Hattoki foydali transfertlar ham




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Hattoki foydali transfertlar ham
samarasiz bo'lishi mumkinligini esda
tutish
Iqtisodchi bo'lmaganlar uchun
transfertlar
(?)
 yordamga muhtojlarga
manzilli yordam berishning samarali
usulidek ko'rinadi. Ammo iqtisodiy
tahlillar shuni ko'rsatadiki, transfert
oluvchi aholi farovonligini kelajakda
oshishiga olib keluvchi transfert
tizimini amalga oshirish juda qiyin.
Iqtisodiyotda tez-tez sodir bo'lganidek,
kutilmagan ikkilamchi ta'sirlar bu fikr
nima uchun to'g'ri ekanligini
izohlaydi
(69)
.
Transfert to'lovlarining
samaradorligiga uchta muhim omil
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Garchi bu jarayonni ijtimoiy yordam kabi bevosita transfertlar
misolida ko'rish oson bo'lsada, alohida shaxslar yoki korporatsiyalarga beriladigan
qishloq xo'jalik subsidiyalar yoki grantlarda ham ayni ko'rinishdagi omillarni kuzatish
mumkin.
Birinchidan, davlat transfertlarining oshishi odatda soliq to'lovchi-donorning
ham, transfert oluvchining ham daromad olish va qiymat yaratishga bo'lgan rag'batini
ELEMENT 3.8
Transfert oluvchilarning sof foydasi transfert summasidan kam, ko'pincha esa ancha
kam bo'ladi.


192
pasaytiradi. Ko'plab transfert dasturlarida transfert miqdori bilan transfert oluvchining
daromad darajasi o'rtasidagi munosabat teskaridir. Transfert oluvchining daromadi
oshishi bilan transfert miqdori kamayadi. Ushbu holatda na soliq to'lovchilar, na
transfert oluvchilar transfert dasturi mavjud bo'lmagan holatdagi hajmlarda ishlab
chiqarib daromad oladilar. Kattaroq transfertlarni moliyalashtirish uchun soliqlarning
oshirilgani sari soliq to'lovchilarda ishlab chiqarish va daromad topishga zarur bo'lgan
rag'bat pasayadi, lekin daromadlarini saqlab qolish maqsadida mablag'larni soliq
boshpanalariga joylashtirishga esa rag'bat oshadi. Xuddi shunday, transfert
oluvchilarda daromad olishga rag'bat kamayadi, chunki qo'shimcha daromad ularning
sof daromadlarini uncha ko'paytirmaydi, ko'p hollarda esa juda oz miqdorga
ko'paytiradi. Natijada iqtisodiy o'sish sekinlashadi.
Deyarli barcha transfert siyosati unumdorlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatishini
ko'rish uchun, tasavvur qiling, o'qituvchi semestr boshida hech kim qoniqarsiz baho
olmasligi uchun imtihonda olingan ballarni qayta taqsimlash to'g'risida e'lon qiladi.
Keling, talabalarning bunga javoban xatti-harakatini ko'rib chiqaylik. Ushbu qoidaga
ko'ra, imtihonlarda 90 foiz yoki undan balandroq ball olgan a'lochi talabalar qoniqarsiz
baho olgan talabalarning o'rtacha bahosini ko'tarish uchun o'z ballaridan yetarlicha ball
berishi kerak bo'ladi. Baholar tengroq taqsimlanishi uchun, albatta, yaxshi baho olgan
talabalar ham o'z ballarining, garchi ko'p bo'lmasada, bir qismini berishlari kerak
bo'ladi.
Agar a'lo va yaxshi baho olgan talabalarning qo'shimcha ishtiyoqi boshqalarga
manfaat keltirish uchun «soliqqa tortilsa», hech bo'lmaganda ularning ba'zilari kamroq
dars qilishiga gumon bormi? Qoniqarsiz baho olgan talabalar ham kamroq dars qiladi,
chunki kamroq harakat qilinganlik uchun olinadigan jazo o'zlari mustaqil erishmagan
ballar transferti orqali yumshaydi. Xuddi shu mantiq o'qishni eplay olmagan va
qoniqarsiz baho olgan talabalarga ham taalluqli. Kutilganidek, darsdagi hamma
talabalar kamroq o'qiydi va umumiy o'zlashtirish darajasi susayadi.
Soliq va transfert sxemalarining ta'siri shunga o'xshash: ish samarasi pasayib,
daromad darajasi kamayadi. Daromad «osmondan yog'adigan manna» emas. Aksincha,
unga odamlar ishlab erishadilar. Odamlar boshqalar to'lashga rozi bo'lgan tovar va


193
xizmatlarni yaratish orqali daromad topadilar. Biz milliy daromadni
(?)
 bir iqtisodiy
pirog sifatida va uning kattaligini millionlab odamlarning ishlab chiqarish va savdo
faoliyati orqali erishgan bo'laklar belgilaydi deb faraz qilishimiz mumkin. Ular erishishi
mumkin bo'lgan bo'laklarni qayta taqsimlash iqtisodiy pirogni yaratishda muhim ish
g'ayrati va innovatsion faoliyatni pasaytirmay qolmaydi.
Ikkinchidan, transfertlar uchun raqobat transfert oluvchilarning uzoq muddatli
manfaatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Davlat daromad transfertlari va boshqa
siyosiy imtiyozlar olish uchun mezonlar o'rnatishi shart. Agar shunday qilinmasa,
transfertlar byudjetni birdaniga quritadi. Odatda davlat transfert oluvchidan biror
nimaga egalik qilishini, biror nima ish qilishini, yoki kimdir bo'lishini talab qiladi.
Masalan, ishsizlik naqafasini oluvchi ishsiz bo'lishi, kichik biznes uchun grant yoki
imtiyozli kredit olishga loyiq bo'lishi uchun esa korxonada ishchilar soni ma'lum
miqdordan oshmasligi kerak. Mezonlar o'rnatilgandan keyin odamlar «tekin» pul yoki
boshqa davlat imtiyozlariga loyiq topilishi uchun o'z xulq-atvorlarini o'zgartiradilar.
Natijada transfertlardan keladigan sof foyda ham kamayadi.
Quyidagi vaziyatni tasavvur qiling: deylik, Polsha hukumati har ish kuni soat
9:00 dan 17:00 gacha Moliya vazirligi kassalari oldida navbatda turgan har bir kishiga
300 zlotidan naqd pul berishga qaror qiladi. Uzun navbatlar paydo bo'ladi. Qancha vaqt?
Odamlar bo'sh vaqtlari va unumli ish faoliyatlaridan qancha vaqtni ajratishga tayyor?
Vaqti soatiga 30 zlotiga teng bo'lgan shaxs 300 zloti naqd pul uchun 10 soatgacha
navbatda turishga rozi bo'ladi. Agar vaqtining qiymati kamroq, deylik, soatiga 20 yoki
10 zloti bolgan odamlar soni yetarlicha bo'lsa, bunga o'n soatdan ham ko'proq vaqt kerak
bo'lishi mumkin. Shunda barcha 300 zloti transfertning ancha katta qismi navbatda
turishga ketgan vaqtga sarflanganini anglab yetar edi. Agar dastur tarafdorlari transfert
oluvchilarning moliyaviy ahvoli 300 zlotiga yaxshilanadi deb o'ylasa, ular yanglishadi.
Ushbu misol transfert dasturi ishtirokchilari kutilganidek manfaat
olmasliklarini yaqqol namoyish qiladi. Agar yordam oluvchilar transfert olishga
da'vogarlik qilish uchun biror narsa qilishi (masalan, navbatda turishi, hujjat to'ldirishi,
davlat mulozimlariga ta'sir o'tkazishga urinishi, imtihon topshirishi, kechikishlarga
sabr qilishi yoki ma'lum siyosiy kampaniyalarga hissa qo'shishi) kerak bo'lsa, unda


194
undan kutilgan manfaatning katta qismi ko'pincha talablarni bajarish jarayonida
yo'qotiladi. Xuddi shunday, agar yordam ouvchilar subsidiya olish uchun biror narsaga
(masalan, avval ma'lum ekin ekilgan yerga, taksi xizmati ko'rsatishga yoki chet elga
mahsulot sotishga litsenziyaga) egalik qilishi kerak bo'lsa, unda odamlar subsidiya olish
uchun kerakli aktivning narxini oshirib yuboradilar. Aktivning, masalan, taksi xizmati
ko'rsatish uchun litsenziya narxining oshishi subsidiya qiymatini aniqlaydi.
Har bir holatda potensial manfaatdorlar transfert qiymatining katta qismi
behuda sarflanib ketkunga qadar talablarga javob berish borasida raqobatlashadilar.
Natijada oluvchining sof foydasi odatda transfert miqdoridan ancha kam bo'ladi.
Haqiqatdan ham marjinal manfaatdorning (transfert olishni deyarli munosib
hisoblamagan shaxs) sof foydasi nolga teng bo'lmasa ham unga juda yaqin bo'ladi.
Qo'shma Shtatlarida universitet talabalariga beriladigan subsidiyalarning
(grantlar va imtiyozli kreditlarning) ta'sirini ko'rib chiqaylik. Ushbu dasturlar ta'limni
arzonlashtirishga qaratilgan. Biroq subsidiyalar ta'limga bo'lgan talabni ko'paytirib,
o'qish narxini oshiradi. Nyu-York Federal Rezerv Bankining yaqinda o'tkazgan
tadqiqotiga ko'ra, talabalarga ajratilgan qo'shimcha transfert to'lovlarining qariyb 65
foizi ta'lim narxining ko'tarilishiga olib kelgan. Bundan tashqari, subsidiya dasturlari
mehnat bozorida universitet bitiruvchilari sonini ko'paytirib, ularni ish bilan
ta'minlash istiqbolini va diplomlarining qadrini pasaytirdi. Post-kommunist o'tish davri
mamlakatlaridagi jadal rivojlanish bilan bir qatorda oliy ta'lim sifatining pastligi va
ahamiyatsizligi (ko'p sohalarda) «ortiqcha ta'lim» jiddiy muammosiga olib keldi.
Natijada bitiruvchilar oliy ta'lim shart bo'lmagan sohalarda ishga joylashyapti. Bu kabi
bitiruvchilarning ko'pi o'qishni tugatgandan so'ng ham yillar mobaynida past malakali
ishlarda qolib ketyapti
(70)
.
Transfertlar samarasizligining uchinchi sababi ham mavjud. Transfert dasturlari
nooqilona qaror qabul qilganlar uchun uning salbiy oqibatlarini kamaytiradi va shu
sababli bu kabi qarorlarning oldini olishga rag'batni pasaytiradi. Masalan, dovulga
moyil joylarda sug'urta badalini davlat tomonidan subsidiyalash dovulning iqtisodiy
zarariga qarshi himoya uchun odamlarning shaxsiy xarajatlarini kamaytiradi. Biroq bu
xarajat soliq to'lovchilar zimmasiga tushadi. Subsidiya dovulga qarshi sug'urtalashni


195
arzonlashtirgani tufayli ko'proq odamlar dovulga moyil joylarda uy-joy quradi. Natijada
dovuldan yetadigan zarar miqdori avvalgiga nisbatan ko'payadi. Ishsizlik nafaqasi
bunga yana bir misol bo'ladi. Nafaqa tufayli ishsizlar mavjud ish takliflarini rad etishi
va yaxshiroq ish qidirishni davom etishlari mumkin. Shuning uchun ular ish qidirishga
ko'proq vaqt sarflaydi, bu esa ishsizlik darajasini nisbatan oshishiga olib keladi
(71)
.
Qashshoqlik va davlat dasturlarining ta'sirini tushunish uchun rasmiy davlat
statistikasida qo'llaniladigan «qashshoqlik» tushunchasini hayot sifatini tushunishda
muhim «qashshoqlikdagi hayot» tushunchasidan farqlash muhimdir. Qo'shma
Shtatlari 1960-yillarning o'rtalarida prezident Lindon Jonson boshchiligida
«Qashshoqlikka qarshi urush» e'lon qildi. Prezident Jonson va dasturning boshqa
tarafdorlari qashshoqlikni bartaraf etish mumkin va buning uchun Amerikaliklar
daromadlarining bir qismini jamiyatning kam ta'minlangan a'zolari hisobiga qayta
taqsimlashga rozi bo'lishlari kerak deb da'vo qilganlar. Ularning roziligi bilan ko'plab
daromad-transfert dasturlari yuzaga keldi. Quyidagi grafikda ko'ringanidek (21-
chizma), 1960-yillardan keyin Qo'shma Shtatlarida kambag'al aholiga beriladigan
transfert to'lovlari (2017-yil narxlarida) keskin oshib ketdi (to'qqiz barobarga). Shunga
qaramasdan qashshoqlik darajasi o'zgarmadi
(72)
. Prezident Ronald Reygan bir vaqtlar
donolarcha aytganidek: «Oltmishinchi yillarda biz qashshoqlikka qarshi urush qildik va
qashshoqlik g'alaba qozondi».


196
21-chizma: Qashshoqlik darajasi va jon boshiga qashshoq
aholiga sarflangan ijtimoiy xarajatlar
20 000$
18 000$
16 000$
14 000$
12 000$
10 000$
8 000$
6 000$
4 000$
2 000$
0$
0%
19
67
19
72
19
77
19
82
19
87
19
97
20
07
20
02
20
12
20
17
19
92
5%
10%
15%
20%
25%
30%
35%
40%
Federal byudjetning jami ijtimoiy xarajatlari («Medikeyd» dasturini qo'shib hisoblaganda)
Qashshoq aholi ulushi (foizda)
Video:
Tenglik yoki tadbirkorlik
Nega qashshoqlikka qarshi transfert dasturlari unchali samarali emas?
Transfertlar qashshoqlikka qarshi kurashni sekinlashtiradigan uchta kutilmagan
ikkilamchi ta'sirlarni keltirib chiqaradi.
Birinchidan, daromadga bog'liq transfertlar kam ta'minlangan shaxslarni
daromad topishga, daromadlarini oshirishga va qashshoqlikdan qutulishga bo'lgan
rag'batni pasaytiradi. Daromad oshgani sari transfert oluvchilarning ushbu


197
dasturlardan oladigan manfaati kamayib boradi va qachondir tugaydi. Natijada ko'plab
kam daromadli shaxslar qashshoqlik tuzog'iga tushib qoladilar. Agar ular ko'proq
daromad ishlab topsa, qo'shimcha soliq to'lovlari va transfert miqdorining kamayishi
tufayli ularda qo'shimcha daromadning faqatgina bir qismi qoladi. Iqtisodiy Hamkorlik
va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) ma'lumotlariga ko'ra, 2018-yilda daromad oshishi
tufayli manfaatlarning qisqarishi Chexiya respublikasida eng kam ish haqining 93
foizini va Xorvatiyada 92 foizini tashkil etdi
(73)
. Ba'zi hollarda qo'shimcha daromad
transfert oluvchining sof daromadini kamaytirishi ham mumkin. Demak, qashshoqlik
tuzog'i ko'p kam daromadli shaxslar uchun ishlashga, ko'proq daromad topishga, tajriba
orttirishga va lavozim pog'onasidan ko'tarilishga bo'lgan rag'batni ancha kamaytiradi.
Ko'p jihatdan transfertlar olinishi mumkin bo'lgan daromadning o'rnini egallaydi, xolos
va natijada kambag'allarning sof daromadi unchalik ko'paymaydi — u transfert
to'lovlaridan ko'ra ancha kamroq bo'ladi.
Bu yangilik emas. 1835-yilda Angliyada kambag'allar to'g'risidagi qonunlarni
tahlil qilib, Aleksis de Tokvil «Qashshoqlik to'g'risida memuarlar» asarida quyidagilarni
yozgan edi:
«Odam barcha ijtimoiy uyushgan mavjudotlar singari tabiatan bekorchilikka
moyil. Ammo ishlashga ikkita rag'bat mavjud: yashash zaruriyati va yashash
sharoitlarini yaxshilash istagi… Xayr-ehsonni doimiy asosda qonunan
o'rnatadigan va unga ma'muriy shakl beradigan har qanday chora ishchi sinfi
hisobiga yashaydigan bekorchi va dangasa sinfni yaratadi»
(74)
.
Ikkinchidan, kambag'allikning og'irligini sezilarli darajada kamaytiradigan
transfert dasturlari, shuningdek, xavfli qarorlarning muqobil qiymatini ham
kamaytiradi (masalan, giyohvand moddalarni iste'mol qilish, maktabda o'qishni
tashlash yoki ishdan bo'shash, o'spirinlar va turmush qurmagan ayollar orasida
homiladorlik, ajralishlar yoki otalarning bolalaridan voz kechishi kabilar) va ko'pincha
qashshoqlikka olib keladi. Ko'p odamlar bu kabi xavfli variantlarni tanlaganliklari
sababli qashshoqlik darajasini pasaytirish juda qiyin. Yolg'iz ota-onali oilalarda


198
ISHSIZLIK
«Menimcha, janob Veber, siz ish topishga jiddiy harakat
qilmayapsiz.»
qashshoqlik darajasi to'liq oilalarga
qaraganda ancha yuqori. Masalan,
Chexiya Respublikasida 2017-yilda jami
aholining 9,7 foizi qashshoqlikda
yashagan bo'lsa, bu ko'rsatkich yolg'iz
ota-onali oilalarda 37 foizni tashkil
etgan. Belarusda 2013-yilda aholi
orasida qashshoqlik darajasi 11 foizni
tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich
yolg'iz ota-onali oilalarda 17 foizni
tashkil etgan. Brukings instituti
xodimlari Izabel Sohil va Ron
Xaskinslarning 2009-yildagi
tadqiqotlariga ko'ra, Qo'shma
Shtatlarida uchta asosiy shartni bajarish
orqali shaxs qashshoqlikda yashash
ehtimolini 12 foizdan 2 foizgacha
kamaytirishi mumkin. Bular: (eng kamida) o'rta maktabni tugatish, to'liq stavkada
ishlash va farzand tug'ilishidan oldin turmush qurish
(75)
. Shaxsiy qarorlarning
qashshoqlikda yashashga ta'siri juda muhim masala bo'lib, o'qituvchilar, ota-onalar,
vasiylar va boshqalar buni hayotni o'zgartiruvchi qarorlar qabul qilish busag'asida
turgan yoshlar bilan muhokama qilishlari zarur. Bu holatlar xavfli qarorlar ehtimolini
ko'paytirishi yoki kamaytirishi mumkin bo'lgan rag'batlarning o'zgarishiga olib
keluvchi dasturlarni qabul qilganda saylovchilar va butun jamiyat tomonidan hisobga
olinishi kerak.
Uchinchidan, qashshoqlikka qarshi davlat transfertlari xususiy xayriya
tashabbuslarini siqib chiqaradi. Odamlar davlat kambag'allarga yordam berayotganini
anglasa, oilalar, cherkovlar va jamoat tashkilotlari tomonidan yordam faoliyatiga
zaruriyat kamayadi. Yahudiy-nasroniylarning ushr berish tushunchasi va islomiy
majburiyat bo'lmish zakot kambag'allarga yordam berish bo'yicha odamlarning


199
majburiyatlariga urg'u beradi. Davlat soliqlarni yig'ib, yordam miqdorini oshirsa, yakka
shaxslar va guruhlar kamroq yordam berishini kutish mumkin. Undan tashqari,
xususiy homiylar muammoning asl mohiyatini ko'ra oladilar, yordam oluvchilarning
hayot tarziga e'tiborliroq bo'ladilar va asosan o'z ahvolini yaxshilashga astoydil harakat
qilayotganlarga yordam beradilar. Natijada xususiy xayriya tashabbuslari davlatnikiga
qaraganda samaraliroq bo'ladi va shu sababli shaxsiy tashabbuslarning siqib
chiqarilishi muammoni yanada og'irlashtiradi. Ushbu ta'sirlarni hisobga olgan
tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, xususiy xayriya tashkilotlari ma'muriy xarajatlari yuqori
bo'lgan davlat dasturlariga qaraganda o'z daromadlarining katta qismini yordam
oluvchilarga yetkazib beradilar
(76)
.
Iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda, qishloq xo'jalik narxlarini qo'llab-
quvvatlashdan tortib to qashshoqlikka qarshi kurash dasturlarini o'z ichiga olgan
transfert dasturlarining samarasizligi ajablanarli emas. Ikkilamchi ta'sirlarni inobatga
olgan iqtisodiy tahlillarga ko'ra, uzoq muddat davomida manzilli yordam ko'rsatish juda
qiyin. Ideal holda bunday dasturlar qashshoqlikka tushib qolganlarga yordam berishi va
transfert to'lovlariga boshqa muhtoj bo'lmaslik uchun harakat qilayotgan shaxslarni
qo'llab-quvvatlashi kerak. Amalda esa transfert dasturlari ushbu vazifaning birinchi
qismining bajarilishini ta'minlashi, lekin buni ikkinchi qismning hisobiga amalga
oshirishi mumkin. Natijada rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda yordam
dasturlari tobora ko'proq «shartli pul transferti» ko'rinishida ishlab chiqilib, bunda
ko'mak faqat muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirgan shaxslarga beriladi.
O'qish uchun:
Duayt Li. «Ijtimoiy hamkorlik va bozor»
Qashshoqlikka oid murakkab siyosiy qarorlar to'g'risida yakuniy xulosa qilaylik.
Matbuotda munozaralarni o'qiganda yoki nomzodlarni tinglaganda ular nimalar haqida
gapirayotganini aniq tushunish kerak.


200
1. Hatto «qashshoqlik» tushunchasi ham ko'pincha chalg'itadi. Odamlar
qashshoqlik to'g'risida gapirganda ko'pincha «mutlaq qashshoqlikni», ya'ni
«minimal tovar va xizmatlar savatini» xarid qilish uchun shaxs yoki oilada
yetarlicha resurs yo'qligini tushunadilar.
2. Boshqalar esa «nisbiy qashshoqlikni», ya'ni shaxs yoki oilaning daromadi
daromad taqsimotida ma'lum darajadan (masalan, aholining mediana
daromadidan ikki baravar kamroq) pasayib ketish holatini nazarda tutadilar.
3. Nisbiy qashshoqlik tengsizlik tushunchasiga bog'liq, lekin u bilan bir xil
tushuncha emas. Aytaylik, to'rtta oiladan iborat ikkita jamiyat bor. Birinchi
jamiyatdagi oilalarning daromadlari 1 000 000, 50 000, 50 000 va 4 000
dollarga, ikkinchisidagi oilalarning daromadlari esa 51 000, 50 000, 50 000 va
24 999 dollarga teng. Ikkala jamiyatdagi nisbiy qashshoqlik darajasi bir xil (25%),
lekin tengsizlik darajasi bir-biridan keskin farq qiladi.
4. Ba'zida qashshoqlik ko'rsatkichlari soliqlar (bu daromadni kamaytiradi) va
transfertlarni (bu daromadni oshiradi) inobatga olmagan holda ko'rsatiladi.
Qaysi biridan foydalanilyapti? Birinchi ta'rif bo'yicha qashshoqlar soni
ikkinchisiga qaraganda ko'pincha ikki barobar ko'proq chiqadi.
5. Minimal iste'mol darajasi nimalardan tashkil topganligi turli mamlakatlarda va
turli davrlarda katta farq qiladi. Bugungi o'rta va yuqori daromadli
mamlakatlarda munosib turmush darajasi tushunchasi oldingi avlod tasavvur
qila olmagan tovar va xizmatlarni (masalan, uyali telefon yoki televizorni) o'z
ichiga oladi.
6. Nihoyat, ma'lum bir vaqt nuqtasidagi qashshoqlik bilan umr bo'yi qashshoqlik
o'rtasida farq borligini tushunish muhim. Talaba sifatida kam daromadli bo'lish
yildan-yilga qashshoq bo'lishdan juda farq qiladi.


201

Download 9,85 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish