• Erkinlik bozorni talab qiladi
  • Bozor erkinlikni talab qiladi




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Bozor erkinlikni talab qiladi
    Bozorning sehrli kuchi shundaki, u odamlarga boshqalarning harakatidan
    oladigan manfaatlari to'g'risida hamda boshqalar manfaatlari yo'lida o'z harakatlari
    bilan bog'liq xarajatlar to'g'risida ma'lumot berish imkonini beradi. Pirovardida, barcha
    foyda va xarajatlar subyektiv bo'lib, ular shaxsiy afzalliklar va vaziyatlarga bog'liq, o'z
    navbatida esa, ularni faqat shaxsning o'zi aniq baholay oladi. Bu foyda bilan bog'liq
    hollarda yaqqol ko'rinadi. Mahsulotni iste'mol qilgan yoki xizmatdan foydalangan
    shaxsdan boshqa yana kim olingan foyda qiymatini aniqroq baholay oladi? Biroq, agar
    foyda subyektiv bo'lsa, unda xarajatlar ham subyektiv bo'lib, ular shunchaki boy
    berilgan manfaatlarning qiymatiga teng. Ular subyektiv bo'lgani tufayli odamlar foyda
    va xarajatlar to'g'risidagi aniq ma'lumotlarni bir-birlariga faqat o'z ixtiyorlari bilan turli
    bozorlarga kirishlari yoki chiqishlari hamda o'zaro manfaatli narxlarda savdo qilishlari
    orqali yetkaza oladilar. Narx ustidan davlat nazorati bizning sotuvchi va xaridor
    sifatidagi erkinligimizni cheklaydi hamda o'zaro aloqalarni nazorat qilish orqali
    boylikni vayron qiladi.
    Markazlashgan rejalashtirish samarasiz, chunki odamlarda faqat ularda mavjud
    ma'lumotlar asosida harakat qilishga erkinlik yo'q. Agar ishlab chiqaruvchilar va
    iste'molchilarning bozor tanlovlari o'rniga siyosiy rahbariyatning markazlashgan
    boshqaruvi kelsa, iqtisodiy qarorlar axborot vakuumida qabul qilinadi. Samarali
    iqtisodiyot aholi orasida tarqoq tarqalgan ma'lumotlardan foydalanishni talab qilib, bu
    ma'lumotlardan shaxsiy erkinliksiz foydalanib bo'lmaydi. Erkinlikni yo'q qilish bozor


    391
    iqtisodiyotining asosi bo'lmish ma'lumotlar oqimini yo'q qiladi.
    Erkinlik bozorni talab qiladi
    Erkinlik va bozorlar o'rtasidagi bog'liqlik teskari tarzda ham amal qiladi. Bozor
    erkinlikka bog'liq bo'lgani kabi, erkinlik ham bozorga bog'liq. Albatta, har qanday bozor
    iqtisodiyotining asosi bo'lmish xususiy mulk shaxsiy erkinlikni himoya qiladi. Agar
    barcha auditoriyalar va bosmaxonalar davlatga tegishli bo'lsa, davlat siyosatiga qarshi
    fikr bildirishga qanchalik erkinsiz? Agar davlat ishlab chiqarish vositalarining
    barchasiga egalik qilsa, shaxsiy biznes ochish uchun siz qanchalik erkinsiz? Xususiy
    mulkning yo'q qilinishi va unga bog'liq bozorga putur yetkazilishi bilan erkinlik ham
    yo'qoladi.
    Ammo bozor ham erkinlikka qulay sharoit yaratish orqali uni himoya qiladi.
    Javobgarliksiz erkinlik bu shunchaki betakalluflik, beparvolik va yengillik bo'lib, u
    uzoqqa cho'zilmaydi. Haqiqiy erkinlik va yashashga qobil yagona erkinlik barchaning
    manfaatlarini hisobga oluvchi usullarda amalga oshiriladi. Bu talabga javob beruvchi
    yagona erkinlik bozor intizomlariga bo'ysunuvchi erkinlikdir. Bozorlarni yo'q qilsangiz,
    siz erkinlik yashashi uchun zarur javobgarlikni ham yo'q qilasiz.
    Masalan, atrof-muhit ifloslanishi muammolari atrof-muhitdan axlat tashlash
    uchun foydalanish bo'yicha bozorlarning yo'qligi bilan bevosita bog'liq. Agar shunday
    bozorlar mavjud bo'lganda edi, ifloslantiruvchilar boshqalarga ifloslanishdan
    yetkazilgan zararni qoplashlariga to'g'ri kelgan bo'lar edi. Ifloslantiruvchilarning
    boshqalar oldida mas'uliyati bo'lib, biz atrof-muhitga chiqindi tashlash erkinligiga
    toqatliroq bo'lar edik. Biroq bizda bu kabi bozorlar yo'qligi tufayli, biz atrof-muhitni
    ifloslantirishi mumkin bo'lgan faoliyatlarni davlat tomonidan cheklanishini, garchi
    hayotimizning boshqa sohalarida buni nomaqbul ko'rsakda, qabul qilamiz.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish