Investitsiyalaringiz muddatini




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Investitsiyalaringiz muddatini
ehtiyojingiz vaqtiga qarab moslang
Uzoq muddatli investitsiyalar, masalan pensiya uchun jamg'arishda, aksiyalar indeks
fondi yaxshi investitsiya instrumenti hisoblanadi. Garchi uzoq muddat davomida
aksiyalar obligatsiyalarga nisbatan ancha yuqori daromadlilik darajasiga ega bo'lsada,
qisqa muddat davomida obligatsiyalarning qiymati barqarorroq bo'ladi. Investitsiya
rejasidan mablag' olish ehtiyoji yaqinlashganda, mablag'larni barqarorroq investitsiya
turlariga yo'naltirish mantiqan to'g'ri. Besh yillik rejani olsak, qaytarish muddati besh
yil bo'lgan obligatsiyalarni sotib olish nisbatan xavfsiz investitsiyadir. Muddati
kelganda siz dastlabki investitsiya miqdorini foizi bilan qaytarib olasiz. Muddati sizga
mablag' zarur bo'lishi mumkin bo'lgan muddatga (masalan, uyning boshlang'ich to'lovni
to'lash kerak bo'lganda yoki pensiyaga chiqqanda) yaqinroq bo'lgan obligatsiyalarni
olishni maslahat beramiz. Agar muddatlar noaniq bo'lsa, turli muddatli obligatsiyalarga
investitsiya qilishingiz mumkin.
Obligatsiyalarning riskiga kredit riski (asosiy qarz summasining qaytarilishi
bilan bog'liq risk), kutilmagan inflyatsiya va davlatning fiskal siyosati natijasidagi
foizlarning o'zgarishi kiradi. Davlat obligatsiyalari va yuqori sifatli korporativ
obligatsiyalarga investitsiya qilganingizda, obligatsiyalarga egalik qilishning eng katta
riski inflyatsiya bo'ladi. Inflyatsiya asosiy qarz summasining va u bo'yicha o'rnatilgan
foiz to'lovlarining qiymatini kamaytiradi. Ammo bu riskni kamaytirish yoki bartaraf
etish uchun Qo'shma Shtatlarining inflyatsiyadan himoyalangan g'aznachilik
qimmatbaho qog'ozlari (inglizchada TIPS — Treasury Inflation Protected
Securities
(?)
) yoki Frantsiyaning inflyatsiya darajasiga indekslanadigan qat'iy foizli
davlat obligatsiyasiyalari (frantsuzchada OATi — Obligations Assimilables du Trésor)

Download 9,85 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish