• Ukrainadagi muntazam siyosiy inqirozlar
  • 2016-yil 13-aprel
  • Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar
    o'tkazish zarurati
    Mualliflar: Rojer Mayerson, iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori (2007);
    Jerard Roland, Berklidagi Kaliforniya universitetining Morris Koks iqtisodiyot fanlari
    professori; Timofiy Milovanov, «VoxUkraine» hammuassisi, Kiev iqtisodiyot maktabi
    faxriy prezidenti
    Ukrainadagi muntazam siyosiy inqirozlar
    2016-yil 10-aprelda Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk iste'foga
    chiqishini e'lon qildi va kelajakda prezidentlikka o'z nomzodini qo'yish niyati
    borligiga ishora qildi. Yatsenyuk o'zining o'rniga Ukraina prezidenti Petro
    Poroshenkoga sodiq hisoblangan parlament spikeri Volodimir Groysman nomzodini
    qo'llab-quvvatladi.
    Muntazam siyosiy inqirozlar, umri qisqa davlat hokimiyati va keng tarqalgan
    korruptsiya Ukrainada oddiy holat. Asosiy hokimiyat prezident qo'lida bo'lgan
    holatlardan tashqari, prezident va bosh vazir o'rtasida bo'lib turadigan siyosiy
    kurashlar ham oddiy holatdir. Biroq, kuchli prezidentlar mansabni suiiste'mol qilishga
    moyil bo'lib, ularni faqat ko'cha namoyishlari orqali cheklash mumkin. Namoyishlar
    gohida «Maydonlarga» yetib kelib, ba'zida hokimiyatning qulashiga olib kelishi
    mumkin. Oxirgi Maydondan keyin siyosiy kurashlardan, islohotlarni amalga
    oshirishdagi va korruptsiyani bartaraf etishdagi sustliklardan ko'ngli qolgan Ukraina
    jamiyatida hozir Ukraina uchun qaysi demokratik tizim eng ma'qulligi to'g'risida faol
    muhokama ketyapti. Muntazam siyosiy inqirozlar va ildiz otgan korruptsiyadan
    2016-yil 13-aprel


    422
    qutilish uchun Ukraina konstitutsiyasini tubdan o'zgarish zaruratiga asosli sabablar
    bor.
    Konstitutsiyadagi kamchiliklar
    Ukrainada aralash parlament-prezident tizimi amal qilib, unda bosh vazir va
    prezident ijroiya hokimiyatining turli jabhalarini boshqaradilar. Prezidentni bevosita
    xalq saylaydi, bosh vazir esa parlament tomonidan tayinlanadi. Prezident mahalliy
    hokimiyat rahbarlari va markaziy hukumatning ayrim qismlari ustidan nazorat qilish
    vakolatiga ega. Bosh vazir esa markaziy hukumatning katta qismini nazorat qiladi.
    Mahalliy hokimiyatning prezidentga, vazirlarning esa parlamentga bo'ysunishidan
    iborat aralash tizim Ukrainaga xos.
    Vakolatlarning bunday aralashmasi siyosiy kurashlar va o'zaro ayblovlarning
    paydo bo'lishiga zamin yaratadi. Ayniqsa prezidentning mahalliy hokimiyat
    rahbarlarini tayinlash vakolati muammoli hisoblanadi. Prezident tomonidan
    tayinlangan bu mulozimlarda saylovchilar talabini bajarishga rag'bat bo'lmay, uning
    o'rnida ular prezident istagini ijro etadilar. Ayni paytda, vazirliklar bosh vazir nazorati
    ostida. Prezident bilan bosh vazir hokimiyat uchun kurashgan bir paytda, markaziy va
    mahalliy hokimiyat bir-birining faoliyatiga putur yetkazuvchi turli darajadagi
    amaldorlar fitnasi ichida qolib ketgan.
    Keyingi muhim muammo shuki, Ukraina davlat tizimidagi korruptsiyaga qarshi
    kurashishga o'zini bag'ishlagan milliy liderga muhtoj. Ukraina konstitutsiyasiga
    binoan, prezidentda parlament tasdig'i bilan Bosh prokuror va Xavfsizlik xizmati
    rahbarini tayinlash vakolati bor. Biroq, prezident korruptsiyaga qarshi kurashishga
    sodiq bo'lishi uchun undan hukumat xodimlarini ishga tayinlash vakolatini olish kerak.
    Har qanday rahbar uchun o'zi tayinlagan amaldorlar ustidan korruptsiyaga qarshi
    tekshiruvlarni olib borish siyosiy jihatdan qiyindir.
    Ijroiya hokimiyati amaldorlarini tayinlash vakolati to'laligicha Oliy Rada
    saylagan Bosh vazirga va mahalliy kengashlar saylagan mahalliy liderlarga o'tsagina,
    Ukraina xalqi prezident korruptsiyaga qarshi tergovlarni boshqarishiga ishonisi


    423
    mumkin. Bu ichki siyosiy kurashlar ehtimolini pasaytirib, prezident va bosh vazirning
    ijroiya hokimiyatidagi muvaffaqiyatsizliklar uchun bir-birini ayblash imkoniyatini
    yo'qqa chiqarish orqali davlat hokimiyatining javobgarlik darajasini oshiradi.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish