|
Mantiqiy IqtisodiyotBog'liq Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalariRiskni kamaytiring
Uy xaridi hayotimizdagi eng muhim qarorlardan biridir. Uy sotib olish ko'pchilik uchun
uchun eng katta investitsiya hisoblanadi. Yaxshiroq joydan uy sotib olish va uni yaxshi
holatda saqlash oqilona investitsiya bo'lishi mumkin. Biroq, Qo'shma Shtatlarida sodir
bo'lgan 2008–2009-yillardagi uy-joy bozori inqirozidan
(?)
ma'lumki, bunday
investitsiyalar potensial riskdan xoli emas. Quyida keltirilgan omillar eng katta
muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Birinchidan, uy egaligi yoki ijarada yashashni taqqoslang. Ko'pchilik ijaradan
ko'ra uy sotib olishni afzal ko'radi, chunki uy invesitsiya deb qaraladi. Ular ijara
beruvchiga ijara to'lagandan ko'ra, ushbu mablag' ipoteka krediti to'lovlariga
sarflangani ma'qul deb hisoblaydilar, chunki krediti bo'yicha qarzning kamayishi va uy-
joy qiymatining ko'tarilishi bilan uy egasining sof aktivlarining qiymati oshadi. Ammo
ipoteka kreditining birinchi yillarida oylik to'lovlar asosan foizni to'lashga
yo'naltirilganligi tufayli sizning sof aktivlaringiz qiymati uncha ko'paymaydi. Masalan,
uyingizni birinchi uch yil ichida sotsangiz, sizning sof aktivlaringiz qiymati deyarli
o'zgarmagan bo'ladi. Siz ijara beruvchiga ijara to'lash o'rniga bankka foiz to'ladingiz,
xolos.
Ikkinchidan, ko'chmas mulk sotib olish yoki sotish katta xarajat talab qiladi.
Shuning uchun, agar unda kamida uch yil yashamasangiz, uy sotib olish yaxshi fikr
emas. Nega deganda, siz rieltorlik komissiyasini
(?)
va qo'shimcha qiymat solig'i (QQS)
(?)
to'laysiz. QQS stavkasi turli mamlakatlarda har xil (Avstriyada 3 foiz, Xorvatiyada 3
foiz, Italiyada 7 foizgacha)
(124)
. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish xarajatlari odatda bir
necha ming dollarni tashkil qiladi. Agar uyni sotib olgandan keyin bir necha yil ichida
sotsangiz, tranzaksion xarajatlar mulkning qoldiq qiymatidan kattaroq bo'lishi
|
| |