Monopoliyalarni tartibga solish




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Monopoliyalarni tartibga solish
Bir xil savdodagi tadbirkorlar hatto xursandchilik yoki o'yin-kulgu uchun ham
bir-birlari bilan kamdan kam uсhrashadilar, lekin shunday bo'lsa ham,
suhbatlari jamiyatga qarshi til birishtirish yoki narxlarni oshirish bo'yicha
qandaydir fitna bilan yakunlanadi.
— Adam Smit, «Millatlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish»
Jamiyat resurslaridan maksimal qiymat olishi uchun ulardan samarali foydalanishi
kerak. Raqobat bunday samarali faoliyatning asosini tashkil etadi. Avval muhokama
qilinganidek, raqobat muhitidagi korxonalar iste'molchilar ko'nglini topishdan hamda
tovar va xizmatlarni tejamkorlik bilan ishlab chiqarishdan manfaatdor. Agar
korxonalar iste'molchilar to'lagan bahosiga arziydigan qiymatni ta'minlamasa,
iste'molchilar pullarini boshqa joyda sarflaydilar.
Monopoliya o'rinbosarlari yo'q tovar yoki xizmatni yagona korxona ishlab
chiqarganda mavjud bo'ladi. Ushbu holatda korxonada ishlab chiqarish hajmini
cheklashga va narxni oshirishga rag'bat paydo bo'ladi. Ishlab chiqarish hajmini
qisqartirib narxni oshirganda korxona resurslardan samarali foydalanganga nisbatan,
ya'ni kattaroq hajmni pastroq narxda ishlab chiqargan holatiga nisbatan, ko'proq foyda
olishi mumkin. Bu unumsizlikka olib keladi, chunki korxona iste'molchilar uchun
qiymati tannarxiga nisbatan yuqori bo'lgan birliklarni ishlab chiqarmaydi.
Monopoliyaning ikkita asosiy manbai mavjud: miqyos samarasi va imtiyozning
berilishi. Agar katta korxonalar mahsulot birliginining tannarhi kichik
ELEMENT 3.2
Agar monopoliya va bozorga chiqishga katta to'siqlar mavjud bo'lsa, bozorlar ideal
samaradorlikka erishmaydi.


158
korxonalarnikidan pastroq bo'lsa, miqyos samarasi vujudga keladi. Agar korxonaning
bozordagi ulushi oshgan sari miqyos samarasi saqlanib qolsa, yagona korxona bozorni
egallaydi va monopoliyaga aylanadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish bunga misol
bo'ladi. Elektr stansiyasining yiriklashuvi bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish
tannarhi odatda kamayadi. Natijada bu bozorda bitta katta korxona hukmronlik qilishi
kuzatiladi. Shuning uchun ham odatda davlat elektr energiyasi kompaniyalarining
tariflarini tartibga solib turadi, ayrim hollarda esa elektr stansiyalariga egalik qiladi va
uni boshqaradi.
Monopoliya vujudga kelmagan taqdirda ham, ba'zi sohalarda atigi bir necha
korxonalar ustunlik qilishi mumkin, chunki odatda bozorga kirish xarajatlari katta
bo'ladi. Bunday holat «oligopoliya», ya'ni «bir-necha sotuvchilar savdosi» deb
nomlanadi. Buning «oligarxiya» yoki «bir-necha ishtirokchilar tomonidan boshqaruv»
ta'rifiga o'xshashligiga e'tibor bering. Mahsulot birligi tannarhini kamaytirish va
samarali raqobat qilishi uchun korxona sanoat ishlab chiqarish mahsulotining katta
qismini, ya'ni 20 yoki 25 foizini ishlab chiqarishishi kerak bo'ladi. Ushbu hollarda
bozorda faoliyat yuritish uchun faqat mahsulot birligi tannarhi past bo'lgan to'rtta yoki
beshta korxonalar uchun yetarli joy bo'lishi mumkin. Bunday bozorlarda kam sonli
korxonalar ustunlikka ega bo'lib, ularda bir-birlari til biriktirishga, mahsulotlari
narxini oshirishga hamda monopolist kabi faoliyat yuritishga rag'bat mavjud bo'ladi.
Avtomobil, televizor va kompyuter operatsion tizimi ishlab chiqaruvchi sanoat
tarmoqlari oz sonli kompaniyalar ustunlikka ega bo'lgan bozorlarga misol bo'ladi. Post-
kommunist mamlakatlarida yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish oligarxlar
davlat amaldorlarini qo'llab-quvvatlash evaziga insayder bitimlaridan foydalanib,
ko'pincha bozorlarni egallab olishlariga olib keldi.
Davlatning o'zi ham gohida monopoliya manbai bo'lishi mumkin. Litsenziyalash,
alohida bir guruh uchun soliq imtiyozlari berish, tarif, kvota va boshqa imtiyozlar bozor
raqobatdoshligini pasaytiradi. Ushbu siyosatlarning ba'zilari ezgu maqsadlar yo'lida
qabul qilingan bo'lsada, ular amaldagi kompaniyalarni himoya qiladi va potensial
raqiblarning bozorga kirishini mashaqqatlashtirib, monopoliya va ustunlikka ega
kompaniyalarning yuzaga kelishiga ko'maklashadi.


159
Bozor raqobatini ta'minlash uchun davlat nimalarni amalga oshirishi mumkin?
Birinchi printsipni tibbiyot sohasidan olish mumkin: zarar yetkazmang. Davlat
litsenziyalash talablari va bir tomonlama soliqlar orqali amaldagi vaziyatga salbiy ta'sir
ko'rsatmasligi kerak. Ko'plab bozorlarda sotuvchilar raqib korxonlarning (jumladan,
boshqa mamlakatlardagi raqib ishlab chiqaruvchilarning) bozorga kirishini cheklashga
qiynaladi yoki cheklay olmaydilar. Bu degani, agar davlat bozorga kirish uchun
cheklovlarni joriy qilmasa yoki ba'zi kompaniyalarning manfaatlarini ko'zlab qonun va
qoidalarni amalga kiritmasa, ishlab chiqaruvchilar raqobatni cheklay olmaydilar.
Raqobatni rag'batlantirish uchun davlat til biriktirish
(?)
, sanoatning dominant
kompaniyalarining birlashishi va kompaniyalarga o'zaro egalik qilish kabi raqobatga
zid faoliyatni ham taqiqlashi mumkin. Ushbu maqsaddagi Yevropa Ittifoqining raqobat
to'g'risidagi qonuni korxonalar til biriktirishini yoki bozorni monopollashtirishga
harakatlarni taqiqlash orqali Yevropa yagona bozorida raqobatni rag'batlantiradi.
Biroq, davlatning bu boradagi harakatlari har xil natijalarga olib kelgan. Bir
tomondan, davlat siyosati til biriktirish holatlarini va raqobatni cheklovchi turli
amallarni kamaytirdi. Ammo ba'zi qonunlarning ta'siri teskaridir; ular bozorga kirishni
cheklaydi, amaldagi ishlab chiqaruvchilarni raqiblardan himoya qiladi va narx
raqobatini cheklaydi. Demak, bozorga kirish uchun katta to'siqlar va raqobatning
yo'qligi davlat uchun bozor faoliyatini takomillashtirishga imkoniyat yaratsa, uning
ba'zi siyosatlari aslida monopoliyaga yo'l ochib bergan. Kitobning davomida buning
asosiy sabablari nimalardan iborat ekanligi ayon bo'ladi.


160

Download 9,85 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish