386
arzimas edi.
Tabiiy ofatdan talofot ko'rganlarga mahsulotni yuqori narxlarda sotadiganlardan
nafratlanuvchilar tanqidlarini boshqa joyga qaratishlari lozim. Ularning tanqidi
(iqtisodiy savodsizlik oqibati) va ular qo'zg'atgan jamoat fikri ko'pincha narx nazorati
o'rnatilishiga olib keladi. Bu esa yordamga muhtojlarning chaqiriqlarini bo'g'adi.
«Atlanta Journal-Constitution» gazetasi o'tgan yil aprel oyidagi nashrida Jorjiyada
narxlarning oshirib yuborilishiga qarshi qonunga asosan, yetkazib beruvchilar narxni
falokat kunidan bir kun oldingi narxdan bir penniga ham oshirishi taqiqlanganligini
ta'kidlagan. Tornadodan qattiq talofot ko'rgan Atlantaga bir necha shtatlardan qurilish
pudratchilari va qurilish materiallari oqib kelganini sharhlagan maqolada qonunga
kinoyasiz xayrixohlik bildirilgan. Agar narxlarning oshirib yuborilishiga qarshi qonun
to'liq tatbiq etilganda ushbu yordamning uzoqdan kelishiga yoki qonun tufayli yordam
hajmi kamaymaganligiga jiddiy ishonish mumkinmi? (Jorjiya shtatida narxlarni oshirib
yuborish bir yildan to o'n yilgacha muddatga qamoq jazosi bilan va 5 000 dollar
jarimaga tortish bilan jazolanadi).