O'z qiyosiy ustunligingizni aniqlang
Qiyosiy ustunlik printsipidan ko'pincha xalqaro savdoning turli mamlakatlar aholisi
yuqori turmush standartlariga erishishi uchun imkoniyat yaratishini tushuntirishda
foydalaniladi. 1-bob 4-elementda namoyish etilganidek, qiyosiy ustunlik qonuniga
muvofiq ixtisoslashuv savdo hamkorlariga ishlab chiqarish hajmini oshirishga va
yuqori daromadlar darajasiga erishishga imkon beradi. Qiyosiy ustunlik printsipi
odamlar kasb va biznes imkoniyatlarini ko'rib chiqishida ham ahamiyatga ega.
ELEMENT 4.1
238
Xuddi mamlakatlar kabi, odamlar ham ixtisoslashganda, ya'ni harakatlarini
qiyosiy ustunlikka ega faoliyatga qaratganda, yuqoriroq daromad darajalariga
erishishlari mumkin. Ko'nikmalaringiz va muqobil qiymat o'rtasidagi bog'liqlik
to'g'risida bir o'ylab ko'ring. Bitta keskin holatni ko'rib chiqaylik. Barcha ishlab
chiqarish faoliyatlarida sizga teng keladigani yo'q, deb faraz qiling. Shunday ekan, siz
har bir faoliyat uchun vaqt ajratishga harakat qilishingiz kerakmi? Yoki yana boshqa
keskin holatni olaylik. Aytaylik, kimdir barcha faoliyat turlari bo'yicha boshqalardan
yomonroq. Bu shaxs hech narsada raqobat qila olmasligi sababli ixtisoslashuvdan
manfaat ko'ra olmaydimi? Ikkala savolga ham javob salbiy.
Qanchalik qobiliyatli bo'lishingizdan qat'i nazar, agar muqobil qiymatni hisobga
olsak, ba'zi faoliyat bo'yicha unumdorligingiz boshqalarnikidan kattaroq bo'ladi. Xuddi
shunday, ishlab chiqarish qobiliyatingiz qanchalik past bo'lishidan qat'i nazar, siz ayrim
mahsulotlarni boshqalardan arzonroq ishlab chiqara olasiz. Siz ayrim sohalarda
muvaffaqiyatli raqobatlashib, qiyosiy ustunlikka ega faoliyatlarga ixtisoslashuvdan
foyda olishingiz mumkin.
Qiyosiy ustunligingiz sizning mutlaq qobiliyatingizga emas, balki nisbiy
qobiliyatingizga bog'liq. Masalan, Facebook asoschisi Mark Tsukerberg nafaqat kuchli
va muvaffaqiyatli novator va qobiliyatli tadbirkor, balki u kuchli kompyuter dasturchisi
bo'lishga zarur xususiyatlarga ham ega. Garvard yotoqxonasida ommabop ijtimoiy
tarmoqni yaratishi uchun juda ko'p dasturlashtirish qobiliyat kerak bo'lgan. Tsukerberg
yuqori malakali dasturlashtirish qobiliyatiga ega bo'lgan, lekin shunga qaramay uning
qiyosiy ustunligi Facebookning innovatsion ijtimoiy tarmoq xususiytalarini
rivojlantirishida edi. Xuddi shu kabi, Facebookdagi faoliyat yuritadigan kompyuter
dasturchilarining qobiliyatlari Tsukerbergnikidan pastroq bo'lishi mumkin, lekin
ularning qiyosiy ustunligi boshqaruv (yoki investorlar bilan ishlash) emas, baribir
dasturlash bilan bog'liq.
Agar odamlar boshqalarga qadrli bo'lgan faoliyatda juda qobiliyatli bo'lsalar, ular
muvaffaqiyatliroq bo'ladilar. Bu Tsukerberg kabi odamlar aql bovar qilmaydigan
darajada daromad topish sabablarini izohlaydi. 2007-yilda, atigi 23 yoshida, u
dunyoning eng yosh milliarderiga aylandi
(92)
.
239
Ba'zilar ular bilan savdo qilgan ancha katta daromad oladigan odamlarda
ustunlik bordek tuyulish mumkin. Biroq, savdo ikkala tomon uchun ham manfaatli
ekanligini yodda tuting. Umuman olganda, siz bilan savdoga kirishgan odamlar (birov
uchun ishlashda ham savdo kerak) qanchalik muvaffaqiyatli va boy bo'lsa, siz bundan
shunchalik manfaatdor bo'lasiz, chunki xizmatingiz ular uchun muvaffaqiyatsizroq va
puli kamroq odamlarga nisbatan qadrliroqdir. Masalan, agar ushbu kitobning
mualliflari ko'ngil ochar sanoatining agentlari bo'lganda edi, ular boshqa
musiqachilardan ko'ra Byork, Rolling Stounz yoki U2 uchun ishlashni ma'qul ko'rgan
bo'lar edi, chunki shunda ular ko'proq daromad olishi deyarli shubhasiz.
Qilishingiz mumkin bo'lgan eng yomon narsa bu muvaffaqiyatga o'z
harakatlaringiz va tashabbusingiz bilan erisha olmaganingizning sababi o'zingizni
jabrlanuvchi hizoblashingiz yoki boshqalar bunga sizni ishontirishidir. Ba'zilar o'z
faoliyatini boshqalarga nisbatan kamroq ustunlik bilan boshlaydi, biroq ular ham agar
harakat qilib, tafakkur bilan ish tutsa, katta muvaffaqiytaga erishishi mumkin. Siz
kasbiy rivojlanishni o'z qo'lingizga olib, qobiliyatingizni rivojlantirishning eng ma'qul
yo'lini rejalashtirishingiz va maqsadlarga erishish uchun bozor hamkorligidan
foydalanishingiz zarur. Sizning shaxsiy muvaffaqiyatingiz to'g'risida sizdan ko'proq
hech kim qayg'urmaydi. Hech kim ham sizning qiziqishlaringiz, qobiliyatingiz va
maqsadlaringiz to'g'risida yaxshi bilmaydi.
Biz odatda xarajatlarni iloji borija past darajada ushlab turish kerak deb
hisoblaymiz. Xarajatlar tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyatning eng yuqori
muqobil qiymatini anglatishini esda tuting. Demak, mavjud muqobillar qancha jozibali
bo'lsa, tanlovingizning muqobil qiymati shinchalik baland bo'ladi. Talabalik davrida
qo'shimcha pul ishlash uchun siz «Starbucks»da ishlaganingiz ma'qulmi yoki
universitet diplomini tezroq olish uchun qo'shimcha kurs olganingiz ma'qulroqmi?
Ikkalasi ham yaxshi tanlov. Bundan tashqari, malakangiz oshishi bilan sizning
imkoniyatlaringiz yanada yaxshilanadi, lekin tanlovlarni tanlashning muqobil qiymati
ham oshadi.
Aksincha, agar mavjud tanlovlaringiz soni kam bo'lsa, muqobil qiymat ham
kamroq bo'ladi. Masalan, kitob o'qishning muqobil qiymatini pasaytirishning samarali
240
yo'li qamoqxonada o'tirib chiqishdir, chunki u yerda to'rtta devorga qarab o'tirishdan
boshqa yagona imkoniyat kitob o'qishdan iborat. Bu albatta yomon taklif. U bir narsani
bajarishning (siz uchun juda ahamiyatli faoliyat) imkoniyat bahosini kamaytirish
uchun boshqa ko'plab foydali imkoniyatlardan voz kechishni talab etadi. Siz uchun
imkoniyatlarning kamligi emas, balki ko'pligi yaxshiroq.
Hayotda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lish uchun yoshlarga yaxshi ta'lim
olishlari tavsiya etiladi. Yaxshi ta'lim sizning unumdorlik darajangizni va ish
beruvchilarning sizga to'lashi mumkin bo'lgan ish haqi miqdorini oshiradi. Bu sizning
daromadingizni ko'paytiradi, biroq shu bilan birga, bu keyinroq uchraydigan yaxshiroq
imkoniyatlarga loyiq bolish umidida sizga uchragan boshqa yaxshi ish takliflaridan voz
kechishingiz kerakligini ham anglatadi.
Oqilona kasb tanlash faqat qo'lingizdan eng yaxshi keladigan narsalarni
topishdan iborat emas. Qiziqishlaringiz, ya'ni sizga eng mamnuyiat ulushadigan
unumli faoliyatlar nimalardan iboratligini ham kashf etishingiz nihoyatda muhimdir.
Agar o'z ishingizdan mamnun bo'lsangiz va uning muhimligiga ishonsangiz, unda uni
ko'proq va yaxshiroq bajarishdan quvonch topasiz. Demak, faoliyat bilan bog'liq
qobiliyat va qiziqish qo'lma-qo'l yuradi. Bundan tashqari, haqiqiy boylik shaxsiy
mamnuniyatlik darajasi bilan o'lchanadi. Masalan, ushbu kitobning mualliflari
(iqtisodchilar) iqtisodiy muammolarga javob topishdan hamda professional darajada
dunyoning turli chekkalaridagi iqtisoyotlarni o'rganib chiqib, bilgan narsalarini
boshqalarga batafsil tushuntirib berishga harakat qilishdan zavq oladilar. Hatto gohida
ish vaqti uzoqqa cho'zilib ketganda ham, sarflangan soatlarning asosiy qismi biz uchun
yoqimli. Bizning mashg'ulotimiz hammaga ham to'g'ri kelavermaydi. Biroq, biz uchun,
qiziqishlarimiz tufayli faoliyatimizdan keladigan quvonch ishning ayrim ko'ngilsizlik
tomonlarini keragidan ortig'i bilan qoplaydi.
|