Mablag'lardan oqilona foydalaning




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Mablag'lardan oqilona foydalaning
Dam olish turi, kiyim-kechak yoki iste'mol uchun qisqa muddatga yaroqli yoki
qiymatini tez yo'qotadigan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun qarz olsangiz nima
sodir bo'ladi? Ikki yilda ishdan chiqadigan eski avtomobil sotib olish uchun qirq sakkiz
oylik kredit olsangiz nima sodir bo'ladi? Bu ikkala savolning javobi bir xil: siz o'zizga va
boshqalarga qiymati yo'q yoki kam bo'lgan narsalar uchun tezda kredit to'lovlarini
to'lashni boshlaysiz. Ushbu to'lovlar sizni umidsizlikka, alamzadalikka va moliyaviy
barqarorsizlikka olib keladi.
Aktivni uning yaroqlilik muddatidan uzoqroq muddatga moliyalshtirish sizdan
kelajakda siz uchun qiymati yo'q narsaga to'lovni davom ettirishni talab qiladi. Natijada,
siz kelajakda o'z iste'molingizni qisqartirishingizga to'g'ri keladi. Bundan tashqari,
ushbu strategiya sizning qarzingizni oshiradi va siz kelajakda kambag'alroq bo'lasiz. Bu
— moliyaviy falokatga eltuvchi yo'l.
Biror shaxs yoki oilaning kreditga biror nima xarid qilishi hech mantiqqa to'g'ri
keladimi? Agar siz oladigan narsa uzoq yaroqlilik muddatiga ega bo'lsa va olingan qarz
shu tovar eskirib, qiymatini yo'qotganga qadar yopilsa, kamdan-kam hollarda savolga
ijobiy javob berish mumkin. Shunda siz olgan narsa haqini undan foydalangan
paytingizda to'laysiz.
Kamdan-kam xaridlar ushbu me'yorni qoniqtiradi. Xayolga uch yirik xarajatlar
toifasi keladi: uy-joy, avtomobil va ta'lim. Agar yaxshi saqlanib-asralsa, yangi yashash
joyi qirq yoki ellik yil yaroqli bo'lishi mumkin. Ushbu holatlarda, 30 yillik ipoteka
krediti (agar siz uchun mavjud bo'lsa) orqali uy olish mantiqqa to'g'ri keladi. Xuddi shu
kabi, agar avtomobil besh yoki olti yil haydashga yaroqli bo'lsa, uni qirq sakkiz oy yoki
undan kamroq muddatga moliyalashtirish muammo emas. Uzoq muddatli aktivlar
ularni xarid qilishga olingan kredit to'liq to'langandan so'ng ham qo'shimcha daromad

Download 9,85 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish