Harbiy asirlar bilan bog'liq muqobil qiymat
378
O'rta asr Evropa urushlari odatda ancha osoyishta kechgan, harbiy asirlar bilan
ham asosan yaxshi munosabatda bo'lishgan. Kichik qo'shin taslim bo'lishidan oldin
qarama-qarshi qo'shinlar har bir tomondagi askarlar sonini sanab chiqishi oddiy hol
hisoblangan. «Jang»ning bunday zo'ravonliksiz bo'lishiga sabab o'sha paytlarda
askarlar asirlariga nisbatan xususiy mulk huquqiga ega bo'lganlar. Ushbu qonun ostida
asirlarni ularning oilalariga sotish huquqi mavjud bo'lganligi bois, asirlarning
o'ldirilishi g'oliblar uchun muqobil qiymatni vujudga keltirgan. Xususiy tashkilotlar,
jumladan diniy farmoyishlar, asirlarini sotmoqchi bo'lganlar va ularni sotib olishni
istaganlar o'rtasida vositachilik qilishni boshlaganlar.
Harbiy asirlarning baxtiga qarshi, uzoqqa otadigan qurollarning paydo bo'lishi
bilan qo'l bilan kurashish kamayib, yakka askarlarning asir olish ehtimoli ham kamaydi.
Keyinchalik urushlar shafqatsizroq bo'lib ketdi, chunki nafaqat urush texnologiyasi
takommilashdi, balki asirlarga egalik qilish huquqi ham davlatga o'tdi. Mulk davlatga
tegishli bo'lganda odamlarning muqobil qiymati kamayishi bois, asirlarni o'ldirish yoki
ularga shikast yetkazish avj oldi. Shubhasiz, insonga xususiy mulk sifatida qarash
noto'g'ri. Ammo, muqobil qiymat mavjudligi tufayli asirlar «davlat mulki» bo'lgandan
ko'ra «xususiy mulk» bo'lganda ahvoli durustroq bo'ladi.
Xususiy mulk bozor munosabatlaridan kelib chiqadigan hamkorlik uchun juda
muhim, chunki u odamlar o'z harakatlarining muqobil qiymatini hisobga olishlarini
ta'minlaydi. Juda ko'p odamlar aynan xususiy mulkning yo'qligi sababli yuzaga
keladigan muammolarga xususiy mulkni ayblashi ham qayg'uli, ham kinoyali holatdir.
Yakuniy savollar: Nima uchun bozorlar qiymatlarni davlatga nisbatan
boshqacha oshkor etadi? Ushbu farq bozor ayirboshlashiga va samarali faoliyatga
qanday ta'sir qiladi?
Element 2.1 ga qaytish
Duayt Li muallifligi ostidagi «Xususiy mulk va muqobil qiymatlar» sahifasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
Qayta nashr qilish yoki tarqatish bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.
379
Element 2.2 ga qaytish
|