• Singan deraza
  • Muallif: Frederik Bastia
  • Yaqqol va yashirin natijalar




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Yaqqol va yashirin natijalar
    Quyidagi maqola Frederik Bastianing «Yaqqol va yashirin natijalar»
    (1)
    maqolasining
    qisqartirilgan versiyasi. Bastia iqtisodchi hamda XIX asr o'rtalarida Frantsiya parlamenti
    a'zosi bo'lgan. Qizig'i shundaki, u ko'targan muammolar 150 yildan keyin ham o'z dolzarbligini
    yo'qotmagan.
    Iqtisodiy sohada faoliyat, odat, institut va qonun bir emas, balki bir qator
    natijalarni keltirib chiqaradi. Natijalarning faqat birinchisigina bevosita bo'lib, u sabab
    bilan bir vaqtda paydo bo'ladi; u yaqqoldir. Boshqa natijalar keyinroq yuzaga chiqadi;
    ular yashirin, ya'ni ko'rinmaydi; agar ularni oldindan ko'ra bilsak, omadimiz kelgan
    bo'ladi.
    Yaxshi va yomon iqtisodchi o'rtasida faqat bitta farq bor: yomon iqtisodchi
    yaqqol natijalar bilan cheklanadi; yaxshi iqtisodchi yaqqol hamda oldindan ko'ra olish
    zarur bo'lgan yashirin natijalarni ham hisobga oladi.
    Bu farq esa juda katta, chunki ko'p hollarda bevosita natija ijobiy bo'lib, keyingi
    natijalar falokatli yakunlanadi va aksincha. Bundan kelib chiqadiki, yomon iqtisodchi
    keyinchalik katta halokat bilan tugaydigan, lekin hozirda kichik bo'lgan manfaatning
    ketidan quvadi. Yaxshi iqtisodchi esa, hozirda kichik salbiy oqibatlar hisobiga kelajakda
    buyuk manfaatni ko'zlab ish tutadi.
    Singan deraza
    Siz gapga kirmas o'g'li deraza oynasini sindirib qo'yganda xushfe'l fuqaro Jeyms
    Gudfellou qanchalik g'azabga kelganini hech ko'rganmisiz? Agar bunga duch kelgan
    bo'lsangiz, unda tomoshabinlar, ularning soni o'ttizta bo'lgan taqdirda ham, xuddi
    oldindan kelishib olgandek bechora do'konchini quyidagi so'zlar bilan yupatganiga
    Muallif: Frederik Bastia


    363
    guvoh bo'lgandirsiz: «Falokatning sharofati bor. Bunday tasodiflar ishlab chiqarishni
    qo'llab-quvvatlaydi. Hamma tirikchilik qilishi kerak. Agar hech kim deraza sindirmasa,
    oyna soluvchilarning ahvoli nima kechadi?»
    Bunday hamdardlik butun bir nazariyani o'z ichiga oladi. Mazkur nazariyani
    ushbu oddiy misol orqali tushuntirish qulay, chunki u iqtisodiy institutlarning, afsuski,
    asosiy qismini tartibga solib turuvchi nazariya bilan aynan bir xil.
    Faraz qilaylik, derazani tuzatish olti frankka tushadi. Agar shu tasodif tufayli
    ushbu sanoat olti frank miqdorida moliyaviy taqdirlanadi desangiz, gapingizga
    qo'shilaman. Bunga hech qanday e'tirozim yo'q; mulohazangiz to'g'ri. Oynachi kelib,
    vazifasini bajaradi va olti frankini oladi. O'zini qutlab, ko'nglida beparvo bola haqqiga
    duo qiladi. Bu vaziyatning yaqqol tomoni.
    Biroq, agar siz ham deraza oynasini sindirish bu yaxshi, chunki u pulning
    aylanishiga va sanoatning rivojlanishiga ko'maklashadi degan tez-tez uchrab turadigan
    fikrga qo'shilsangiz, unda men: «Bu hech bo'lmagan gap! Sizning nazariyangiz
    vaziyatning faqat yaqqol tomoni bilan cheklangan», deb qichqirishga majbur bo'lar
    edim.
    U vaziyatning yashirin, ko'zga ko'rinmagan tomonini hisobga olmaydi.
    Fuqaromiz olti frankni bir narsaga sarflagandan keyin u bu mablag'ni boshqa
    maqsadlarga sarflay olmasligi ko'zga tashlanmaydi. Agar u deraza oynasini
    almashtirmaganda, balki yangi poyabzal olishi yoki kutubxonasiga yana bitta kitob
    qo'shishi mumkinligi bizga ko'rinmaydi. Qisqasi, u olti frankni boshqa maqsadga
    ishlatishi mumkin edi, lekin endi buning iloji yo'q.
    Keling, endi butun sanoat miqyosida ko'rib chiqaylik. Deraza sinishi natijasida
    oyna ishlab chiqarish sanoati olti frank miqdorida moliyaviy qo'llab-quvvatlanadi; bu
    vaziyatning yaqqol tomoni.
    Agar deraza sinmaganda edi, poyabzal (yoki boshqa) sanoati olti frank miqdorida
    moliyaviy qo'llab-quvvatlangan bo'lar edi; bu esa yashirin tomoni.
    Agar biz yashirin tomonini salbiy omil sifatida, yaqqol tomonini esa ijobiy omil
    sifatida e'tiborga olsak, unda derazalarning sinishi yoki sinmasligining sanoatga yoki
    mamlakatdagi bandlik darajasiga foydasi yo'qligini tushunushimiz mumkin.


    364
    Jeyms Gudfellouga qaytaylik.
    Birinchi holatda, ya'ni deraza singanda u uni ta'mirlashga olti frank sarflaydi,
    lekin natijada baribir bir dona derazadan zavq oladi.
    Ikkinchi holatda, ya'ni tasodif sodir bo'lmaganda, u olti frankni yangi poyabzal
    sotib olishga sarflashi, shunda u ham yangi poyabzaldan, ham butun derazadan zavq
    olishi mumkin edi.
    Agar Jeyms Gudfellou jamiyatning bir qismi bo'lsa, unda jamiyat, mehnat va
    zavqlanishlarni hisobga olganda, singan deraza qiymatini yo'qotadi degan xulosaga
    kelishimiz mumkin.
    Buni umumlashtirsak, quyidagi kutilmagan xulosaga kelamiz: «Jamiyat behuda
    vayron qilingan buyumlarning qiymatini yo'qotadi», «sindirish, vayron qilish, behuda
    sarflash mamlakatda bandlikka ko'maklashadi degani emas» yoki, agar qisqacha aytsak,
    «vayron qilish foyda keltirmaydi».
    O'quvchi men taqdim etgan hikoyada ikki emas, balki uch kish ishtirok
    etganligiga e'tibor berishi lozim. Birinchisi bu Jeyms Gudfellou bo'lib, u tasodif
    oqibatida ikkita buyum o'rniga bitta buyumdan zavqlanish bilan cheklanib qolgan
    iste'molchini ifodalaydi. Ikkinchisi bu oynachi bo'lib, u tasodif tufayli moliyaviy qo'llab-
    quvvatlangan sanoat ishlab chiqaruvchisini ifodalaydi. Uchunchisi bu poyabzal
    yasovchi (yoki boshqa biror mahsulot ishlab chiqaruvchi) bo'lib, u hodisa natijasida
    zarar ko'rgan sanoatni ifodalaydi. Aynan mana shu uchunchi odam doimo soyada qoladi
    va aynan u yashirin tomonni ifoda etib, muammoning asosiy negizini tashkil etadi.
    Aynan u foydani vayron qilishni ko'rish qanchalik bema'ni ekanligini tushunishimizga
    yordam beradi.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish