Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Oziq-ovqat yoki golf
Nima sababdan iste'molchilar oziq-ovqatni golf maydonlariga, savdo
markazlariga va mashina to'xtash joylariga ixtiyoriy ravishda almashtiradilar? Axir
oziq-ovqat golf yoki mashina to'xtash joyidan afzalroq emasmi? Umumiy ma'noda bu
albatta shunday bo'ladi. Agar tanlov ovqatlanish yoki golf o'ynash o'rtasida bo'lganda
edi, hatto golf o'yini ishqibozi ham ovqatlanishni tanlagan bo'lar edi. Biroq, iqtisodiy
tanlovlar «hammasi yoki hech nima» printsipi asosida qilinmaydi. Aksincha, biz
qarorlarni marjinal printsip asosida qabul qilib, biror narsaning miqdorini ozroq
ko'paytirish evaziga boshqasinikini kamaytirish arzishishini hal qilamiz.
Marjinal qiymat asosida esa oziq-ovqat biz uchun golf yoki boshqa zarur
bo'lmagan ko'p narsalardan muhimroq ekanligi unchalik ravshan emas. Golf
ishqibozlari keyingi golf o'yinining qiymati voz kechilgan qo'shimcha oziq-ovqatdan
kam emasligini golf to'lovlari orqali bildiradilar. Agar iqtisodiy rivojlanish natijasida
qishloq xo'jaligi yerlarining millionlab akri «yo'qolmaganda» edi, marjinal printsip
asosida golfning qiymati oziq-ovqatnikidan yuqoriroq bo'lishi aniq. 1900-yillarda
dehqon xo'jaliklarida ishlatilgan ot kuchining asosiy qismi haqiqatan ham otlar yoki
xachirlar hisobidan ta'minlangan va ular uchun yem-hashak yetishtirishda millionlab
akr yerlar kerak bo'lgan. Endilikda bu hayvonlar o'rninini yuk mashinalari, traktorlar
va yoqilg'i bilan ishlaydigan boshqa qishloq xo'jaligi texnikalari egalladi va ularni
boqish uchun ishlatiladigan yem-hashak yetishtirish yerlarlarni bo'shatdi. Shuningdek,
bugunga kelib ayni aholi sonini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun kamroq yer
maydonlari talab etiladi, chunki o'g'itlar, pestitsidlar, sug'orish, urug'lar va ob-havo
ma'lumotlarining takomillashishi gektariga ko'proq oziq-ovqat yetishtirish imkonini


382
beradi hamda hosilni yig'ib olish, qadoqlash va tashishning takomillashishi
yetishtirilgan mahsulotning ko'proq qismini dasturxonga yetib kelishiga yordam
beradi. Agar dehqonchilikka hozir ham 1900-yillariga teng yer ajratsak, bugungi
texnologiyalar bilan hamma yoqni qovun bosib ketgan bo'lar edi. Agar shu rost bo'lsa,
qovun uchun qo'shimcha akr yerning qiymati ushbu yerlarda barpo etish mumkin
bo'lgan golf maydonining qiymatidan qanchalik katta bo'lishi mumkin?
Hozirda qishloq xo'jaligi yerlari 1900-yillardagidek ko'p emas, chunki oziq-ovqat
ishlab chiqarishi hajmining oshishi bilan uning marjinal qiymati uy-joylar, savdo
markazlari, golf maydonlari va hokazolarning marjinal qiymatiga nisbatan kamayadi.
Iste'molchilar nisbiy qiymatlardagi ushbu o'zgarishlarni xaridlari bilan bildiradilar, bu
esa oziq-ovqat narxlarini qishloq xo'jaligi yerlaridan boshqa maqsadlar uchun
foydalanadigan faoliyatlarning narxiga nisbatan pasaytiradi. Bu esa qishloq xo'jaligi
yerini kamaytirishni rag'batlantiradi va bu jarayon to qishloq xo'jaligi yerining marjinal
qiymati boshqa maqsadlarda foydalanadigan yerning marjinal qiymatiga
tenglashguncha davom etadi.
Shunga qaramasdan, qishloq xo'jaligi «inqirozi» hali beri tugashiga umid
qilmang. Jamoat tashkilotlari kattaroq byudjet umidida, xususiy tashkilotlar esa ko'proq
ilmiy tadqiqotlar o'tkazish yoki kattaroq subsidiya olish maqsadida jamoatni xavotirga
soluvchi inqirozlarni doimo izlab topadilar. Agar marjinal qiymat bilan to'liq
qiymatning farqini ko'proq odamlar tushunib yetganda edi, sun'iy inqirozni o'ylab
topish bunchalik oson bo'lmas edi.
Yakuniy savol: Nima uchun ishonchli mulkchilik huquqi iqtisodiy taraqqiyotga
ko'maklashadi? Nima uchun umumiy mulkchilik shakli va ishonchsiz mulkchilik
huquqi iqtisodiy taraqqiyotga halaqit beradi?
Element 2.2 ga qaytish


383
1. Gregg Easterbrook, A Moment on the Earth(New York: Viking, 1995), 10-13 sahifalar. 
↩ 
Duayt Lin qalamiga mansub «Qishloq xo'jaligi yerlarining kamayishi» sahifasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
Qayta nashr qilish yoki tarqatish bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.


384
Element 2.3 ga qaytish

Download 9,85 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish