376
dollarga sotib olishingiz mumkin bo'lgan narsaning qiymatiga teng yoki yuqori deb
baholsangizgina, uni haydashni davom etasiz. Ehtimol, Rolls-Roysni sotib yuborasiz;
haydashga va foydalanishga qulay boshqa bir mashinani 20 ming dollarga sotib olib,
qolgan 230 ming dollarni esa saqlashingiz yoki boshqa narsalarga sarflashingiz
mumkin.
Bu albatta hayoliy bir misoldir, chunki siz Rolls-Roysni yutib olishingiz
ehtimoldan xoli. Biroq bu haqiqiy va muhim mohiyatni tasvirlaydi — xususiy mulk
odamlarni o'z qarorlarining muqobil qiymatini (boy berilgan imkoniyatning qiymatini)
e'tiborga olishga undaydi. Xususiy mulk tufayli ushbu e'tibor bozor faoliyatining
muhim hususiyatiridir va u resurslar va mahsulotlarni eng yuqori qadrlaganlar tomon
yo'naltiruvchi bozor hamkorligini izohlaydi.