Xarajat va jamg'armangizni
rejalashtiring
Pul — bu bir vosita xolos. U sizni istagan joyga eltadi, lekin haydovchi sifatida
u sizning o'rningizni bosa olmaydi.
— Ayn Rand, Atlas Shrugged (New York: Random House, 1957): 411.
Bugungi kundagi moliyaviy noaniqliklarning ko'pi noto'g'ri tanlovlarning natijasidir.
Daromadidan ko'proq xarajat qilish, qarzni qaytarishni hisobga olmasdan qarzga
botish, byudjetni rejalashtirmaslik va boshqa zararli nooqilona odatlar xarobalikka va
stressga olib keladi. Byudjetni rejalashtirish sog'lom moliyaviy hayot kechirish, boylik
orttirish va shaxsiy maqsadlarga erishish uchun muhim rol o'ynaydi. Xuddi
mamlakatlar kabi, odamlar ham jamg'arish va investitsiya orqali boylik yaratadilar.
Biroq, boylikni yaratish muvaffaqiyatli strategik rejalashtirishga ham bog'liq. Boylik
yaratish uchun xarajatlarni, jamg'armani va investitsiyani boshqarishga qaratilgan reja
bo'lishi lozim. Shaxs va uy-xo'jaligi uchun bu reja byudjetdan
(?)
iborat.
Daromadingizdan unumli foydalanish uchun byudjet mablag'larni oqilona sarflashga,
doimiy ravishda jamg'arib borishga va investitsiyalarni diversifikatsiya qilishga yordam
beradi.
Oqilona byudjetni rejalashtirish bir martalik hodisa emas, balki uzluksiz davom
etadigan jarayondir. U ikki maxsus tadbirni o'z ichiga oladi. Birinchi navbatda siz
ma'lum vaqt davomida rejalashtirilgan yoki kutilayotgan daromadlar va sarf-xarajatlar
ELEMENT 4.3
Mablag'ingizni oqilona sarflash va muntazam ravishda jamg'arish uchun byudjetingizni
rejalashtiring.
249
ko'rsatilgan boshlang'ich byudjetni tuzasiz. Ko'plar oylik byudjetni rejalashtiradilar,
ammo yillik byudjet ham uchrab turadi. Faqat oziq-ovqat, avtomobil to'lovi, ijara haqi
va ipoteka krediti kabi ko'zga tashlanadigan xarajatlarni emas, balki barcha sarf-
xarajatlarni diqqat bilan hisobga olish muhimdir. Tug'ilgan kun uchun sovg'a, uy
hayvoni yillik litsenziya to'lovlari (Gollandiyaning Heyg shahrida 112,80€ turadi, urush
jinoyatchisi bo'lmaslikka yana bir yaxshi sabab), jurnalga obuna, mashina moyini
almayshtirishni ham esdan chiqarmang. Oylik yoki yillik daromadingizni hisoblang;
so'ng, sarf-xarajatlarni tiyinigacha aniqlang. Biz jamg'arma va investitsiya shunchaki
byudjet qoldig'i emas (agar qoldiq qolgan bo'lsa), balki byudjetning alohida
rejalashtirilgan bandlari bo'lishini tavsiya qilamiz.
Ikkinchi tadbir qilingan xarajatlarini qayd etish va kerakli byudjet
o'zgartirishlarini kiritishdan iborat. Barcha xarajatlarni kuzatib borish va ularni
byudjet kategoriyalari bo'yicha taqsimlash odatlaringiz va moliyaviy maqsadlaringiz
tomon qilgan yutuqlaringiz to'g'risida muhim ma'lumot beradi. Xarajatlarni kuzatib
borish kelajakda yaxshiroq, aniqroq byudjet tuzishingizda ham yordam beradi.
Masalan, agar boshlang'ich byudjetingizga qilingan bitta yoki ikkita xarajatlar bandini
qo'shishni unutgan bo'lsangiz, keyingi safar yangi byudjet tuzishda ularni shubhasiz
unutmaysiz. Faraz qilaylik, siz restoranda ovqatlanish uchun oyiga 50 yevro
rejalashtirib, biroq haqiqatda 80 yevro sarflaysiz. Bu farqni hisobga olish uchun
rejalashtirilgan xarajatlaringizni o'zgartirish kerakligini bilasiz. Qilingan xarajatlarni
hujjatlashtirib borish tahlil mexanizmi bo'lib, kelajakdagi byudjetingiz va
xarajatlaringizga tegishli o'zgartirishlar kiritishingizga yordam beradi.
Daromadingizni rejalashtirib, hatti-harakatlaringizni nazorat qilish xarajatlarni
baholashga va ularni samarali xarajatlar toifalariga yo'naltirishga sizga yordam beradi.
Quyidagi to'rtta oddiy qadam sizni moliyaviy barqarorlikka eltadi: kechiktirmasdan,
darhol boshlang, maqsadlaringizni aniqlab oling, instrumentlardan foydalaning va
maqsadga erishish uchun byudjet tuzing.
1-qadam. Muvaffaqiyat ehtimolini oshirish uchun hozirdan boshlang! Byudjet
faqat ishlaydigan yoki yuqori daromadli aholi uchungina zarur deb o'zingizni aldamang
yoki bu ishni keyinga qoldirmang. Cho'ntak xarajatlari uchun pul oluvchi bolalar, ota-
250
onalaridan moliyaviy yordam oluvchi talabalar va bevosita o'z daromadlariga ega
bo'lmagan aholi ham byudjetlarini rejalashtirishlari hamda maqsadlarini belgilab
olishlari lozim. Yosh o'tishi bilan yoki daromadingiz ko'payishi bilan byudjetni
rejalashtirish jarayoni osonlashmaydi. Haqiqatda, u murakkablashadi. Keyinga
qoldirish oson. Byudjetlarini rejalashtiradigan, mablag'larini tejaydigan va kelajak
uchun jamg'aradigan shaxslar bularni ancha oldin, hali daromadlari uncha ko'p
bo'lmagan vaqtda boshlaydilar
(101)
. Byudjet tuzadigan tekin ilovalar (Internetda
yaxshilari ko'p) qo'l kelishi mumkin.
2-qadam. Maqsadlarni belgilab oling. Rag'batlar ahamiyatga ega. Buning shaxsiy
hayotingizdagi ahamiyatini tushunib, maqsadlar faoliyatingizni boshqarishiga yo'l
bering. O'z oldingizga qisqa, o'rta va uzoq muddatli moliyaviy maqsadlar qo'ying hamda
ularni o'z byudjetingizga tatbiq eting. Qisqa muddatli maqsadlarga bir yil ichida
erishish mumkin va ular darhol qoniqish hissini olib keladi. Shart-sharoitingizga qarab,
bular qarz foiz stavkasi eng yuqori kredit kartasi bo'yicha qarzni uzish, kutilmagan
xarajatlarni qoplash uchun jamg'armani sezilarli darajada oshirish, yangi telefon yoki
boshqa texnologik asbob uchun pul ajratish kabilardan iborat bo'lishi mumkin. O'rta
muddatli maqsadlarga bir yildan to uch yilgacha bo'lgan uzoqroq vaqt davomida
erishish mumkin. Haydalgan mashina sotib olish, kvartira yoki boshqa uy-joy uchun 20
foiz boshlang'ich to'lovni to'lash, yaxshi diversifikatsiya qilingan portfelni
shakllantirish uchun katta jamg'arma hisob raqamini yuritish kabilar uzoqroq vaqt
talab qiladigan maqsadlarga misol bo'ladi. Va nihoyat, farzandlaringizning
universitetdagi ta'limi va pensiya uchun jamg'arish va investitsiya qilish, talabalik yoki
ipoteka krediti qarzlarni to'lash uzoq muddatli maqsadlarga misol bo'ladi.
Avval ta'kidlab o'tilganidek, jamg'arma va investitsiya byudjetingizning alohida
kategoriyasi bo'lishi kerak. Aniqki, oqilona jamg'arish va sarflashni qancha erta
boshlasangiz, shuncha ko'p boylik yaratasiz. Lekin erta boshlab qancha ko'p boylik
yarata olishingiz uncha aniq emas. Bugun jamg'arilgan yoki investitsiya qilingan hatto
eng kichik miqdor ham juda katta rol o'ynashi mumkin. Quyidagi uzoq muddatli rejani
ko'rib chiqaylik.
Yigirma ikki yoshga to'lganingizda kuniga 2 yevrodan ikki yil davomida
251
muntazam jamg'arishni boshlang. Ehtimol, bu kuniga kofega, suvga yoki yengil
tamaddiga sarflagan xarajatingizdan yoki kun oxirida chuntakda qoladigan qaytimdan
ancha kam. Keyin yigirma to'rt yoshdan to yigirma olti yoshgacha kuniga 3 yevrodan
jamg'arishni boshlang. Bu atigi bir yevroga ko'p, lekin daromadingiz ham bu vaqtga
kelib oshsa kerak. Yigirma olti yoshdan to o'ttiz yoshgacha kunlik jamg'armani 4
yevroga ko'paytiring. Bu kunlik miqdorni sarflamasdan uni daromad darajasi ijobiy
bo'lgan maxsus hisob raqamida yig'ib borsangiz, turmush tarzingiz uncha o'zgarmaydi.
O'ttiz yoshga yetganingizda siz 9 490 yevro HAMDA unga to'langan foizni jamg'arishga
ulgurasiz. Chakki emas. Kuniga kam miqdordan jamg'arilgan pul albatta ko'payadi.
Lekin ajablanarlisi quyidagida: oltmish yetti yoshga yetib pensiyaga
chiqqaningizda, ushbu to'qqiz yil davomida jamg'arilgan miqdor oqilona investitsiya
qilinsa, boyligingiz 150 000 yevrogacha oshadi. Buning ustiga, bu miqdor bugungi
narxlardagi xarid qobiliyatingizni aks ettiradi. Bu daromad oxirgi sakson yil ichida fond
birjasi ko'rsatkichlariga teng bo'lgandagi natijadir (bunday daromad darajasi va
murakkab foiz stavkasining kuchi to'g'risida keyingi qismlarda tanishasiz). Bundan
tashqari, jamg'arishni erta boshlasangiz, butun hayotingiz davomida muntazam
jamg'arma rejasi
(?)
bilan davom ettirishingizning ehtimoli katta. Eng zehnli
investorlar, jumladan Uorren Baffett va «Shark Tank» ko'rsatuvidagi NBAning Dallas
Maveriklari komandasining egasi Mark Kuban, qarz bo'lmaslik muhimligini qayd
etadilar. Erta jamg'arishni boshlash esa buning oldini olishga yordam beradi.
3-qadam. Byudjetni rejalashtirishda zarur instrumentlardan foydalaning.
G'ildirakni qaytadan kashf etmang, ya'ni byudjetni toza oq qog'ozdan tuzmang. Bugungi
kundagi mavjud veb-saytlar, elektron jadvallar va dasturiy ilovalar byudjetni tuzish
jarayonini avvalgidan osonlashtiradi. Turli resurslar tekinga yoki arzimagan narxda
mavjud. Barchasi barmog'ingiz uchida. Internetda «byudjetlashtirish instrumentlari»
deb qidirib ko'rsangiz, ko'plab yuqori sifatli va xavfsiz byudjetlashtirish variantlarni
topasiz. Xarajatlaringiz va daromadlaringizni aniq va puxta kiritib borishga qulay
bo'lgan, moliyaviy maqsadlaringizni ko'z oldingizda namoyish qiladigan, to'lovlar
to'g'risida eslatmalar berib turadigan, byudjetdan tashqari xarajat qilish ishtiyoqini
nazorat qilishga ko'maklashadigan va maqsadlaringizga erishish yo'llarini ko'rsatadigan
252
instrumentlardan birini tanlang. Tanlagan byudjetlashtirish instrumentidan
foydalanishni odat qiling. To'g'ri instrumentlar xarajatlar va daromadlarni kuzatib
borishni osonlashtirishi mumkin.
4-qadam. Faoliyat rejasini tuzib oling: qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun
haqiqiy va taklif qilingan moddalardan iborat shaxsiy byudjetingizni tuzing. Garchi biz
«zarur» narsalarni sotib olish to'g'risida har doim o'ylasakda, oziq-ovqat, toza suv,
boshpana va oddiy kiyim-kechakdan boshqa zarur narsalar uncha ko'p emas.
Maqsadlarga erishishning eng ma'qul yo'li «zaruriyatlarni» sanab chiqib, ularni
«istaklardan» ajratishdir. Istaklaringizni jilovlab, jamg'arma va investitsiya
miqdorlarini oshiring hamda byudjet rejasi doirasida qisqa, o'rta va uzoq muddatli
maqsadlarga erishish uchun reja tuzing. Bu sizga moliyangizni nazorat ostiga
olishingizga ko'maklashadi.
Arxitektor chizmasiz uy qurmaydi. Jarroh bemorning appenditsitini tibbiy
guruh a'zolari bilan muvofiqlashtirmasdan jarrohlik amaliyotini samarali amalga oshira
olmaydi. Sportchi muvaffaqiyatga erishish uchun Olimpiyadadan ancha oldin qat'iyat
bilan harakat qilmasa, uning Olimpiya o'yinlarida qatnashishi dargumon. Agar
hayotingizning barcha jabhalarida, jumladan moliyaviy hayotingizda ham,
muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz, batafsil faoliyat rejasini tuzish, unga rioya
qilish va zarurat bo'lganda uni yangilab turish nihoyatda muhim.
Byudjetning har bir moddasi boshqalari bilan nisbatda baholanishi lozim. Agar
yangi daromad manbai bo'lmasa, daromadingiz cheklanganligi sababli, bir sohadagi
xarajatlarning oshishi boshqasinikini kamaytiradi. 1-bobda ta'kidlab o'tilganidek, har
bir tanlovning muqobil qiymati mavjud. Xarajat qilganingizda buni esdan chiqarmang.
Byudjetingizdan kelib chiqib, kengroq fikrlashga harakat qiling. Asosiy oylik
ko'rsatkichlarni aniqlang — qancha daromad olishingizni, qancha soliq to'lashingizni,
qancha jamg'arishingiz va investitsiya qilishingizni, qancha xarajat qilishingizni va
qarzingiz miqdorini ko'rsating.
Kasbingizdan, daromadingizdan yoki hayotdagi o'rningizdan qat'i nazar, byudjet
jarayoni bilan bog'liq ikki faoliyat — byudjet rejasini tuzish hamda uni kuzatish va
farovonligingizni ta'minlash uchun xarajatlarga tegishli o'zgartirishlar kiritish — sizga
253
xarajatlarni muntazam ravishda tahlil qilish orqali qo'yilgan maqsadlarga
erishishingizga ko'maklashadi. Rejangizni aniq qilib, o'zingizga o'zingiz boshliq bo'ling.
Xarajatlarni tartibga solishga, qarzni nazorat qilishga, favqulodda holatlar uchun
mablag' ajratishga, turli moliyaviy maqsadlarga erishishga va investitsiya qilishga
qaratilgan byudjet tuzishga harakat qiling.
Keyingi safar «zarur» bo'lgan narsalar haqida o'ylaganingizda, ularning ko'pi
aslida sizga kerak emasligini tushuning. Bugungi xarajat ertangi farovonlikni
pasaytirishini yodda tuting. Lekin biz kelajakda badavlat bo'lish uchun hamma
narsadan o'zingizni mahrum qilib hayot kechiring deb aytmoqchi emasmiz. Bu
mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Biroq, xarajatlarni qisqartirib, jamg'arishni oshirishning ko'p
ijodiy yo'llari mavjud. Byudjet tuzish va jamg'arma rejasini tuzish sizga qoniqish olib
keladi, moliyaviy nazoratni va xavfsizlikni ta'minlashga hamda kelajakda farovonlikni
oshirishga ko'maklashadi.
Video:
Kunlik xarajatlardan pul tejash yo'llari
AQSHning yetakchi moliyaviy maslahathilaridan biri Deyv Remzi oqilona pul
odatini shakllantirishda shaxsiy qiziqishning ahamiyatini ta'kidlaydi. U quyidagini
qayd qiladi: «Shaxsiy moliya masalalari bo'yicha ish tajribam davomida shuni bildimki,
u hech qanday qiyin fan emas. Shaxsiy moliyaning 80 foizi xulq-atvordan iborat.
Qolgan 20 foizi esa bilimdan iborat»
(102)
. 4-bobni o'qib tugatganingizdan so'ng, siz
ushbu bilimga ega bo'lasiz. Siz iste'mol, jamg'arma, qarz va daromad bo'yicha
qarorlaringizni moliyaviy barqarorlik va baxtli hayotni ta'minlashga qaratilgan
printsiplarga muvofiqlashtirib, ularga rioya qilishga va ularni amalda tatbiq etishga
tayyormisiz?
Oqilona xarajatlar qilish, mas'uliyatsiz qarzning oldini olish, kutilmagan
xarajatlarni hisobga olish, investitsiyadan yaxshi daromad qilish va hayotdagi risklarni
kamaytirish bo'yicha batafsil ma'lumotlar 4–12 elementlarda keltirilgan.
|