Elektr ustara
Tabiiy ofatdan jabrlanganlar bir-birlari bilan ham muloqot qilishlari zarur
bo'ladi. Bozor narxlari yagona amaliy uslub hisoblanadi. Falokat hududidagi har bir
inson yetkazib berilgan mahsulotlarni qadrlaydi, lekin odamlar bu mahsulotlarni eng
samarali foydalanadiganlarga berilishini xohlaydi. Narx nazorati jabrlanganilar
o'rtasidagi muloqotni tsenzura qilish orqali buning amalga oshishiga yo'l qo'ymaydi.
1989-yilda Xugo dovuli yopirilganda Janubiy Karolinaning Charlstonida
istiqomat qiladigan do'stim ushbu tsenzura zararini o'z ko'zi bilan ko'rgan.
O'rtog'imning mahallasida bir necha kun elektr energiyasi bo'lmaydi va shu sababli ko'p
odamlar gaz bilan ishlaydigan elektr generatorini olish tashvishiga tushadi. Afsuski,
mahalliy xo'jalik mollari do'konida atigi ikkita generator bo'lgan va narx nazorati
sababli, ko'proq olib kela olmagan. Boshqalarga qimmatga tushgan, lekin do'stimning
oilasiga foydasi tekkan narx nazoratining yana boshqa muammosi bor edi. Mahalliy
387
xo'jalik mollari do'koni egasi uning otasi bilan yaxshi do'st bo'lganligi tufayli, u gaz
bilan ishlaydigan generatorlardan birini nazorat qilingan narxda sotib oladi. Do'kon
egasi generatorni yuqori narxda qonuniy ravishda sota olmasdi, shuning uchun uni
do'stiga sotishga qaror qiladi. Do'stimning otasi soqolini yana elektr ustarada ola
olishidan xursand edi. Afususki, shahardagi oziq-ovqat do'konlari minglab dollarlik
mahsulotlarning buzilishini oldini olish uchun elektr energiyasiga nihoyatda muhtoj
edi. Agar narx nazorati bo'lmaganda edi, ushbu do'konlardan biri generator uchun
kattaroq narx taklif qilishi va shu orqali u do'stimning otasidan ko'ra unga ko'proq
muhtojligini (iste'molchilar nomidan) samarali tarzda xabar berishi mumkin edi. Bitta
odam soqol olish uchun sovun ko'pigini surtishdek noqulaylikni boshidan kechirishiga
to'g'ri kelishi mumkin edi, lekin uning yuzlab mahalladoshlari aynimagan oziq-ovqatga
bo'lgan talablari undan ham muhimroq ekanligiga generatorning yuqori narxi orqali
uni ko'ndira olgan bo'lar edilar. Albatta, narx nazoratisiz barcha do'konlar va
do'stimning otasi (agar hali ham generatorga muhtoj bo'lsa) elektr generatorlarini
darhol sotib olgan bo'lar edilar, chunki ular falokat hududidan tashqaridagi mahsulot
yetkazib beruvchilar bilan muloqotga kirisha olgan bo'lar edilar.
Tabiiy ofatlar narx nazoratidan yetkazilgan zararga yaqqol misol bo'ladi.
Afsuski, davlat qat'iy narxlar o'rnatishi tufayli ijtimoiy hamkorlikka va boylikka putur
yetkazishini oqlashi uchun tabiiy ofatlarga muhtoj emas. Davlat bir qator tovar va
xizmatlarning narxi ustidan nazorat o'rnatishi uzoq tarixga ega. Bunday nazorat
tsenzuraning zararli turi ekanligi keng tan olinmaguncha, ular ushbu siyosatni davom
ettiraveradilar.
Mulohaza uchun savol: agar narxning yuqori darajasini belgilash tovarlar,
xizmatlar va resurslarning falokat hududi tomon erkin harakatlanishiga xalaqit bersa,
davlat tabiiy ofatlar vaqtida narxning yuqori darajasini belgilashi kerakmi?
Element 2.3 ga qaytish
Duayt Li muallifligi ostidagi «Yordamga iltijolarni tsenzura qilish» sahifasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
388
Qayta nashr qilish yoki tarqatish bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.
389
Element 2.7 ga qaytish
|