377
mulkka assoslangan bozor muloqoti orqali amalga oshirganlar.
Audubon jamiyatining Luizianada Reyni qo'riqxonasi deb tanilgan tabiiy
qo'riqxonasi mavjud. U qushlar va boshqa yovvoyi hayvonlar uchun ideal muhitdir,
lekin unda savdo qiladigan hajmda ne va tabiiy gaz zahiralari mavjud bo'lib, ularni
ne kompaniyalari qazib olishga ishtiyoqi katta. Yer Audubon jamiyatiga tegishli
bo'lgani va u ne kompaniyalariga unda burg'ulash ishlarini olib borishni osongina
taqiqlashishi mumkin bo'lgani uchun u shunday qiladi deb xulosa qilish mumkin.
Aslida bunday emas. Audubon jamiyati ne kompaniyalarining burg'ulashiga ruxsat
bergan.
Albatta, bu kompaniyalardan ne to'kilishining oldini olish uchun jiddiy
choralar ko'rishini talab qiladi, lekin bular ochiq dengizda bur'gulash uchun zarur
ehtiyotlik choralaridek juda jiddiy emas. Nega bunday farq? Reyni qo'riqxonasi
Audubon jamiyatiga tegishli bo'lganligi sababli agar u burg'ulashni taqiqlanganda ne
uchun boshqalar to'lashga tayyor pul miqdori boy berilgan muqobil qiymatni anglatadi.
Biroq, ochiq dengizdagi ob'ektlar jamiyatga tegishli bo'lmaganligi sababli, ularning
muqobil qiymati yo'q. Shu sababli boshqalarning ochiq dengizdagi ne ga bo'lgan
manfaatini hisobga olish uchun unda asos yo'q.
Xususiy mulk nafaqat Audubon jamiyatini sport mashinasi ishqibozlari bilan
hamkorlik qilishga undaydi, balki u sport mashinasi ishqibozlarini ham Audubon
jamiyati bilan hamkorlik qilishga undaydi. Ularning benzinni sotib olishi Audubon
jamiyatiga yovvoyi hayvonlar uchun tabiiy muhitni yaratishga hamda uni himoya
qilishga imkoniyat beradi va u buni Reyni qo'riqxonasida ne konini burg'ulashdan
ko'rilgan zarardan ko'ra muhimroq deb hisoblaydi. Audubon jamiyati a'zolari sport
mashinasi ishqibozlaridan nafratlanishi mumkin va sport mashinasi ishqibozlari qush
kuzatuvchilarining ustidan kulishlari mumkin, ammo xususiy mulk tufayli ular bir-
birining tashvishlarini (va muqobil qiymatlarni) inobatga oladilar va bir-birining
manfaati yo'lida harakat qiladilar.