• Yakuniy xulosalar
  • Mantiqiy Iqtisodiyot




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    4-Bob. Yakuniy xulosalar
    Dono moliyaviy boshqaruv murakkab tuyulishi mumkin, lekin yuqorida kelturilgan
    qoidalar sizni to'g'ri yo'lga boshlashi kerak. Aslida bu unchalik murakkab emas. O'ylab
    jamg'aring va sarf qiling. O'ylab ish qiling. Lekin ishni qiling – doimo zarurroq tuyulgan
    masalalar yoki ish, oila va o'yin-kulgu bo'lib turgan joyda moliya to'g'risida o'ylashga
    e'tibor bermaslik oson. Sherigingiz bo'lsa, u bilan vaziyatingizni tahlil qilish uchun
    doim vaqt ajrating. Eng muhimi, Charlz Dikkens «Devid Kopperfild» romanidagi janob
    Maykaberning maslahatini yodda tuting: «Yillik daromad yigirma funt, yillik xarajat
    o'n to'qqiz funt va oltmish pens bo'lsa, natijasi baxt-saodat. Yillik daromad yigirma funt,
    yillik xarajat yigirma funt va oltmish pens bo'lsa, natijasi baxtsizlik.»


    306
    Yakuniy xulosalar
    Iqtisodchi va muallim bo'lishidan tashqari, mualliflarning barchasi ota-ona, amma-xola
    va amaki-tog'alar hamdir. Talabalarimizga va ushbu kitobning o'quvchilariga bilimni
    meros qoldirish bilan bir qatorda, biz kelajak avlod hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishni
    istaymiz. Siz ham fikrimizga qo'shilishingizga aminmiz.
    Biz bu maqsadga turli yo'llar orqali erishishimiz mumkin. Inson o'z salohiyatiga
    erishishi uchun davlat tomonidan kerakli muhit yaratilishini ta'minlash borasida biz
    mahalliy, milliy va global miqyosda harakat qilishimiz mumkin. Shaxsan esa, biz
    farzandlarimizga namuna bo'lib, ular oqilona qarorlar qabul qilishiga yo'l ko'rsatish
    orqali muvaffaqiyatga intilish odatini singdirishga harakat qilishimiz mumkin.
    «Mantiqiy Iqtisodiyot»ning ushbu qismida ko'rganimizdek, moliyaviy erkinlik
    odatda zaruriy narsalarga ega bo'lish va oddiy ehtiyojlarni qondirish kabi xavotirlarni
    yo'qqa chiqarish orqali umumiy farovonlikni yaxshilaydi. Tirishqoqlik bilan mehnat
    qilish, oldiga maqsadlar qo'yib ularga erishish va hozirgi qarorlarning kelajakdagi
    oqibatlarini inobatga olib, bir zumdalik qoniqish nafsidan qochish odatlarini
    shakllantirgan odamlar boshqalarga qaraganda hayotning har bir jabhasida
    muvaffaqiyatliroq bo'ladilar.
    Yoshlarga mas'uliyatni o'rgatishning muhim yo'llaridan biri bu ularga pul ishlab
    topilishini tushuntirishdir; u osmondan tushmaydi. Bolalarni istagan narsalariga
    erishishlari uchun ularga pul ishlashga imkon beradigan topshiriqlarni berish orqali
    hattoki kichikligidan rag'batlantirish mumkin. Ushbu topshiriqlar muayyan ta'lim
    maqsadlariga erishadigan rag'batlardan yoki kuchukni ko'chaga olib chiqish yoki
    kartoshka po'stini archish kabi uy yumushlaridan iborat bo'lishi mumkin. Pul nafaqat
    siz istaydigan narsaning ko'prog'iga erishish vositasi, balki u boshqalarga ular
    istaygidan narsalarning ko'prog'iga erishishlari uchun siz qo'shgan hissangizning
    o'lchovi hamdir. Kop'roq pul ishlashning eng yaxshi yo'li bu boshqalarga xizmat qilish
    va ularning farovonligini oshirish yo'llarini topishdir. Bola qanday kasb tanlamasin,
    ushbu tadbirkorlik sabog'i uning mansabga ko'tarilishi davrida juda asqotadi.
    Hatto bola uchun xarajat qilayotgan paytda ham unga barcha xarajatlar bilan


    307
    bog'liq qiymat va murosali tanlov g'oyalarini tushuntirish mumkin. Bolalarimiz butun
    hayotlari davomida cheklangan daromadlarini qanday sarflashlari to'g'risida qarorlar
    qabul qilishlariga to'g'ri keladi. Agar ular bir buyumga ko'proq sarflasalar, boshqasiga
    kamroq sarflashlari lozim bo'ladi. Barchamiz murosali tanlov qilishimizga to'g'ri keladi.
    Biz bolalarimizga yoshligidan ushbu haqiqatni tushuntirib, ularga oqilona qarorlar
    qabul qilishni o'rgatadigan hayotiy tajribalardan dars berishimiz keark. Ko'p ota-onalar
    (hattoki evaziga hech narsa talab qilmay cho'ntak puli beradiganlari ham) bolalarini pul
    yig'ib, uning bir qismini xayriya qilishga rag'batlantiradilar. Bunday ota-onalar
    ko'pincha bolalari bilan mablag'larni qayerga ajratish va nima uchun boshqalarning
    farovonligi to'g'risida qayg'urish o'z va jamiyat farovonligiga ko'maklashishi to'g'risida
    suhbatlashadilar.
    Umuman olganda, muvaffaqiyatli hayot maqsadlar qo'yish, ularga erishish
    uchun mehnat qilish, faoliyatingiz boshqalarga qanday qilib manfaat keltirishini bilish,
    ma'lum bir maqsad uchun pul jamg'arish va uni oqilona sarflashdan iborat. Bular
    muvaffaqiyatning asosiy tarkibiy qismlaridir. Iqtisodiyot fani yanada qoniqarli hayot
    kechirishga yo'l ko'rsatadi.
    Sayohatimiz yakuniga yetyapti. Ushbu kitobda bizning maqsadimiz sizni yanada
    muvaffaqiyatli hayot kechirishingiz uchun kerakli ma'lumotlar va vositalar bilan
    ta'minlashdan iborat edi. Umid qilamizki, sizni yangicha fikrlashga undadik va siz
    olgan bilimlaringizdan o'z hayotingizni va atrofingizdagi odamlarning hayotini
    yaxshilashda foydalanasiz.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish