214
qo'yilgan ma'muriy hududlarga ko'chib o'tishiga imkon beradi. O'z navbatida,
saylovchilar migratsiyasi davlat organlarini tartibga soladi va ularni fuqarolar
manfaatini ko'zlab faoliyat yuritishiga yordam beradi.
Agar markazlashmagan hududiy davlat organlari o'rtasidagi raqobat fuqarolar
manfaatiga xizmat qilsa, bu tashabbuslar yuqori hokimiyatning siyosati orqali
bo'g'ilmasligi kerak. Agar markaziy hokimiyat (yoki Yevropa Ittifoqi) mahalliy davlat
organlarining xizmatlariga subsidiya ajratsa, xizmatlarni ularga yuklasa va tartibga
solsa, bu mahalliy davlat organlari o'rtasidagi raqobat jarayonini zaiflashtiradi.
Markaziy davlat hokimiyati cheklangan doiradagi vazifalarini amalga oshirib, quyi
darajadagi mahalliy hokimiyat faoliyatiga nisbatan betaraf qolishi maqsadga
muvofiqdir.
Davlat tashkilotlari xususiy korxonalar kabi raqobatdan himoyalanishni afzal
ko'radi. Davlat organlari monopoliyaga aylanishga harakat qiladi. Shu sababli davlat
boshqaruvida raqobat o'z-o'zidan yuzaga kelmaydi, uni siyosiy tuzilmaga birlashtirish
kerak.