsiyaga va favoritizmga, ikkinchi
tomondan esa, odamlardan o'g'irlik qilishga eshiklarni lang ochishini anglashingiz juda
oson.
Yo'q polkovnik, Kongressning xayriya qilishga haqqi yo'q. Kongressmenlar o'z
pullarini istagancha berishlari mumkin, ammo bu maqsad uchun davlat xazinasining
bir dollarini ham tegishga ularning haqqi yo'q. Agar bu qishloqda Jorjtaundagidan ikki
baravar ko'p uylar yo'nib ketganda edi, bizga yordam sifatida bir dollar ajratish sizning
yoki Kongresning boshqa a'zosining ham xayoliga kelmas edi. Kongressning deyarli 240
ta vakillari bor. Agar ularning har biri jabr ko'rganlarga hamdardlik ko'rsatish uchun
bir ha alik maoshini ehson qilganda edi, bu 13 000 dollardan ko'proq bo'lar edi.
Vashington va uning atrofida ko'p badavlat odamlar yashaydi, ular o'zlarini hayot
gashtidan mahrum qilmasdan, 20 000 dollarni shundoq ham berishlari mumkin edi.
402
Kongressmenlar pullarini o'zlariga qoldirdilar, ayrim xabarlarga ko'ra, ba'zilari
pullarini maqtovga sazovor bo'lmagan maqsadlarga sarflaydilar; Vashington odamlari
esa o'zingizniki bo'lmagan pulni xayriya qilib, ularni pul berish zaruriyatidan ozod
qilganingiz uchun, shubhasiz, sizni olqishlaganlar. Xalq konstitutsiyaga muvofiq
Kongressga ma'lum faoliyatlarni amalga oshirish vakolatini bergan. Shu faoliyatlarni
amalga oshirish uchun unga soliq solish va mablag'larni taqsimlashga ruxsat berilgan
xolos. Bundan boshqa har qanday faoliyat qonunga xilof va konstitutsiyaga rioya
qilmaslik hisoblanadi.
Ko'ryapsizmi, polkovnik, siz konstitutsiyaning men uchun eng muhim bo'lgan
bandlaridan birini buzdingiz. Bu esa mamlakat uchun xatarli hisoblanadi, chunki agar
Kongressning vakolati konstitutsiya belgilagan doiradan chetga chiqsa, buning hech
oxiri bo'lmaydi va aholi uchun xavsizlik bo'lmaydi. Ishonchim komilki, siz vijdonan yo'l
tutgansiz, ammo bu sizga xotirjamlik olib kelishidan tashqari boshqa yaxshilik
keltirmaydi va shuning uchun sizga ovoz bera olmayman».
Men bundan tashvishga tushdim. Agar menga qarshi muxolifat chiqsa va bu
odamga so'z berilsa, unga ergashib boshqalar gapirishni boshlashini va u saylov
okrugida yutqazishimni bildim. Men unga javob qaytara olmadim, aslida u haqligiga
ishonchim komilligidan unga e'tiroz qilishni istamadim. Ammo unga nimadir deb javob
berishim kerak edi, shuning uchun men unga shunday javob berdim:
«Do'stim, men konstitutsiyani yetarlicha tushunmasligimni aytganingizda,
gapingiz nishonga kelib tegdi. U menga yo'l ko'rsatuvchi bo'lishini niyat qilgandim va
men uni batafsil o'rganib chiqqanman deb o'ylagandim. Men Kongressda Kongressning
vakolatlari to'g'risida ko'p nutqlarni tinglaganman, lekin bu yerda omoch yonida turib
aytgan gapingizda men eshitgan barcha nutqlardan ko'ra ko'proq haqiqat va ma'no bor.
Agar avvalroq menda ham sizning nuqtai nazaringiz bo'lganda edi, men o'sha ovozni
bergandan ko'ra kallamni olovga tiqar edim; agar menga yana ovoz bersangiz va men
yana konstitutsiyaga zid qonunga ovoz bersam, meni otib tashlasalar ham roziman».
U kulib turib, menga javob berdi: «Ha, polkovnik, siz avval ham shunday deb ont
ichgandingiz, gapingizga yana ishonishim uchun sizga bitta shartim bor. Siz noto'g'ri
ovoz berganingizga amin bo'ldim deyapsiz. Buni tan olishingizning o'zi jazodan ko'ra
403
ancha afzal. Agar saylov uchastkasini aylanganingizda odamlarga ushbu ovoz to'g'risida
aytib bersangiz va uni noto'g'ri ekanligini tan olsangiz, men nafaqat siz uchun yana
ovoz beraman, balki muxolifatni bostirish uchun qo'limdan kelganini qilaman.
O'ylaymanki, buni amalga oshirish uchun men ta'sir ko'rsata olaman».
«Agar shunday qilmasam, meni otib tashlasalar ham roziman; sizni aytganlarim
jiddiy ekanligiga ishontirish uchun bu yerga yana bir ha a yoki o'n kundan keyin
qaytib kelaman. Agar odamlarni to'plasangiz, ular oldida nutq so'zlayman. Mening
hisobimdan barbekyu qilamiz», dedim men.
«Yo'q, polkovnik, bu yer aholisi badavlat bo'lmasa ham barbekyuga o'z hissasini
qo'sha oladi, jumladan qurbi yetmaganlar uchun ham. Bir necha kundan keyin hosilni
yig'ib olish nihoyasiga yetadi va barbekyu uchun biz alohida bir kunni belgilashimiz
mumkin. Bugun payshanba; menimcha, keyingi shanbaga mo'ljallasak bo'ladi. Juma
kuni mening uyimga kelsangiz, yi'g'ilishga birga borishimi mumkin. Sizni eshitish
uchun hurmatga sazovor aholini to'plashga va'da beraman».
«Kelishdik, men kelaman. Xayrlashishdan oldin sizdan yana bir narsani
so'ramoqchi edim. Ismingiz nima?» «Mening ismim Bans». «Goratsio Bans emasmi?»
«Ha, shunday».
«Janob Bans, siz meni avval ko'rganman deyapsiz, men esa sizni avval
ko'rmaganman, lekin sizni juda yaxshi bilaman. Men sizni uchratganimdan
xursandman va sizga do'st bo'lish umididan juda mag'rurman».
U bilan uchrashganim hayotimdagi eng omadli hodisalardan biri edi. U xalq
bilan uncha ko'p muloqot qilmasada, aholi orasida o'zining ajoyib zakovati, halolligi,
mehribonligi va xayrixohligi bilan nafaqat so'zda, balki amalda ham yaxshi tanilgan. U
atrofidagi mahallasi uchun karomat ko'rsatuvchi bo'lib, uning shuhrati o'ziga tanish
doiradan tashqarida ham keng tarqalgan edi. Uni avval uchratmagan bo'lsam ham, u
to'g'risida juda ko'p eshitganman. Agar shu uchrashuv bo'lib o'tmaganda edi, menga
qarshi muxolifat paydo bo'lishi va men unga yutqazishim muqarrar edi. Ushbu
voqeadan so'ng bu saylov uchastkasida endi menga hech kim qarshi chiqmasligi menga
ayon bo'ldi.
Belgilangan vaqtda men uning uyiga keldim, bundan oldin esa bo'lib o'tgan
404
suhbatimizni barcha uchrashuvlarda va men suhbat qurgan boshqa odamlarga ham
aytib berdim. Bu esa odamlarning menga bo'lgan qiziqishini va ishonchini shunchalik
oshirdiki, bunaqasini avval hech ko'rmaganman.
Uning uyiga yetib kelganimda ancha xoldan to'ygan bo'lishimga va bunday
hollarda odatda erta yotishimga qaramasdan, u bilan yarim tungacha davlat ishlari va
printsiplari to'g'risida suhbatlashdik va bular to'g'risida butun hayotim davomida olgan
bilimimdan ham ko'proq chinakam ma'lumotga ega bo'ldim.
Ertasi ertalab biz barbekyu qilish uchun ketdik va men u yerda mingtacha odam
to'planganini ko'rib hayratga keldim. Men oldin bilmagan ko'p odamlar bilan
tanishdim, do'stim ular bilan birgalikda hamma men to'g'rimda bilmaguncha meni
atrofga tanishtirib chiqdilar.
Vaqt kelganda mening so'z berishim haqida xabar berildi. Hamma o'rnatib
qo'yilgan minbar atrofiga yig'ildi. Men nutqimni quyidagilar bilan boshladim:
«Qadrli vatandoshlar. Men bugun sizlarning oldingizda o'zimni xuddi yangi
odamdek his qilyapman. Mening nodonlik va xurofotga asoslangan qarashlarim
noto'g'ri ekanligiga yaqinda ko'zim ochildi. Men bugun sizlarga xizmat qilish
qobiliyatim avvalgidan ancha yaxshi ekanligini his qilyapman. Mening bugungi
tashrifimdan maqsad sizlarning ovozingizni olishdan ham ko'ra, avval yo'l qo'ygan
xatomni tan olishdan iborat. Buni ham o'zim uchun, ham sizlar uchun e'tirof etishim
kerak. Menga ovoz berish sizning ixtiyoringizda».
Keyin ularga yong'in haqida, mablag' ajratish uchun bergan ovozim va nima
uchun u xato ekanligiga amin bo'lganligim haqida aytib berdim. Nutqimni quyidagilar
bilan yakunladim:
«Endi, qadrli vatandoshlar, siz qiziqib tinglagan nutqimning aksariyat qismi
meni xato qilganimga ishontira olgan qo'shningiz janob Bansning dalillarini
takrorlashdan boshqa narsa emas.
Bu hayotimda men qilgan eng yaxshi nutqdir, lekin bu uchun olqishlar unga
tegishli. Mening qarashlarimni o'zgartira olganidan uni mamnun qildim deb umid
qilaman va bu to'g'risida gapirish uchun unga so'z beraman».
U minbarga chiqib:
405
«Qadrli vatandoshlar, polkovnik Krokettning taklifini bajonidil qabul qilaman.
Men uni doimo o'ta halol inson sifatida bilgaman va u bugun sizga bergan barcha
va'dalarini sadoqat bilan bajarishiga ishonaman», — dedi u.
U minbardan tushgandan keyin olomon Deyvi Krokettning ismini aytib,
hayqiradi. Uning nomini qo'llab-quvvatlovchi hayqiriq oldin hech qachon yangramagan
edi.
Men hissiyotlarga osonlikcha beriladigan odam bo'lmasamda, nafasim qisilib
yuzumdan katta-katta yoshlar yumalab tushganini sezdim. Shuni aytishim mumkinki,
bu odamning gapirgan gaplari, yig'ilganlarning samimiy hayqiriqlari mening Kongress
a'zosi faoliyati davomida erishgan yoki erishadigan barcha obro'-e'tiborlardan
afzalroq».
«Janob, kechagi nutqimning sababini endi bilib oldingiz», — deb yakunladi
Krokett.
«Yana bir narsaga e'tiboringizni tortmoqchiman. Eslasangiz, bir ha alik maosh
pulini ajratishni taklif qilgandim. Kongressda badavlat odamlar juda ko'p. Ular biror
nimaga erishish uchun bir ha alik yoki o'nlab ha alik maoshlarini tushlikka yoki
ziyofatga sarflashdan ikkilanmaydilar. Ularning ba'zilari mamlakatning marhum
oldidagi minnatdorchilik qarzi, buni pul bilan o'lchab bo'lmasligi, buning uchun
beriladigan bor-yo'g'i 10 000 dollar mamlakat obro'si uchun arzimas pul ekanligi
to'g'risida chiroyli nutqlar so'zlashdi.
Lekin ularning hech biri mening taklifimga javob bermadi. Xalqning mablag'i
ular uchun bir pulga ham arzimaydi. Ammo ularning ko'pchiligi pul uchun intiladi,
unga yetishish uchun kerak bo'lsa obro'sidan, vijdonidan va adolatdan voz kechishga
tayyor».
Siyosiy hokimiyat tepasida turganlar, yaxshimi yoki yomonmi, saylovchilar
orasidagi yetakchilarning aksidir.
Goratsio Bans mas'uliyatli fuqaroning yaqqol misolidir. Agar unga o'xshaganlar
ko'payganda edi, biz davlat muassasalarida yangi odamlarni ko'p uchratgan bo'lar edik;
yoki Deyvi Krokett misolida esa, yangi Krokettlar paydo bo'lgan bo'lar edi.
Yangi odamlar yoki Krokettlar chiqishi uchun biz o'zimizdan Goratsioni
406
izlashimiz kerak!
Xulosa. Ushbu hikoyadagi Leonard E. Ridning fikri to'g'risida nima deb o'ylaysiz?
Siyosiy hokimiyat tepasida turganlar, yaxshimi yoki yomonmi, saylovchilar
orasidagi yetakchilarning aksidir.
Goratsio Bans mas'uliyatli fuqaroning yaqqol misolidir. Agar unga o'xshaganlar
ko'payganda edi, biz davlat muassasalarida yangi odamlarni ko'p uchratgan bo'lar edik;
yoki Deyvi Krokett misolida esa, yangi Krokettlar paydo bo'lgan bo'lar edi.
Yangi odamlar yoki Krokettlar chiqishi uchun biz o'zimizdan Goratsioni
izlashimiz kerak!
Element 3.1 ga qaytish
Edvard Ellisning «Siznikimas xo'jayinlik qilishga» hikoyasi «Polkovnik Devid Krokettning hayoti» kitobidan olingan
bo'lib, undan Creative Commons Attribution 4.0 xalqaro litsenziyasiga muvofiq foydalanilgan.
407
Element 3.4 ga qaytish
|