• Muallif: Duayt Li
  • Mantiqiy Iqtisodiyot




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Bozorlar va erkinlik
    Mulohaza uchun savol: Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida erkin ayirboshlash va boylik
    bir-birini qanday qo'llab-quvvatlaydi?
    Erkin bozor sharoitlarida yuzaga keladigan ijtimoyi hamkorlik farovonlik uchun
    zarur ixtisoslashuvga ko'maklashadi. Biz ixtisoslashuvsiz yanada qashshoqroq bo'lgan
    bo'lar edik. Ixtisoslashuv ko'p sonli odamlar bozor ayirboshlashi orqali ishlab chiqarish
    va iste'molni muvofiqlashtirishi tufayli yuzaga keladi. Biz bozor orqali erishadigan
    moddiy boylikdan ko'ra erkinlik manfaati muhimroq hisoblanadi. Faqat bozor
    iqtisodiyotida mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan javobgarlik va intizom bo'lmasa, biz
    erkinligimizning katta qismidan ayrilib qolishimiz mumkin.
    Erkinlikning qadriga yetmaslik oson, ayniqsa, Qo'shma Shtatlarida, chunki
    boshqa mamlakatlar xalqi faqat orzu qilishi mumkin bo'lgan erkinlikdan foydalanib
    kelyapmiz. Erkinlik mustahkam sog'liqqa juda o'xshaydi: uni yo'qotmaguncha odamlar
    uning qardiga yetmaydi. Xuddi sog'lom odamlar vaqtinchalik nafsga berilib,
    sog'liqlariga ziyon yetkazishlari mumkin bo'lgani kabi, erkin odamlar ham erkinlik
    uchun zarur muhitga tahdid soluvchi vaqtinchalik siyosiy manfaatlarni tanlab,
    erkinliklaridan ayrilib qolishlari mumkin.
    Bundan tashqari, boylik qanchalik muhim bo'lmasin, u sog'liq va erkinlikchalik
    muhim emas. Sog'lig'i yomon yoki boylikdan rohatlanishga erkin bo'lmagan shaxs
    uchun boylik uncha ahamiyatli emas. Buning ustiga, sog'liq va erkinlik boylik ishlab
    chiqarishda muhim qismlarni tashkil etadi va bunda, ayniqsa, erkinlik mutlaqo zarur
    hisoblanadi. Kasal odamlar ham unumli bo'lishlari mumkin, lekin erkinliksiz bozorda
    samarali hamkorlikni amalga oshirishning iloji yo'q.
    Shuning uchun men alohida, lekin bir-biriga bog'liq ikki xil nuqtai nazarni
    muhokama qilmoqchiman. Birinchisi, samarali bozor hamkorligi erkinlikka bog'liq,
    Muallif: Duayt Li


    390
    ikkinchisi esa erkinlik samarali bozor hamkorligiga bog'liq. Odatda iqtisodchilar
    resurslar taqchilligining muqarrar oqibati tufayli murosali tanlovning ahamiyatini
    ta'kidlash kabi yoqimsiz masalaga duch keladilar. Ammo boylik va erkinlik bor joyda
    murosali tanlovga zarurat yo'q; bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ular bir-birini
    mustahkamlab, umuman olganda, birisiz ikkinchisiga erishib bo'lmaydi
    (1)
    . Erkinlikni
    cheklashga olib keluvchi siyosiy qarorlar orqali boylik darajasini oshirishga urinishlar,
    ularning har ikkalasining kamayishi bilan yakunlanadi.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish