Bozor muvaffaqiyatsizliklarini
yumshatish
Ta'kidlab o'tganimizdek, bozorlar resurslarni samarali taqsimlashi uchun mulk huquqi
aniq belgilangan bo'lishi va ishlab chiqaruvchilar o'z faoliyati foydasiga egalik qilishi
kerak. Ammo ba'zi tovarlarning xususiyati buni mushkullashtiradi. Ushbu elementda
bozorlar orqali resurslarni samarali taqsimlashda jiddiy qiyinchiliklar tug'diradigan
ikki xil iqtisodiy faoliyat turi kurib chiqiladi. Bular jamoat mollari va tashqi ta'sirlardir.
Jamoat mollari
Ba'zi tovarlarning xususiyatlari ishlab chiqaruvchilarga ularni ishlab
chiqarishdan foyda olishni mushkullashtiradi. Iqtisodchilar jamoat mollari deb
nomlagan tovarlar toifasi mavjud bo'lganda shunday holat vugudga keladi. Jamoat
mollari
(?)
quyidagi ikki xususiyatga ega: (1) umumiy iste'mol — bir guruhni tovar bilan
ta'minlash bir vaqtning o'zida boshqa guruhlarni ham u bilan ta'minlaydi; va (2)
istisnosizlik — tovar uchun to'lay olmaydigan iste'molchilarni inkor etish murakkab
yoki iloji yo'q bo'ladi. Masalan, suv toshqinini oldini olish birinchi mezonga mos keladi,
chunki bu faoliyatdan butun mintaqa aholisi manfaatdor bo'ladi. Shuningdek, bu
faoliyat ikkinchi mezonga ham mos keladi, chunki aholidan ushbu xizmat uchun to'lov
undirish oson emas. Demak, potensial ishlab chiqaruvchilar tovarning iste'moli va
to'lovi o'rtasida birma-bir bog'liqlikni o'rnata olmaganliklari sababli, jamoat mollarini
bozor tizimi orqali yetkazish qiyin bo'ladi.
Iste'molchilarda tekinxo'rlik, ya'ni tovar to'loviga o'z hissalarini qo'shmaganiga
qaramasdan, uni iste'mol qilishga rag'bat paydo bo'ladi. Agar tekinxo'rlar soni ko'paysa,
ELEMENT 3.3
Jamoat mollari va tashqi ta'sirlar shaxslarni o'z manfaatlari yo'lida ideal iqtisodiy
samaradorlikka zid faoliyat turlari bilan shug'ullanishga undashi mumkin.
161
tovar iste'molidan bo'lgan foyda uning tannarxidan katta bo'lishiga qaramasdan, tovar
umuman ishlab chiqarilmasligi (yoki juda oz miqdorda ishlab chiqarilishi) mumkin.
Bunday holatlarda, odatda bozorlar jamoat mollarini iqtisodiy samaradorlik miqdorida
ishlab chiqara olmaydi. Suv toshqinini nazorat qilishdan tashqari, milliy mudofaa,
shahar politsiyasi va chivinga qarshi kurash jamoat mollariga misol bo'ladi. Bunday
tovar va xizmatlarni bozor orqali ta'minlash qiyinligi sababli, bular odatda davlat
tomonidan ta'minlanadi.
Tovarning jamoat mollari toifasiga kirish yoki kirmasligi uning qaysi iqtisodiy
sohada ishlab chiqarilganligiga emas, balki tovarning xususiyatiga bog'liq ekanligini
qayd etish lozim. Ko'pchilik agar tovar davlat tomonidan ta'minlansa, unda ushbu tovar
jamoat moli deb o'ylaydi. Bu xato tushunchadir. Davlat domonidan ta'minlangan
tovarlarning ko'pi jamoat mollari xususiyatlarga ega emasligi aniq. Tibbiy xizmat,
ta'lim, pochta tarqatish, chiqindi yig'ish hamda elektr energiyasi ta'minoti kabilar
xayolga keladi. Bu tovar va xizmatlar odatda davlat tomonidan yetkazib berilsa ham,
to'lamaydigan mijozlarni osongina taqiqlash mumkin hamda boshqalarni istisno qilgan
holda mahsulotni alohida bir guruhga ta'minlash ham mumkin. Hatto park ham jamoat
moli emas, chunki to'lamaydigan mijozlarni istasa istisno qilish mumkin – masalan,
Parij Disneyi. Shunday qilib, usbu tovar va xizmatlar davlat tomonidan ta'minlansa
ham, ular jamoat mollari emas.
Haqiqiy jamoat mollari juda kam uchraydi. Ko'p hollarda, tovar yoki xizmat
to'lovi bilan uning iste'moli o'rtasidagi bog'liqlikni o'rnatish qiyin emas. Agar
muzqaymoq, avtomobil, televizor, smartfon, kiyim va minglab boshqa buyumlar uchun
to'lashdan bosh tortsangiz, ishlab chiqaruvchilar sizni ular bilan ta'minlamaydi,
boshqalar sotib olgan narsalardan esa tekinga foydalanishning iloji bo'lmaydi. Xususiy
tovar va xizmatlarga kelganda, iste'molchilar ularning davlat tomonidan
ta'minlanishidan manfaatdor bo'lishi amri mahol.
Video:
«Robokop» filmida iqtisodiy tushunchalar
|