Puldan unumli foydalanishning ikki




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Puldan unumli foydalanishning ikki
yo'li
Ko'pchiligimiz bugungi ne'matlardan voz kechmasdan, kelajakda badavlatroq bo'lishni
istaymiz. Ko'p odamlar, jumladan daromadi o'rtacha daromad darajasidan yuqori aholi,
ushbu maqsadga erishishda ikkita xatoga yo'l qo'yadi. Birinchisi, qurbi yetmasa ham
ba'zi narsalarni qarz olib xarid qiladilar. Ikkinchidan, eskisi xizmatga yaroqli va ancha
arzon bo'lsa ham, yangi narsa sotib olishga harakat qiladilar.
Video:
Pul haqida xavotirni qanday to’xtatish mumkin
Kredit kartalaridan
(?)
 mas'uliyatsizlik bilan foydalanish moliyaviy
muvaffaqiyatga katta to'siq bo'lishi mumkin. Garchi ko'p odamlar kredit kartalaridan
ehtiyotlik bilan foydalansalarda, ayrimlar kredit kartadagi foydalanilmagan balans
qoldig'iga xuddi bankdagi mablag' kabi qaraydilar. Bu o'ta xato va xavfli fikr. Kredit
kartadagi foydalanilmagan balans qoldig'i qo'shimcha qarz olish qobiliyati borligini
bildiradi, xolos. Agar joriy hisob raqamingizda
(?)
 mablag' bo'lsa, siz undan kredit
kartadagi qarz qoldig'ini har oy to'lab borish orqali foydalanishingiz mumkin. Agar
hisob raqamingizda yetarli mablag' bo'lmasa, unda xaridni amalga oshirmang.
Kredit kartalari va ularning elektron analoglari (jumladan, PayPal yoki Yandex
Money) foydalanishga qulay bo'lsada, shuningdek, ular qarz olishning ma unkor va
qimmat uslubidir. Kredit kartalari qarz olishni osonlashtirgani bois, ularda potensial
xavf bor. Agar kartalarida ishlatilmagan qoldiq bo'lsa, ba'zilar uni xarajat qilish
ELEMENT 4.5
Kredit kartalari bo'yicha qarzdan saqlaning va ishlatilgan buyumlar xarid qilishni
o'ylab ko'ring.


258
ishtiyoqlarini boshqara olmaydilar
(103)
. Agar sizda ham shunday muammo bo'lsa, uni
bartaraf etishga tezda kirishing! Qo'lingizga qaychi olib, barcha kredit kartalaringizni
kesib tashlang. Agar shunday qilmasangiz, ular moliyaviy omadsizlikka olib boradi.
Kredit kartalari bilan xarid qilganda xuddi o'z mablag'ingiz hisobiga ko'proq
sotib olgandek tuyuladi, lekin qarzni to'lash bo'yicha hisob doimo oyning oxirida keladi.
Lekin bu yerda yana boshqa ishtiyoq paydo bo'ladi: qarz qoldig'ining kichkina qismini
va ustama foizini to'lab, pulning qolgan kattaroq qismini esa yana boshqa narsalar xarid
qilishga sarflash uchun o'zida qoldirish imkoniyati. Agar shu variantni tanlab, qarz
qoldig'ini oshirib borsangiz, siz tezda katta muammoga duch kelasiz — to'lanmagan
qoldiqqa yuqori foiz qo'shib hisoblanadi.
Odamlar kredit karta qarzlariga odatda 15-18 foiz ustama to'laydilar. Bu
aholining katta qismi, hatto omadli investorlarning omonatlar va investitsiyalardan
oladigan foiz stavkalaridan ancha yuqori. Siz investitsiyalaringizdan yiliga 7 foiz
daromad olib, qanday badavlat bo'lishingiz mumkinligini keyingi elementlarda ko'rib
chiqamiz. Afsuski, to'lanmagan qarz bo'yicha yuqori foiz stavkalari qarama-qarshi
natijaga olib keladi. Kredit karta bo'yicha qarzga 15-18 foiz to'lovlar hatto yaxshi
daromad oladigan shaxsni ham moliyaviy xarob qilishi mumkin.
Frantsiyaning janubida bir necha kun dam olishga qaror qilgan yosh mutaxassis
Shonni misol tariqasida ko'rib chiqaylik. Safar Shonga 1 500 yevroga tushadi va u buni
kredit kartasi bilan to'laydi. Biroq, oyning oxirida qarzning to'liq miqdorini to'lash
o'rniga, Shon faqat minimal talab qilingan miqdorni to'laydi. U shunday qilishni qarz
to'languncha, ya'ni keyingi o'n yil davomida davom etadi. Kredit kartasining 18 foizlik
stavkani hisobga olsak, Shon safar uchun qancha to'lagan? U 120 oy mobaynida oyiga
26,63 yevrodan yoki jami 3 195,40 yevro to'lagan. Demak, Shonning kredit kartasi
tegishli kompaniyaga to'lagan miqdori aviachipta, mehmonxona, ovqatlanish va o'yin-
kulgi xarajatlaridan ko'proq bo'lgan.
Agar Shon kredit karta kompaniyasi to'lovlarini safardan keyin amalga oshirish
o'rniga safarni avvaldan rejalashtirib, unga oldindan mablag' jamg'arib borganda edi,
uning safari ancha arzonga tushgan bo'lar edi. Agar Shon 20 oy mobaynida murakkab
foiz stavkasi (murakkab foiz stavkasini 7-elementda ko'rib chiqamiz) 5 foiz bo'lgan


259
omonatga oyiga 75 yevrodan qo'yib borganda edi, u safar uchun kredit kartasi bilan
to'lagan 3 195,40 yevro (bunga foiz to'lovlari ham kiradi) o'rniga ayni safar uchun
1 560,89 yevro jamg'arib ulgurgan bo'lar edi. Boshqacha aytganda, kredit karta qarzini
oshirish o'rniga mablag'ni jamg'arib, safarni rejalashtirganda edi, Shon kredit bilan
bitta safarga to'lagan miqdorga ikki marta safar qilishi mumkin edi.
Ayrim hollarda, sizda allaqachon katta kredit karta qarzi bo'lishi mumkin. Bu
qarzni olmaganingiz yaxshiroq bo'lar edi, biroq u sizga juda yuqori daromad olish
imkonini ham beradi: kredit karta qarzini uzish uchun jamg'argan har bir chaqa sizga
18 foiz yoki siz to'laydigan stavkaga teng daromad olib keladi.
Bunga quyidagicha qarash mumkin: agar bir yevroni sarflagandan ko'ra uni 18
foiz daromad beradigan invetitsiyaga ajratsangiz, bir yildan so'ng siz boyligingizga 1,18
yevro qo'shgan bo'lasiz. Agar kredit karta qarzini uzish uchun bir yevro jamg'arsangiz,
bir yildan so'ng bu ham sizga 1,18 yevro sof foyda beradi. Sizning qarzingiz ancha
kamayadi, chunki, birinchidan, jamg'arilgan miqdor asosiy qarzni kamaytiradi,
ikkinchidan esa, aks holda to'lashingizga to'g'ri kelgan 18 sent foiz to'lovi hisobiga
kamayadi.
Kredit karta foiz stavkasi hatto 18 foizdan pastroq bo'lsa ham, u har qanday
jamg'armadan olishingiz mumkin bo'lgan foiz daromadidan ancha yuqori bo'ladi.
Albatta, agar siz juda omadli yoki ajoyib investor bo'lmasangiz. To'g'ri, jamg'armangiz
18 foiz daromad olib kelayotgandek his qilmasligingiz mumkin, chunki mablag' aslida
investitsiya hisob raqamingizga qo'shilmaydi. Biroq, bular bir xil natijaga olib keladi.
Kredit kartasidan qarzi bo'lgan har kim moliyaviy muvaffaqiyatga erishishni istasa,
jamg'arma hisobidan bo'lsa ham, avvalambor, qarzni uzishi lozim.
Video:
Qarzlarni to'lash strategiyalari
Agar kredit kartasi bo'yicha qarzni to'lashga sizda mablag' bo'lmasa, nima
qilishingiz mumkin? Unda bankdan kredit olib, — uning foiz stavkasi kredit


260
kartasining foiz stavkasidan pastroq bo'ladi — 3-elementda ko'rsatilgan byudjetni
rejalashtirish printsiplariga asosan, qarzni tez uzish rejasini tuzing. Shuningdek,
boshqa kredit karta bo'yicha yana qarz olmaslikka e'tibor bering.
Kredit karta qarzning oldini olish yoki uni darhol to'lab yuborishdan tashqari,
siz yangi buyumlar o'rniga deyarli teng xizmat ko'rsatadigan ishlatilgan buyumlarni
xarid qilish orqali mablag'ingizni tejashingiz mumkin. Yangi buyum sotib olishning
muammosi shundaki, u darhol o'z qiymatini yo'qotishni boshlaydi. Ya'ni, yangi
buyumlar sotib olish mumkin, lekin ularning yangiligi uzoqqa chuzilmaydi.
Buyum sotib olinganida u bozor qiymati nuqtai nazaridan darhol «eski»
buyumga aylanadi. Eski, yoki zamonaviy til bilan aytganda, ishlatilgan buyumlarni
sotib olish katta tejamga imkon beradi. Eski avtomobilga nisbatan yangisini xarid qilish
bilan bog'liq xarajatlarni qarab chiqaylik. Masalan, agar yangi Toyota Camry
avtomobilini 30 000 yevro atrofida (bu 2019-yilda Toyotalarning, ya'ni Kievdagi eng
mashhur avtomobilning o'rtacha narxi bo'lgan) sotib olib, bir yildan keyin uni
sotsangiz, siz 18 000 yevrocha, yoki siz to'lagan bahodan 12 000 yevro kam olasiz. Agar
siz avtomobilni yigirma ming kilometr haydagan bo'lsangiz, sizning qadrsizlanish yoki
amortizatsiya
(?)
xarajatingiz, ya'ni avtomobil qiymatining siz uchun tushish miqdori
har kilometriga 60 sentga teng.
Ammo yangi avtomobil o'rniga siz dilerdan bir yilllik eski mashina olishingiz
mumkin. Siz 20 000 yevrocha, yoki yangisining narxidan 10 000 yevro kam to'laysiz.
Buning ichiga oldingi egasi sotgani uchun 18 000 yevro va reklama, savdo komission
to'lovlari kabi «tranzaksion xarajatlar» uchun 2 000 yevro kiradi.
Avaylab haydalgan avtomobillar uzoq muddat xizmat qilishini hisobga olsak, siz
eski Toyota mashinasidan sakkiz yil bemalol foydalanishingiz mumkin. Undan keyin
uni 10 000 yevro atrofida sotib yuborishingiz mumkin. Agar siz yiliga 20 000 kilometr
masofa haydasangiz, sizning amortizatsiya xarajatingiz kilometriga 10 000
yevro/160 000 kilometr, yoki atigi 6 sentni tashkil qiladi. Bu har yili yangi mashina
haydaganga qaraganda kilometriga 54 sent arzonroq demakdir. Siz yiliga 20 000
kilometr masofa bosasiz deb faraz qilsak, ishlatilgan mashina haydaganda
amortizatsiyadan yiliga deyarli o'n bir ming yevro tejaysiz. Shubhasiz, mashina eskirishi


261
bilan uni tuzatish xarajatlari biroz ko'payishi mumkin, ammo yangi mashina hididan
voz kechganligingiz ortidan siz har yili katta miqdor tejagan bo'lasiz.
Ko'plab boshqa buyumlar eskirganda ham yangidek ishlaydi va odatda
yangisidan ancha arzon turadi. Kiyim-kechak, mebel, asbob-uskunalar, tuzatilgan
yangi telefon va o'yinchoqlar xayolga keladi. Shuning uchun ochiq bozorlarda yoki
ishlatilgan buyumlar do'konida bir oz vaqt ajratganingiz ma'qul. Bozorlik qilishning o'zi
ko'ngilni ochadi, buning ustiga u tekin! Vaqt qadrli ekanini hisobga olsak, ishlatilgan
buyumlarni topishning boshqa yo'llari ham mavjud. Onlayn ilovalar vaqtni va
tranzaksion xarajatlarni qisqartirishning muqobil variantlaridir. Siz barmog'ingiz
ostida a'lo holatdagi buyumlarni chakana savdo narxlaridan arzonroqqa topishingiz
mumkin. Albatta, ayrim holatlarda tovarning yangisini sotib olish barakaliroq bo'ladi.
Biz shunchaki iste'moldan qoniqqanlik darajasini uncha pasaytirmaydigan xaridlardan
tejalgan miqdorni hisobga olishingizni tavsiya qilyapmiz xolos. Mablag'laringizdan
unumliroq foydalanish yo'llarini izlang.
Dunyo yoshlari «yashil», minimalist yoki chiqindisiz hayot tarzi bilan post-
iste'molchi madaniyatining imkoniyatlarini o'rganmoqdalar. iFixit, RRUSE.org,
makeresourcescount.eu kabi resurslar va ko'plab boshqa Youtube kanallari foydlai
buyumlarni tashlab yubormasdan, ularni ta'mirlashga hamda imkoniyat doirasida qiziq
va baxtli hayot kechirishga chaqiradi. Agar Internetda «tejamkor yashil hayot»
iborasini qidirsangiz, siz ko'plab amaliy resurslarni va yordam berishga tayyor hamfikr
shaxslarni topishingiz mumkin. Dunyo shaharlari ham ulashish iqtisodiyotini targ'ib
qilishni boshladilar
(104)
.
Video:
Baham ko'rish iqtisodiyoti
Turli tejamkor strategiyalardan birini tanlash yoki ularga obuna bo'lish sizga
o'zingiz istagan boshqa buyumlarga ega bo'lish imkonini beradi. O'ylamasdan yangi
buyumlarni xarid qilishdan tashqari, sizda ko'plab boshqa variantlar ham mavjudligini


262
unutmaslik muhimdir.


263

Download 9,85 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish