Markazlashgan rejalashtirish hech




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Markazlashgan rejalashtirish hech
qachon samara bermagan
Tizim odami o'z takkaburi bo'yicha o'zini dono ko'radi. U xuddi shaxmat
taxtasidagi toshlarini qo'li bilan osonlikcha yurgizgani kabi, katta jamiyatning
turli xil a'zolarini osonlik bilan boshqarish mumkin deb tasavvur qiladi; u
shaxmat taxtasidagi toshlarda ularni qo'l surishidan boshqa harakatlanish
printsipi yo'q deb hisoblaydi; biroq, inson jamiyati deb nomlanmish buyuk
shaxmat taxtasidagi har bir alohida shaxs, garchi bu qonun chiqaruvchilar
istagidan farqli bo'lsa ham, o'z harakatlanish printsipisga ega. Agar bu ikki
printsip bir-biriga mos kelsa va bir yo'nalishda harakatlansa, inson
jamiyatining o'yini osonlik va uyg'unlik bilan davom etadi va uning baxtli va
muvaffaqiyatli bo'lishining ehtimoli katta. Agar ular bir-biriga zid yoki
turlicha bo'lsa, o'yin qayg'uli davom etadi, jamiyat esa tartibsizlikning eng
yuqori cho'qqisiga yetadi
(77)
.
— Adam Smit (1759-yil), «Ma'naviy hissiyotlar nazariyasi»
Avval muhokama qilganimizdek, odatda davlat jamoat mollar (iste'molni faqat unga haq
to'lovchilar bilan cheklash murakkab bo'lgan tovarlar guruhi) ta'minotini bozorlardan
ko'ra yaxshiroq yo'lga qo'yishi mumkin. Ko'p odamlar iqtisodiyotning barcha
jabhalarini yoki uning juda katta qismini davlat mulozimlari bozor tizimiga nisbatan
yaxshiroq boshqara oladi deb hisoblaganlar. 1917-yildagi Bolsheviklar inqilobidan so'ng
ELEMENT 3.9
Iqtisodiyotni markazdan rejalashtirish juda murakkab bo'lib, bu yo'ldagi harakatlar
samarasizlikka olib keladi.


202
markazlashgan rejalashtirishning tarafdorlari davlat mulozimlarining soliqlar,
subsidiyalar, vakolatlar va qonuniy me'yorlari orqali iqtisodiyotning asosiy
tarmoqlarini rejalashtirishi va boshqarishni markazlashtirishi jamiyatga foyda keltiradi
deb da'vo qilganlar. Markazlashgan rejalashtirish tizimida biz oldinroq muhokama
qilgan bozor kuchlari o'rnini, xuddi eski sovet tizimiga sodir bo'lgani kabi, bevosita
buyruq va nazoratni o'z ichiga olgan davlat diktati oladi. Lekin qandaydir darajada
shunday davlat boshqaruvi saylangan siyosatchilarning iste'molchilar, investorlar va
tadbirkorlarning bozor kuchlari orqali yuzaga kelgan qarorlarini o'z qarorlari bilan
almashtirgan har qanday jamiyatda ham vujudga kelishi mumkin.
Markazlashgan rejalashtirish nima uchun tajribasiz odamlarni bunchalik
qiziqtirishini tushunish qiyin emas. Rejalashtirish mantiqqa to'g'ri keladi. Nahotki
saylangan siyosatchilar va hukumat mutaxassislari xususiy tadbirkorlarga qaraganda
aholining «umumiy farovonligi» to'g'risida ko'proq g'amxo'rlik qilmaydi? Nahotki
hukumat mulozimlari xususiy tadbirkorlarga nisbatan « oshko'zroq» bo'lmaydi?
Asosan jamiyat tanlovining iqtisodiy nazariyasini va siyosiy faoliyat jarayonini
tushunmaydigan aholi markazlashgan rejalashtirishning ahamiyati to'g'risidagi
fikrlarni ishonchli deb topadi. Biroq, iqtisodiy nazariya markazlashgan
rejalashtirishning samarasizligini ko'rsatadi. Buning beshta asosiy sabablari mavjud.
Birinchidan, markazlashgan rejalashtirish bozor qarorlarini siyosiy qarorlar
bilan almashtiradi xolos. Amalda markazlashgan rejalashtirishning mutaxassislari
(shuningdek, ularni boshqaruvchi qonun chiqaruvchilar ham) hamma narsadan
xabardor fidokor avliyo odamlar emas. Rejalashtiruvchilarning subsidiya va investitsiya
uchun mablag'larni taqsimlash bo'yicha qarorlariga siyosiy qarashlar ta'sir qilishi
muqarrar. Hatto qarorlar demokratik ravishda qabul qilingan taqdirda ham, bu jarayon
to'g'risida bir o'ylab ko'ring-a.
Xarajatlar qonun chiqaruvchi organ tomonidan tasdiqlanishi kerak bo'ladi. Turli
korxonalar va kasaba uyushmalari kabi manfaatdor guruhlar investitsiya va subsidiya
uchun lobbi faoliyatini olib boradilar. Qonun chiqaruvchilar siyosiy kampaniyalarga
moliyaviy yordam ko'rsata oladigan va asosiy saylov bloklarini ta'minlay oladigan
guruhlarga xayrixohlik ko'rsatadilar. Siyosiy jarayon katta lobbi faoliyati tajribasiga va


203
siyosiy ta'sirga ega eski korxonalarni, garchi ular yangi tashkil etilgan korxonalarga
nisbatan iqtisodiy zaifroq bo'lsa ham, ma'qul ko'rishi ajablanarli hol emas. Bundan
tashqari, agar boshqa qonun chiqaruvchilar ularning saylovchilari va manfaatdor
guruhlar uchun manfaatli dasturlarni («bochkadagi yog'» loyihalari) qo'llab-
quvvatlashga rozi bo'lmasalar, odatda muhim qonun chiqaruvchi qo'mitalarning
rahbarlari turli dasturlarni moliyalashtirishga to'sqinlik qiladi. Ushbu berilgan
rag'batlantirish tuzilmasini hisobga olganda, faqat sodda xayolparast bu siyosiy jarayon
bozor tizimiga qaraganda kamroq isrofgarchilikka, ko'proq boylik yaratilishiga va
investitsiya uchun mablag'larning asosli taqsimlanishiga olib kelishiga ishonadi. Eng
yuqori samaraga erishish uchun nafaqat menejerlarda yetarlicha rag'bat bo'lmaydi. Ish
o'rni kafolatlangan va qanchalik zo'r berib ishlashidan qat'i nazar bir xil maosh oladigan
ishchilarda ham zo'r berib ishlamaslikka rag'bat bo'ladi. Sovet haqiqati quyidagi eski
jumlada ask etilgan: «Ular bizga go'yo maosh to'laydilar, biz esa go'yo ishlaymiz».
(Yaxshi tushunilgan yana boshqa sovet jumlasi quyidagicha: «Davlatdan o'g'irlamagan
oilasidan o'g'irlaydi».)
Ikkinchidan, davlat korxonalari
(?)
va muasasalarining xarajatlarni qisqartirish,
yangilik yaratish hamda tovarlarni yetkazish samaradorligini oshirish rag'batlari zaif
hisoblanadi. Xususiy mulk egalaridan farqli o'laroq, davlat korxonalarining direktorlari
va boshliqlari samaradorlikni oshirishdan va tannarxni pasaytirishdan uncha
manfaatdor emas. Mijozlarga xizmat ko'rsatish orqali tashkilotlarini rivojlantirish
o'rniga, ular davlat byudjetiga tayanadilar. Natijada, ular o'zlari uchun ajratiladigan
byudjet mablag'larini ko'paytirishni maqsad qilib qo'yadilar. Kattaroq byudjet
tashkilotni kengaytirishga, ish haqini oshirishga, mijozlarga va boshqa omillarga
qo'shimcha xarajat qilishga imkon berib, boshliqlar hayotini yanada osonlashtiradi.
Deyarli barcha davlat koxonalari rahbarlari tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan
bog'liq faoliyatlari jamiyat uchun juda katta ahamiyatga ega ekanligiga, agar
moliyalashtirish hajmi oshirilsa, ular jamiyat uchun undan ham ajoyib narsalarni
amalga oshirishlari mumkinligiga rejalashtiruvchilarni ishontirishga harakat qiladilar.
Bundan tashqari, agar moliyalashtirish to'xtasa, ular aholi qiyinchiliklarga va kasofatli
oqibatlarga duch keladi deb ta'kidlaydilar.


204
Bu da'volarni qonun chiqaruvchilar va davlat rejalashtiruvchilari tomonidan
baholash odatda qiyin, chunki nafaqat bunday da'volar soni minglarga boradi, balki
korxona boshliqlarining ish samaradorligini o'lchash uchun rejalashtiruvchilarda
xususiy sektor foydasi kabi ko'rsatkichlar mavjud emas. Xususiy sektorda bankrotlik
(?)
samarasiz ishlab chiqaruvchilarni siqib chiqaradi, davlat sektorida esa muvaffaqiyatsiz
dasturlarni tugatish uchun bunga o'xshash mexanizm mavjud emas. Aslida,
samaradorlik darajasining pastligi va qo'yilgan maqsadlarni bajara olmaslik ko'pincha
davlat moliyalashtirishni oshirish uchun da'vo sifatida foydalaniladi. Masalan, politsiya
bo'limi huquqni muhofaza qilishga moliyalashtirishni ko'paytirish uchun jinoyat
darajasi oshishini da'vo sifatida ishlatadi. Xuddi shu kabi agar o'quvchilarning
o'zlashtirish baholari pasaysa, davlat maktablari ma'murlari bu holatdan yana
qo'shimcha mablag' ajratishni talab qilishda foydalanadilar. Davlat korxonalari
boshliqlarining byudjetlarini kattalashtirishga bo'lgan rag'batning kuchliligi, ammo
samarali faoliyat yuritishga rag'batning sustligi tufayli, davlat korxonalari xususiy
korxonalarga nisbatan kattaroq mahsulot birligi tannarxiga ega bo'lishining ehtimoli
kattaroq.
Uchinchidan, o'z shaxsiy mablag'larini tavakkal qilgan investorlar soliq
to'lovchilarning mablag'larini sarflovchi markazlashgan rejalashtiruvchilarga
qaraganda yaxshiroq investitsiya qilishlariga ishonish uchun barcha asoslar mavjud.
Axir foyda olishni maqsad qilgan investor resurslardan unumli foydalanish uchun
loyihalarni kashf etishi va unga investitsiya qilishi kerak bo'ladi. Agar investor xatoga
yo'l qo'ysa va uning loyihasi yo'qotishlarga olib kelsa, u buning oqibatlarini bevosita
boshidan kechiradi. Davlat loyihalarining muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi esa,
aksincha, kamdan-kam hollarda davlat rejalashtiruvchilarining shaxsiy farovonligiga
ta'sir ko'rsatadi. Hatto loyiha samarali bo'lsa ham, rejalashtiruvchi bundan uncha katta
shaxsiy manfaat olmaydi. Xuddi shu kabi, agar loyiha muvaffaqiyatsiz bo'lsa, ya'ni
resurslar qiymatini pasaytirsa, bu rejalashtiruvchining daromadiga nisbatan kam salbiy
ta'sir ko'rsatadi. Agar subsidiya va boshqa imtiyozlarni kuchli siyosiy ta'sirga ega
guruhlarga berib o'z tashkilotlari yoki korxonalari uchun qo'shimcha siyosiy ko'makka
erishsalar, ular muvaffaqaiyatsiz loyihalardan shaxsan manfaatdor bo'lishlari ham


205
mumkin. Bunday rag'batlantirish tuzilmasi sababli, davlat rejalashtiruvchilarining,
xususiy investorlardan farqli o'laroq, jamiyat farovonligini oshiradigan loyihalarni
izlab topishlariga va ularni tatbiq etishlariga ishonch yo'q.
To'rtinchidan, davlat byudjeti xuddi butun jamoa resurslarining yig'indisiga kabi
cheklovlardan xoli bo'lsa, bu davlat xarajatlari samarali sarflanishiga putur yetkazadi.
2-bob, 1-elementda ko'rib chiqqanimizdek, xususiy mulkchilik shakli bugungu
qaroralrning kelajakdagi ta'sirlarini inobatga olishni qattiq rag'batlantiradi. Biroq, pul
va resurslar butun jamoaga tegishli bo'lganda, kelajakni hisobga olishga rag'bat
bo'lmaydi. Misol uchun, okeandagi baliq, to uni birov ovlamaguncha, butun jamoaga
tegishli bo'lganligi uchun, haddan ko'p baliq ovi sababli ko'p baliq turlari yo'qolib ketish
arafasiga kelib qolgan. Baliq kamroq ovlanishidan barcha baliqchilar manfaatdor,
chunki bu baliqlar soni qayta tiklanishiga va ko'payishiga imkoniyat beradi. Ammo
baliqlar jamoa mulki hisoblanganligi sababli, har bir baliqchi uning bugun tutmagan
balig'ini ertaga yana kimdir tutib olishini yaxshi biladi. Shuning uchun ham
baliqchilarda bugungi baliq ovini kamaytirish orqali kelajakda baliqlar sonini
ko'paytirishga rag'bat yo'q.
Xuddi shunday, manfaatdor guruhlar davlat mablag'larini olishga harakat
qilganda (ya'ni siyosatchilarga ta'sir qilish uchun lobbi faoliyatini yuritganda), ularda
yuqori soliqlar va qo'shimcha qarzning kelajakdagi ishlab chiqarish hajmiga qilgan
salbiy ta'sirini hisobga olish uchun rag'bat bo'lmaydi. Har bir xarajatlar loyihasining
tarafdorlari soliq stavkalalari pasaytirilganda va xususiy investitsiyalar miqdori
oshganda kelajakdagi ishlab chiqarish hajmi kattaroq bo'lishini tushunishlari mumkin.
Biroq, agar ular davlat byudjetining kattaroq qismini o'zlashtirmasa, buni boshqa bir
manfaatdor guruh amalga oshirishini ham yaxshi tushunadilar. Mana shu sabablar
uchun ham natijada samarasiz loyihalarga byudjet mablag'lari ajratilib, byudjet defitsiti
doimiy davom etadi. Surunkali davlat byudjeti defitsiti muammosi 3-bob, 6-elementda
muhokama qilingan.
Beshinchidan, rejani tuzish, qayta ishlash va uni muntazam ravishda yangilab
turish uchun markazlashgan rejalashtiruvchilarda yetarli ma'lumotlarni olishning
imkoniyati yo'q. Biz faol o'zgarishlar dunyosida yashaymiz. Texnologik yutuqlar, yangi


206
mahsulotlar, siyosiy tartibsizliklar, talab va ob-havoning o'zgarib turishi tovar va
resurslarning nisbiy taqchillik darajasiga muntazam ta'sir ko'rsatadi. Hech qaysi
markaziy hokimiyat organi bu o'zgarishlarlarning barchasini o'z vaqtida kuzata
olmaydi, ularni siyosiy nuqtai nazardan baholay olmaydi hamda korxona boshliqlariga
mantiqan to'g'ri ko'rsatmalar bera olmaydi.
Video:
Yahmalak iqtisodiyoti (Beixtiyor tartib)
Bozorlar bir-biridan farq qiladi. Bozor narxlari juda tarqoq ma'lumotlarni
ro'yxatdan o'tkazib, ularni ma'lum bir taribga keltiradi. Narxlar iqtisodiyotgagi doimiy
o'zgarishlarni aks etgan holda muntazam ravishda moslashib boradi. Narxlar o'ta
tarqoq ma'lumotlarni bir joyga jamlab, korxonalar va resurs ta'minotchilariga signallar
berib turadi. Ushbu narx signallari korxonalar va resurs egalarini ularning
faoliyatlarini muvofiqlashtirish hamda yangi holatlarga moslashish uchun kerakli
bo'lgan ma'lumotlar va rag'batlar bilan ta'minlaydi. Ushbu bozor narx signallarini to'g'ri
talqin qilolmagan va ularga muvofiq harakat qila olmagan korxona va shaxslar iqtisodiy
yo'qotishlarga duch keladi.
Aynan bozor narxlari orqali yetkazilgan ma'lumot investorlar, korxonalar va
ishchilarni ularning mablag' va harakatlari qayerda eng samarali natija berishini
ma'lum qiladi. Davlat muassasalari mahsulotlarining bozor narxlari yo'qligi sababli,
ularni yaratish ijobiy sof qiymatga yoki resurslarning isrofgarchiligiga olib kelishini
tahlil qilish mexanizmiga ega emas.
Nobel mukofoti laureati Fredrik Hayek markazlashgan rejalashtiruvchilarga xos
ma'lumotlar muammosining oqibatlarini quyidagicha umumlashtiradi:
«Agar inson ijtimoiy taribni yaxshilash bilan bog'liq harakatlarida zarardan
ko'ra ko'proq yaxshilik olib kelishni istasa, tashkiliy murakkab bo'lgan bu va bu
kabi boshqa barcha sohalarda inson hamma voqealarni tagiga yetishi uchun


207
to'liq bilimga ega emasligini tushunib yetishi kerak. Shuning uchun u erisha
olgan bilimlardan foydalanib, natijalarni xuddi hunarmand mahsulotini o'z
qo'li bilan shakllantirganidek emas, balki bog'bon o'z o'simliklarini parvarish
qilganidek o'sish uchun muvofiq muhit yaratishi kerak»
(78)
.
Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot mikro darajada boshqarish uchun o'ta
murakkab. Ikkinchi bobda ta'kidlab o'tilganidek, o'sish va taraqqiyotga erishishning eng
maqbul strategiyasi shaxslar o'z manfaatlarini ko'zlab farovonlik olib keladigan unumli
faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun zarur institutlarni o'rnatish va uzoq muddatli
siyosat olib borish orqali qulay muhitni yaratishdan iborat.
Video:
«Lego» filmida iqtisodiyot
Bir necha yillar avval davlat rejalashtirishi va sanoat siyosati
(?)
 iqtisodiy o'sish
uchun muhim ahamiyatga ega deb hisoblangan. Iqtisodchilar Pol Samuelson va Lester
Turou ushbu qarashning yetakchi himoyachilaridan bo'lib, ularning qarashlari 1970- va
1980-yillarda ommaviy axborot vositalarida va intellektuallar doirasida mashhur
bo'lgan. Ular bozor iqtisodiyoti quyidagi dilemmaga duch kelishini ta'kidlaydilar: davlat
rejalashtirish tizimiga o'tishi kerak, yoki rivojlanishning pasayishi va iqtisodiy
tanazzulning oqibatlarini boshdan kechirishiga to'g'ri keladi. Sovet tizimining barbod
bo'lishi va Yaponiya iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi bu nuqtayi nazarning
ommabopligiga putur yetkazdi. Shunga qaramasdan, ko'pchilik davlat iqtisodiyotning
sog'liqni saqlash va ta'lim kabi ayrim sohalarini boshqara olishiga hali ham ishonadi.
Biroq, markazlashgan rejalashtirishning rag'batlantirish va ma'lumotlar bilan bog'liq
muammolari tufayli buning ehtimoli kam.
Bundan ikki yarim asr avval Adam Smit markazlashgan rejalashtirish, jumladan
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini rejalashtirish bo'yicha harakatlar, muvaffaiyatsizlik
bilan yakun topishining sabablarini qayd etib o'tgan (ushbu element boshida keltirilgan


208
tsitataga qarang). Davlat rejalashtiruvchilarining baxtiga qarshi, har bir shaxs o'z aql-
idrokiga, yoki Smit aytganidek, «harakat printsipi»ga ega. Shaxsiy rag'batlantiruvchi
omillar odamlarni markazlashgan rejaga zid faoliyat yuritishga undaganda,
muammolar yuzaga chiqadi. Agar davlat himoya vazifasidan chekinib, turli
faoliyatlarni subsidiyalashni boshlasa, korxonalarni yuritsa, iqtisodiyotning turli
tarmoqlarini boshqarsa hamda, eng keskin hollarda, butun iqtisodyotni markazdan
turib rejalashtirsa, ichki nizolarning yuzaga chiqishi va turmush darajasi uning
potensial darajasidan pasayishi muqarrar.
Davlat rejalashtirishining turli mamlakatlardagi tajribasi bunga yaqqol misol
bo'ladi. Rejalashtirish nizolar va ichki qarama-qarshiliklarga olib keladi:
Qo'shma Shtatlari federal hukumati ayrim fermerlarga don mahsulotlari
yetishtirmaslik uchun pul to'laydi, bir paytning o'zida esa boshqalarga ayni don
mahsulotlarni ko'proq yetishtirish uchun irrigatsiya loyihalarini subsidiya bilan
ta'minlaydi. Shunga o'xshash YI subsidiyalari ko'pgina qishloq xo'jaligi
mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishga
(?)
 olib kelib, «sariyog'li tog'» degan
mashhur ifodaning kelib chiqishiga sabab bo'lgan.
Qo'shma Shtatlarining sut mahsulotlari fermerlari uchun mo'ljallangan davlat
loyihalari sut narxini yuqori darajada ushlab turadi, lekin ayni paytda davlat
qimmat sutni arzonlashtirish maqsadida maktab tushlik loyihasiga subsidiya
ajratadi.
Hindistonning oziq-ovqat subsidiya loyihasi ham iste'molchilar, ham ishlab
chiqaruvchilarga manfaat keltirishga qaratilgan. Natijada, Hindiston donni
iste'molchilarga sun'iy past narxlarda ratsion qilgan paytning o'zida ortiqcha don
yetishtirilish bilan bog'liq ziddiyatga duch kelgan, chunki davlat fermerlarga
yuqori narx to'lagan. (Atrof-muhit uchun zararli bo'lsa ham, fermerlarga qishloq
xo'jaligi resurslari — elektr energiyasi, suv va o'g'it uchun subsidiyalar
ajratiladi). Davlat chirishni boshlagan guruch va bug'doyning katta zahiralarini
sotib olgan, lekin iste'molchilarga mo'ljallnagan cheklangan miqdordagi don
korruptsiya va qashshoqlarga yordam berish maqsadiga zid uslublari bilan


209
taqsimlanadi
(79)
.
Jahon mamlakatlari baliqchilik uchun yiliga jami 30 milliard dollar subsidiya
ajratib, uning 60 foizi barqaror bo'lmagan zararli amaliyotni bevosita qo'llab-
quvvatlaydi. 2012-yilda bozor tizimining buzilishi dunyo iqtisodiyotiga 83
milliard dollarga tushdi
(80)
.
2015 va 2016-yillarda Katta yettilik mamlakatlari (G7) shamol va quyosh
energiyasini keng ko'lamda sibsidiyalash bilan bir qatorda ne , benzin va
ko'mirni ishlab chiqarish hamda iste'mol qilish uchun yilida kamida 81 milliard
dollar moliyaviy yordam sifatida va 20 milliard dollar davlat puli sifatida
ajratgan. 2019-yilda Buyuk Britaniya organik yoqilg'i ishlab chiqarishni qo'llab-
quvvatlash uchun 12 milliard yevro va ularga raqobatchi bo'lgan muqobil
energiya sektorini qo'llab-quvvatlash uchun 8,3 milliard yevro sarflashi
kutilmoqda edi.
Endi Hindistonga qaytaylik. Atrof-muhit ifloslanishini boshqarish organi (EPCA)
tomonidan ifloslanishga qarshi ishlab chiqilgan keng qamrovli chora-tadbirlar
rejasida siqilgan tabiiy gazdan (CNG) foydalanishni rag'batlantirmaslik kerakligi
aytilgan, chunki u: «azot oksidi chiqindilarining asosiy manbai va, shuningdek,
havoda zararli moddalar (PM1) miqdorini ko'paytirishi mumkin.» Ushbu
pozitsiya shaharni jamoat transportini SNGga jadal ravishda o'tkazish jarayoni
to'g'risida ma'lumot berishni talab qiladigan Dehlining ifloslanishni nazorat
qilish bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan 42 moddadan iborat bo'lgan
harakat rejasiga (2015-yil) to'g'ridan-to'g'ri ziddir.
Umuman olganda, qarama-qarshi siyosatlar, bir tomondan, iqtisodiyot uchun
ma'suliyatni fuqarolar va unumdorlikka qo'yadigan bozorni tartibga solish tizimi va,
boshqa tomondan, siyosiy manfaat keltiradigan ma'lum sanoat va firmalarga imtiyozlar
beradigan davlatning iqtisodiyotdan foydalanish tizimi o'rtasidagi ziddiyat natijasida
yuzaga keladi.
Iqtisodiy tahlillar shuni ko'rsatadiki, davlat rejalashtirishining keng qo'llanilishi
iqtisodiy samarasizlikka va urug'-aymoqchilikka olib keladi. Agar davlat mulozimlari


210
nimani xarid qilish yoki sotishni hal qilsa, yoki ularning narxini o'rnatsa, birinchi xarid
qilinishi yoki sotilishi mumkin bo'lgan narsa bu saylangan mulozimlarning ovozidir.
Agar korxonalar iste'molchilarga qaraganda davlatdan ko'proq mablag' olsa, ular
xarajatlarni kamaytirish va iste'molchilarni qoniqtirishga harakat qilishdan ko'ra
siyosatchilarga ta'sir ko'rsatishga ko'proq vaqt sarflaydilar. Kutilganidek, bozor
printsiplarini siyosiy qarorlar bilan almashtirish iqtisodiy tanazzulga olib keladi va
Ukrainada tug'ilgan Lyudvig fon Mizes so'zlari bilan aytganda, «odamzodning boshiga
tushgan eng yovuz balolar yomon davlat boshqaruvi tufayli yetkazilgan»
(81)
.


211
KIM CHEN IN SHIMOLIY KOREYA SAYLOVLARIDA 100%
OVOZ BILAN G'OLIB CHIQDI
«SAYLOVLAR»

Download 9,85 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish