Boshqalarga qadringizni oshiring




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Boshqalarga qadringizni oshiring
Bozor iqtisodiyotida moliyaviy muvaffaqiyat boshqalarga foydali xizmat ko'rsatish
qobiliyatini aks ettiradi. Bu ham ishchilar, hamda korxonalarga taalluqli. Agar ko'p
daromad topishni istasangiz, unda boshqalar qadrlaydigan xizmatlarni ko'rsatish
yo'llarini izlab topishingiz zarur.
Avval ta'kidlab o'tganimizdek, bilimni takomillashtirish, malaka hamda tajriba
orttirish odatda unumdorlikni va boshqalarga qadrli xizmat ko'rsatish imkoniyatini
oshiradi. Shu sababli, inson kapitaliga – ta'limga, mashg'ulotlarga va malaka
oshirishning boshqa usullariga – investitsiya qilish ham unumdorlikni, ham
daromadlarni oshirish mumkin. Biroq, boshqa shaxsiy xususiyatlar ham unumdorlikka
ta'sir ko'rsatadi. Ulardan eng muhim ikkitasi bu shaxsiy dunyoqarash va
tadbirkorlardek fikrlash. Unumdorlikning manbai sifatida bu ikki sifatning ahamiyati
psixologlarning «emotsional intellekt» (EQ) tushunchasi bilan bog'liq. Ko'p psixologlar
shaxsiy muvaffaqiyatni aniqlashda EQ IQ (intellektual omil) ga nisbatan muhimroq deb
ishonadilar
(93)
. Iqtisodchilar inson unumdorligi uchun bunday o'ta muhim manbalarga
ko'pincha e'tibor bermaganlar
(94)
.
Qanday qilib shaxsiy dunyoqarash unumdorlik va muvaffaqiyatga ta'sir
ko'rsatadi? Quyida oddiy xayoliy tajriba o'tkazamiz. Faraz qiling, ish beruvchi ikki
ishchini baholayapti. Ulardan biri quyidagi fazilatlarga ega: rostgo'ylik, ishonchlilik,
qat'iylik, haqiqiylik, boshqalarga hurmat, o'rganish va mukammallikka havas hamda
boshqalar bilan ishlash qobiliyati. Ikkinchisi esa quyidagi illatlarga ega: boshqalarga
hurmatsizlik, ishonchsizlik, janjalkashlik, bilim olishga nafrat, qo'pollik, muammolarda
boshqalarni ayblashlik, vijdonsizlik, spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga ruju
qo'yganlik. Agar ish beruvchi bo'lsangiz, qaysi birini ishga yollagan bo'lar edingiz?
ELEMENT 4.2
Unumdorlikni oshirish va xizmatingiz natijasi boshqalarga yanada qadrli bo'lishi uchun
qobiliyat va dunyoqarashni (shu jumladan, tadbirkorlikni) rivojlantiring.


242
Aniqki, ko'pchilik birinchi nomzodni ishga yollaydi, chunki uning hislatlari
muvaffaqiyatga yo'naltirilgan. Boshqa farqlari bo'lmasa, ijobiy hislatlarga ega ishchilar
unumdorroq bo'ladilar. Aksincha, ikkinchisining hislatlari muvaffaqiyatsizlikka
yo'naltirilgan. Ular unumdorlikni va ishchilarning boshqalar bilan ishlash
qobiliyatlarni kamaytiradi.
Agar muvaffaqiyatli bo'lishni istasangiz, birinchi toifadagi hislatlarni
rivojlantirishingiz va mustahkamlashingiz zarur. Ular odatga, ya'ni hayotingizning
asosiy mazmuniga aylanishi lozim. Shuningdek, ikkinchi toifadagi hislatlardan voz
kechishingiz lozim. Illatlaringizdan birortasi maqtanadigan hislat ekanligiga sizni hech
kim, jumladan do'stlaringiz ham ishontirishiga yo'l qo'ymang. Bu — muammoga
eltuvchi yo'l, undan uzoqroq yurganingiz ma'qul.
Biroq, siz uchun yaxshi yangilik bor: siz muvaffaqiyatsizlikka emas,
muvaffaqiyatga eltuvchi hislatlarni tanlashingiz mumkin. Bundan tashqari, buni
oilaviy sharoitingiz, daromadingiz, ta'lim darajangiz yoki tanlagan kasbingizdan qat'i
nazar amalga oshirishingiz mumkin. Sizning hislatlaringiz kelajakdagi moliyaviy
muvaffaqiyatingizga ulkan ta'sir ko'rsatadi. Ijobiy hislatlaringiz ta'lim darajasining
pastligi yoki nochor bolalik kabilarni yengishda yordam beradi.
Video:
Arvoh ovchilari iqtisodiyoti
Albatta, agar muvaffaqiyatsizlikka eltuvchi illatlarni tanlasangiz, siz
boshqalarni, jumladan, oilangizni, mahallangizni, o'qigan maktabingizni yoki butun
jamiyatni ayblashingiz mumkin. Bu omillar sizning tanlovingizga ta'sir ko'rsatsada,
ularni belgilamaydi. Sizning hislatlaringiz o'zingizning qo'lingizda. Agar muammoli
muhitda ulg'aygan bo'lsangiz, unda bu hislatlarga erishish va ularni saqlab turish
qiyinroq kechishi mumkin. Ammo salbiy muhitni yenga olgan shaxsni deyarli hamma
hurmat qiladi va unga tasanno aytadi. Muammoli o'tmish hatto muvaffaqiat uchun
turtki bo'lishi mumkin, agar ijobiy hislatlarni rivojlantirishni tanlasangiz.


243
Video:
Qashshoqlik va tadbirkorlik
Ayrimlaringiz, balkim: «Mening sifatlarim bu mening shaxsiy ishim bo'ladi.
Hech kim menga nima qilish yoki xulqimni o'zgartirish kerakligini ayta olmaydi», deb
o'ylashi mumkin. Faraz qilaylik, biz Misha deb nomlagan biznesmen ham xuddi
shunday deb o'ylaydi. Misha iste'molchilarning istaklarini e'tiborga olmay, o'zi ular
uchun foydali deb hisoblagan narsalarni ta'minlaydi. Misha bu tanlovni amalga oshirish
uchun erkinlikka ega. Biroq, agar u shunday yo'l tutsa, u kamroq savdo tufayli
yo'qotishlarga duch kelishi va biznesi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin.
Shuningdek, potensial ishchilar ham «o'zlari istagan narsani qilish» erkinligiga ega.
Ular hislatlari va hatti-harakatlari unumdorlik va ishga yaroqlilik darajasiga ta'sir
ko'rsatishiga e'tibor bermasliklari mumkin. Ammo, xuddi iste'molchilar xohish-
istaklarini e'tiborga olmagan biznes kabi, ular ham o'zlarning hislatlari va hatti-
harakatlari unumdorlik darajasiga ta'sirini e'tiborga olmasa, imkoniyatlari va
daromadlari kamayadi. Hech qaysimiz alohida, o'z-o'zimiz bilan hayot kechirmaymiz.
Agar boshqalar orqali daromad olishni istasak, biz ular bilan hamkorlik qilishimiz va
ularga qadrli bo'lgan xizmatni ko'rsatishimiz lozim.
Video:
Gaitining quyosh tadbirkorlari
Xulosa qilib aytganda, muvaffaqiyatga eltuvchi hislatlar moliyaviy
muvaffaqiyatning o'ta muhim omillaridir. Bu hislatlarni sotib olib bo'lmaydi.
Shuningdek, hech kim sizga ularni bera olmaydi. Siz ularni o'zingiz tanlab,
hayotingizga tatbiq etishingiz lozim. Bundan tashqari, agar shu yo'lni tanlasangiz, siz
albatta katta iqtisodiy muvaffaqiyatga erishasiz. Buning aksi ham to'g'ri: agar
hayotingiz salbiy sifatlarni o'zida aks ettirsa, kelajakdagi hayotingiz moliyaviy


244
muammolar va shaxsiy alam bilan o'tishi shubhasiz.
Tadbirkorlarcha fikrlash ham unumdorligingizni oshiradigan shaxsiy hislatdir.
Tadbirkorlik asosan biznes qarorlarini qabul qilish bilan bog'liq, lekin aslida hammamiz
tadbirkormiz. Biz doimo bilimimiz, qobiliyatimiz va bizning nazoratimizdagi boshqa
resurslarni rivojlantirish va ulardan foydalanish to'g'risida qarorlar qabul qilamiz.
Bizning moliyaviy muvaffaqiyatimiz ushbu tanlovlarning natijasiga bog'liq.
Agar moliyaviy nuqtai-nazardan muvaffaqiyatli bo'lishni istasangiz,
tadbirkorlarcha fikrlang. Boshqacha aytganda, o'z iste'dodingizni qanday rivojlantirish
va undan foydalanishga hamda mavjud resurslardan foydalanib, boshqalarga foydali
xizmatlar ko'rsatishga diqqatni qarating.
Video:
CreAction
Qiymati tannarxidan ancha yuqori bo'lgan tovar va xizmatlar bilan boshqalarni
ta'minlash moliyaviy muvaffaqiyatning kalitidir. Yerlarni rivojlantirish bo'yicha agent
Robert Jones bilan bog'liq taxminiy holatni ko'rib chiqaylik. Jones katta yer uchastkasi
sotib olib, ularni kichikroq bo'laklarga bo'lib, yo'l, kanalizatsiya, golf maydoni va park
kabi turli xil qulayliklarni barpo etadi. Agar yer uchastkalarini ularni sotib olgan
bahosi, barpo etilgan qulayliklar va mehnatiga ketgan xarajatlar, jumladan eng muqobil
variantning boy berilgan daromadidan yuqoriroq narxda sota olsa, Jones foyda ko'radi.
Agar uning faoliyatlari daromad keltirsa, ular resurslarning qiymatini oshiradi va uy-
joy qurish uchun boshqa joylarga nisbatan qulayroq uchastkalar berish orqali
boshqalarga yordam beradi. Jonesning moliyaviy muvaffaqiyati yoki
muvaffaqiyatsizligi uning resurslar qiymatini oshirish qobiliyatiga bog'liq.
Siz tadbirkorlarcha fikrlashni va boshqalarga ko'rsatgan xizmatingiz bahosini
qanday oshirish to'g'risida o'ylashni boshlashingiz bilan, muvaffaqiyatga erishish
uchun qobiliyatingiz borligini biling. Tadbirkorlik iste'dodi ko'pincha kutilmagan
joylarda o'zini namoyon etadi. Sobiq sovet respublikasi raqamli texnologiya bo'yicha


245
dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biriga aylanishi kimning hayoliga kelibdi
deysiz. Skype va TransferWise vataniga, faoliyati butunlay Internet orqali bo'lgan
mamlakatga, Internet asosiy inson huqularidan biri deb tan olingan Estoniyaga xush
kelibsiz
(95)
.
O'rta yoshli, sutli kokteyl mashinasini sotuvchisi Rey Krok franchayzing
biznesini tubdan o'zgartirib yuborishi va Kaliforniyaning San Bernardino shahridagi
yagona McDonalds restoranini dunyoning eng katta tez ovqatlanish shahobchasiga
aylantirishi kimning hayoliga kelibdi? Adi Dassler 1924-yilda onasining oshxonasida
boshlagan sport poyabzali 20 milliard dollar savdo hajmiga yetishi kimning hayoliga
kelibdi
(96)
? IKEA asoschisi Ingvar Kamprad Shvetsiyaning Älmhult shaharchasida
joylashgan birinchi kichkina ko'rgazma xonasini dunyodagi eng yirik mebel chakana
savdo tarmog'iga aylantirishini 1950-yillarda birov kutganmidi
(97)
?
Bular taniqli holatlar, lekin shunga o'xshash holatlar qayta va qayta uchraydi.
Muvaffaqiyatli biznes va yetakchi professionallar ko'pincha muvaffaqiyatiga uncha
aloqasi yo'q turli soha vakillaridir. Biroq, ularning barchasida bitta umumiylik bor. Ular
ish qilishning eng samarali yo'lini kashf etishga va resurslarning qiymatini oshirish
uchun boshqalar e'tiboridan chetda qolgan imkoniyatlardan strategik jihatdan
foydalana olishga usta.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar
(?)
 aholining badavlat qatlami orasida
nomutanosib ravishda keng tarqalgan. Garchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ishchi
kuchinining katta qismini tashkil qilsada, ular millionerlarning katta qismini tashkil
etadi. Masalan, 2015-yilda Niderlandiyada xususiy tadbirkorlar band aholining 17
foizini
(98)
, ishlovchi millionerlarning esa qariyb 80 foizini tashkil qilgan
(99)
. Xususiy
tadbirkorlarning moliyaviy muvaffaqiyatiga hissa qo'shadigan asosiy to'rt omil mavjud.
Birinchidan, ular boshqalar nazaridan chetda qolgan qulay imkoniyatlarni aniqlay
olishga va ulardan foydalanishga usta. Ikkinchidan, ular tavakkal qilishga tayyor.
Yuqoriroq daromad katta riskni talab qiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning yuqori
daromadlari tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq noaniqliklar uchun kompensatsiyadek,
xolos. Uchinchidan, ular investitsiya qilish bo'yicha yuqori ko'rsatkichga ega. Yakka
tartibdagi tadbirkorlar ko'pincha daromadlarining katta qismini bizneslarini


246
rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan faoliyatga yo'naltiradilar. To'rtinchidan, ular
odatda o'z mehnatlaridan mamnunligidan ko'p ishlaydilar.
Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda sobiq sovet mamlakatlarida kichik biznesga
egalik qilish darajasi mamlakatlararo va mamlakat ichida mintaqalararo juda farq
qiladi. Ehtimol, bu davlat siyosatini va shu bilan birga yakka tartibdagi tadbirkorlik
faoliyatini boshlashga ta'sir ko'rsatadigan madaniy munosabatlarni aks etadi
(100)
. Biroq,
tadbirkorlik hislati har qanday sharoitlarda ham foydali bo'lib qolaveradi.
Ishchilar ham yuqori daromadli aholi statusiga va yakka tartibdagi
tadbirkorlarga xos xususiyatlarni o'zlashtirishlari mumkin. Ular ham jamg'armalariga
aksiyalar sotib olishlari va shu orqali o'rtacha darajadan yuqori daromad olishlari
mumkin. Bunda ular xususiy tadbirkordek tavakkal qilishga to'g'ri kelishi mumkin.
Agar istasalar, ular investitsiya darajasini ko'paytirish yoki ko'proq ishlash orqali
ko'proq daromad olishlari va boyliklarini orttirishlari mumkin.
Ehtimol, eng muhimi ishchilar «tadbirkorlarcha fikrlash»dan manfaat topishlari
mumkin. Xuddi xususiy tadbirkorlarning daromadlari iste'molchilar talabini qondirish
qobiliyatiga bog'liqligi kabi, ishchilarning daromadlari ham ularning joriy va bo'lajak
ish beruvchilarga o'zlarini foydali qilib ko'rsata olish qobiliyatlariga bog'liq. Agar
ishchilar yuqori daromad olishni istasalar, ular boshqalar uchun qadrli bo'lgan
qobiliyatlarni, bilimlarni, sifatlarni va ish odatlarni rivojlantirishlari lozim.
Tadbirkorlarcha fikrlash ta'lim bo'yicha qarorlar qabul qilganda ham nihoyatda
muhimir. Agar xizmatingizning boshqalar uchun qadrini oshiradigan bilim va
qobiliyatingizni rivojlantirmasangiz, ta'limning o'zi daromadingizni uncha oshirmaydi.
Bular savodli yozishni, to'g'ri muloqot qilishni, asosiy matematik uslublardan foydalana
olishni va ma'lumot va axborotlarni yig'ib, ularni tahlil qila olishni, shuningdek,
boshqalardan ajratib turuvchi va unumdorlikni oshiruvchi maxsus qobiliyatlarga ega
bo'lishni o'z ichiga oladi. Boshqalarga qadrli ko'nikmalarni rivojlantirish o'rta va oliy
ta'lim muassasalarida va ulardan tashqarida muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda universitet diplomi ish beruvchilarning diqqatini jalb qilishga va
yuqori daromadli ish bilan ta'minlashga kafolat bermaydi. 2019-yilda Armaniston va
post-kommunist davlatlarida universitet ta'limi borlar orasidagi ishsizlik darajasi


247
25%ga yaqin edi. Bandlik va ta'lim bozorlari tez o'zgarmoqda. Ish topishning eng yaxshi
yo'li tadbirkorlarcha fikrlash hamda rasmiy ta'lim va ishga tayyorligingizni ko'rsatish
orqali xizmatingiz boshqalarga qadrli ekanligini namoyish etishdir. Bunda g'oyatda ko'p
onlayn-kurslar, certifikat dasturlari va ish amaliyotlari foydali bo'lishi mumkin.
Boshqalarga katta foyda olib kelishi uchun qobiliyatingizni rivojlantirish va
undan foydalanish moliyaviy muvaffaqiyatning kalitidir. Bu Artur Bruks «erishilgan
muvaffaqiyat» deb atagan tushunchada ham markaziy rol o'ynaydi. Bundan tashqari,
erishilgan muvaffaqiyat baxt va hayotdan qanoatlanishning markaziy qismini tashkil
etadi. Hech kim sizga erishilgan muvaffaqiyatni bera olmaydi; siz unga o'zingiz
erishingiz kerak. Agar ta'limingiz, ishingiz va tanlagan turmush tarzingiz hayot
maqsadingizni aks ettirsa, muvaffaqiyatga erishgan bo'lasiz. Butun xizmatimiz
davomida talabalardan hayotdan nimalarni istashlarini so'radik. Bir yoki boshqacha
shaklda, javob deyarli doimo bir xil: «Men dunyoni yashash uchun yaxshiroq joyga
aylantirishni xohlayman». Albatta, bu rejani amalga oshirish istaklari shaxsdan-
shaxsga farq qiladi. Biroq, ularning rejalaridan qat'i nazar, ijobiy hislatlar va
tadbirkorlik ruhi mazmunli, to'laqonli va baxtli hayot kechirishlariga ko'maklashadi.
Video:
Hayot paytida xayriya
Video:
Kambag'allarga qarz berish


248

Download 9,85 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish