DAVRLAR BO'YICHA YIM TAQQOSI
YIMni davrlar bo'yicha taqqoslaganda umumiy narx darajasining o'zgarishini
hisobga olish lozim. Nominal YIM miqdori ikki sababga ko'ra o'sishi mumkin: (1)
umumiy narx darajasining o'sishi hamda (2) tovar va xizmatlar ishlab chiqarish
hajmininig o'sishi. Faqat ikkinchi holatdagina turmush darajasi ko'tariladi. Shu sababli
nominal YIM narxlarning o'sishi yoki tovar va xizmatlar ishlab chiqarish miqdorining
oshishi natijasida o'zgarganligini farqlash lozim.
Nominal YIMga umumiy narx darajasi o'sishi ta'sirini hisobga olish uchun
iqtisodchilar narx indeksi, YIM deflyatoridan foydalanadilar. YIM deflyatori umumiy
narx darajasining bazis yilga (bazis yil uchun u 100 ga teng) nisbatan o'zgarishini
o'lchaydi. Narxlar bazis yilga nisbatan oshsa, YIM deflyatori ham shunga mutanosib
ravishda oshadi. YIM deflyatori nominal YIM bilan birgalikda real YIMni hisoblashda
qo'llaniladi. Real YIM o'zgarmas xarid qobiliyiatini aks ettiruvchi doimiy narxlarda
o'lchanadi. Real YIM nominal YIMdan farqli o'laroq umumiy narx darajasi o'sishini
hisobga olmaydi. Berilgan davr (t) uchun real YIM bazis yili narxlarida quyidagiga teng:
Agar joriy yilda narx darajasi bazis yildagiga nisbatan balandroq bo'lsa, o'ng
tomondagi nisbat (100/YIM deflyatori) birdan past bo'ladi. Natijada joriy yilning
balandroq narxlarida hisoblangan YIMning nominal ko'rsatkichi bazis yildagi narxlar
darajasiga moslashtiriladi. AQSHda 2005 va 2009-yillardagi YIM ko'rsatkichlarini
ko'rib chiqaylik. 2009-yilda AQSHda nominal YIM 14256 milliard dollarga, 2005-yilda
esa 12638 milliard dollarga teng bo'lgan. Demak, nominal YIM 2009-yilda 2005-yilga
nisbatan 12,8 foizga yuqori bo'lgan. Biroq, bu o'sishning katta qismi real ishlab
374
chiqarish hajmining o'sishini emas, balki inflyatsiyani aks ettiradi. YIM deflyatori narx
indeksi bo'lib, u YIMga kirgan barcha tovarlar qiymatining o'zgarishini aks ettiradi. U
2005-bazis yilida 100,0 dan 2009-yilda 109,7702 gacha o'sdi. Bu narxlar 2005 va 2009-
yillar oralig'ida qariyb 9,8 foizga (109,7702 - 100 ≈ 9,8%) oshganini ko'rsatadi. 2009-
yilgi real YIMni hisoblash uchun 2009-yilgi nominal YIMni umumiy narxlar
darajasining 2005-yilga nisbatan o'sgan miqdoriga deflyatsiya qilish kerak. Yuqoridagi
tenglamaga asosan, 14256,3 milliard dollar miqdoridagi 2009-yilgi nominal YIM
birinchi 100 ga ko'paytirilib, keyin 109,7702 ga teng YIM deflyatoriga bo'linadi. Shunda
real YIM 12987,4 milliard dollarga teng bo'lib [(14256,3*100)/109,7702], u 2005-yilga
nisbatan atigi 2,8 foizga ko'proqdir. Demak, garchi nominal YIM 12,8 foizga o'sgan
bo'lsada, real YIM bor-yo'g'i 2,8 foizga o'sgan xolos.
Turli davrlar bo'yicha YIMni taqqoslaganda nominal YIM emas, balki real
YIMdan foydalanish lozim. Real YIM umumiy narxlar darajasidagi o'zgarishlarni
hisobga olmay, faqat ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar miqdoridagi o'zgarishlarni
o'z ichiga oladi. Shu sababli real YIM ko'rsatkichlarini taqqoslash o'rinlidir.
Bundan tashqari, turmush darajasining o'zgarishini tahlil qilish uchun jon
boshiga YIMdan foydalanish lozim. Jon boshiga YIM miqdorining oshishi kishi boshiga
tovar va xizmatlar ishlab chiqarish miqdori ortganini bildiradi. Jon boshiga mahsulot
ishlab chiqarish miqdorini ko'paytirmasdan turmush darajasini yaxshilashning
ehtimoli kam.
Qo'shma Shtatlarida Savdo vazirligi qoshidagi Iqtisodiy tahlillar byurosi [Bureau
of Economic Analysis] har chorak YIM hajmini hisoblab, ushbu ko'rsatkichlar
yordamida AQSH iqtisodiyotining umumiy holati to'g'risida ma'lumot beradi. Mazkur
byuro davlat mulozimlari, tadbirkorlar va xususiy shaxslar qarorlariga ta'sir etuvchi
iqtisodiy-statistik ma'lumotlarni ishlab chiqaradi. http://www.bea.gov/index.htm veb-
saytida berilgan statistik ma'lumotlar AQSH iqtisodiyotining hozirgi kundagi ahvolini
atroflicha yoritadi.
2-bobning kirish qismiga qaytish
375
Element 2.1 ga qaytish
|