|
Davlat sektorida ish o'rinlarini yaratishBog'liq Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalariDavlat sektorida ish o'rinlarini yaratish
Odamlar odatda ish o'rinlarini vosita emas balki pirovard maqsad deb qabul
qilishlari sababli ularni davlat dasturlari yangi ish o'rinlari yaratishiga ishontirib,
dasturlarni qo'llab-quvvatlashga da'vat qilish oson. Odamlar shu asosda harbiy bazalar
va magistral yo'llar qurishni hamda korxonalar ekologiya me'yorlariga rioya qilishini
qo'llab-quvvatlashlarini biz avval ham eshitganmiz. Xarajatlarni asoslash uchun davlat
tashkilotlari odatda foyda va xarajatlarni tahlil qiladilar. Ushbu tahlilda yaratilgan ish
o'rinlari foydali faoliyat hisoblanadi. Bu xuddi avtomobil xarid qilishga yetarli mablag'
ishlab topish uchun ishlangan soatlar miqdorini avtomobildan keladigan foyda deb
qarashga o'xshaydi. Davlat loyihalari orqali yaratilgan ish o'rinlari loyihaning xarajati,
ya'ni uning muqobil qiymatini aks ettiradi. Davlat faoliyatida band ishchilar boshqa ish
bilan shug'ullanib, qiymat yaratishlari mumkin edi. Masala davlat loyihasi ish o'rinlari
yaratishida emas, balki ushbu ishchilar boshqa joylarga nisbatan ko'proq boylik yarata
olish yoki olmasliklarida. Davlat loyihalari tarafdorlari bu savolga javob berishdan
qochadilar. Agar shunday bo'lmaganda edi, kam unumli davlat ishlarining soni
kamayib, xususiy sektordagi yuqori unumdorlikka ega ishlar soni ko'paygan bo'lar edi.
Yakuniy savol: agar yuqori turmush standartiga erishmoqchi bo'lsak, ish
o'rinlarini yaratish muhimroqmi yoki boylik yaratish? Farqi nimada?
Element 1.9 ga qaytish
361
Duayt Li qalamiga mansub «Ish o'rinlari yoki boylik yaratish» sahifasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Qayta
nashr qilish yoki tarqatish bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.
362
Element 1.12 ga qaytish
|
| |