S&P 500 indeksi — real jami yillik rentabellik




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

S&P 500 indeksi — real jami yillik rentabellik,
1871–2015 yillar (foizda)
Manba: Linqun Liu, Andrew J. Rettenmaier, and Zijun Wang, “Social Security and Market Risk,” National
Center for Policy Analysis Working Paper Number 244 (2001-yil iyul). Rentabellik darajasi shaxs investitsiya
muddati davomida har yili ma'lum summani investitsiya qilishini taxmin qilib, hisoblab chiqilgan. Ma'lumotlar
2015-yilgacha yangilangan.


284
Biroq, investitsiya muddati uzayishi bilan maksimal va minimal daromadlilik
darajalari bir-biriga yaqinlashadi. Agar 35 yillik muddatlarni qarasak, 1871–2014-yillar
oralig'idagi eng yaxshi 35 yillik muddat yiliga jami 9,5 foiz daromadlilik darajasiga, eng
muvaffaqiyatsiz 35 yillik muddat esa yiliga 2,7 foiz daromadlilik darajasiga erishgan.
Demak, eng muvaffaqiyatsiz muddatda aksiyalarning real yillik daromadlilik darajasi
obligatsiyalarnikiga deyarli teng bo'lgan. Uzoq muddat ichida aksiyalarning yuqori va
barqaror rentabelligi sababli, ular pensiya uchun jamg'arishning qulay instrumenti
hisoblanadi.
Daromarlardagi o'zgarishlar vaqt o'tishi bilan tushayotganligini erkin
mamlakatlar bozorining deyarli barchasida kuzatish mumkin. (Bu mamlakatning
iqtisodiy siyosati demokratik bo'lmagan hamda fuqarolarning farovonligiga katta
e'tibor bermaydigan hokimiyat tomonidan boshqarilgan holarlatda tegishli bo'lmasligi
mumkin).
Ushbu elementning eng asosiy xulosasi quyidagicha: vaqt va tajribaning
yetishmasligi aksiyalarga investitsiya qilishingizga to'siq bo'lmasin. Muvaffaqiyatli
investor bo'lishingiz uchun aksiyalar bo'yicha mutaxassis bo'lishingiz yoki chuqur
izlanishingiz shart emas. Indeksli pay investitsiya fondidagi hissangizni muntazam
ko'paytirsangiz, uzoq muddatli investitsiyangiz minimal risk bilan yaxshi daromad olib
keladi. Ko'pchilik uchun bunday investitsiyalar oqilona pensiya rejasining muhim qismi
bo'ladi. Har bir obro'li investitsiya firmalari bir necha indeksli pay investitsiya
fondlarini taklif qiladi. Bu fondlarning nomi firmadan firmaga farq qilishi mumkin. Shu
sababli ehtiyojingizga to'g'ri keladigan fondlardan birini tanlaganingizda uning tavsifi
bilan tanishib chiqishni unutmang.


285

Download 9,85 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



S&P 500 indeksi — real jami yillik rentabellik

Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish