Qishloq xo'jaligi yerlarining kamayishi




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Qishloq xo'jaligi yerlarining kamayishi
Mulohaza uchun savol: Xususiy mulkchilik mulk egalarini resurslarni saqlashga va
tejashga rag'batlantiradimi? Javobingizni tushuntirib bering.
Muhim resurslar tugab qoladi degan doimiy xavotirimiz bor. Xavotirimizning
eng kattasi ne to'g'risidadir, keyingisi - chiqindilarni ko'mish uchun yer maydoni va
daraxlar yana bir xavotirdir. Odamlar yaqin orada tugaydi deb xavotirlangan resurslar
(ko'mir, mis, temir rudasi, hattoki qalay) ro'yxatini davom ettirishim mumkin. Ko'p
hollarda xavotirga o'rin yo'q, chunki uni jamoa orasida qo'rquv solishdan manfaatdor
bo'lgan guruhlar, e'tiborsiz jurnalistlar hamda iqtisodiyot bo'yicha umumiy
tushunchaga ega bo'lmaganlar qo'zg'atadi. Xavotirga o'rin bo'lgan taqdirda esa,
muammo hamisha xavf ostidagi resursga xususiy mulk huquqining yo'qligidan iborat
bo'ladi.
Resurslarning kamayishini oldini olishda xususiy mulk huquqining rolini ko'rish
uchun quyidagi savolni o'ylab ko'ring: yangilanmaydigan resurs hech tugab qolganmi?
Men ushbu savolni o'nlab tinglovchi guruhlariga berganimda, hech kim birorta ham
misol keltira olmadi. O'ylab ko'rsak, qayta tiklanmaydigan resurslar tugash ehtimoli
eng yuqori bo'lgan resurslar emasmi? Axir ular yangilanib turmaydi. Ajablanarlisi
shundaki, biz soni qayta tiklanadigan bir qator hayvonlarning yo'q bo'lib ketishini
boshdan kechirdik. Axir bular yo'q bo'lib ketish ehtimoli eng past bo'lgan resurslardan
emasmi? Yangilanmaydigan resurslar bir joyda turishini tan olsak, jumboqqa yechim
topiladi. Ular harakatlanmaydi, shu sababli ham bunday resurslarga xususiy mulk
huquqini tatbiq etish oson. Odamlar egalik qilgan resurslarning kelajakdagi qiymatini
hisobga olib, ularni tejaydilar. Ko'p hayvonlarning ko'chmanchi tabiati tufayli ularga
xususiy mulk sifatida egalik qilish qiyin. Shuning uchun ham odamlar ularning
kelajakdagi qiymatini hisobga olmaydi. Tiklanadigan resurs bo'lishiga qaramay, ba'zi

Download 9,85 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish