428
saylanadilar (hattoki prezident partiyasi boshqa saylovlarda uncha yaxshi natijalarga
erishmasa ham).
Prezident vakolatlarini cheklash va mahalliy boshqarishni detsentralizatsiya
qilish bo'yicha yuqorida keltirilgan asoslar Ukraina saylov tizimini isloh qilishga bog'liq
emas. Shunga qaramasdan, ba'zilar Oliy Radada proportsional vakillik orqali
ajratiladigan o'rinlar sonini 50 foizdan 100 foizgacha oshirish maqsadida saylov
tizimini isloh qilishni ilgari surdilar. Agar yagona ovozli saylov uchastkalari bekor
qilinsa, hududlar bo'yicha partiya nomzodlaridan qaysi biriga ovoz berish uchun
saylovchilarga imkoniyat yaratuvchi ochiq partiya ro'yxatlarini tuzish muhim bo'ladi.
Agar parlamentda 20 va undan ko'proq vakillarga ega yirik saylov uchastkalarida
proportsional vakillik tizimi joriy qilinsa, unda Oliy Radada hukumat ko'pchiligini
shakllantira oluvchi har qanday partiyalar koalitsiyasi har bir saylov uchastkasidan
hech bo'lmasa birorta nomzodni qo'shishga harakar qilardi. Ya'ni, saylov tizimidagi
islohotlar Ukraina hududiy tarqoqligini kamaytirishga ham yordam berishi mumkin.
Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazish masalasi faqat Ukraina fuqarolari
tomonidan demokratik yo'l bilan hal qilinishi kerak. Amaldagi saylangan mamlakat
rahbarlari vakolatlarini cheklashga qaratilgan har qanday o'zgarishlarga qarshi
chiqishlari tabiiy. Shu sababli jamiyatning jiddiy talablarisiz konstitutsiyaviy islohotlar
kamdan-kam muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy islohotlarga bo'lgan
bunday qarshiliklarning mavjudligi har doim ham salbiy holat emas, chunki hukumat
barqarorligi muhimdir. Shuning uchun konstitutsiyalar faqat jiddiy ehtiyoj bo'lganda
o'zgartirilishi kerak. Ushbu maqolaning maqsadi Ukraina xalqiga konstitutsiyaviy
islohotlar bilan bog'liq masalalarga jiddiy e'tibor berish vaqti kelganligini ko'rsatishdan
iborat.